ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
🇺🇿🇰🇷 Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari va rafiqasini Prezident Li Chje Myon va rafiqasi qarshi oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladi.

Shundan soʻng davlatimiz rahbari saroyning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi. Birgalikda rasmga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Adliya_xabari

14-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov Qatar Davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlik 2010-yilda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati o‘rtasida huquqiy sohada hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim asosida izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Adliya vaziri Akbar Tashkulov xalqaro arbitraj, mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini rivojlantirish, shuningdek, yuridik kadrlar tayyorlash va ilmiy-akademik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.

Shu bilan birga, Akbar Tashkulov Qatar Davlati Adliya vaziri hamda Elchi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshimni 2027-yilda Toshkent shahrida o‘tkaziladigan V “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumida ishtirok etishga taklif etdi.

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar adliya va huquq sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3939, 2026-yil 14-sentabr).

Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:

1) tibbiy tekshiruv giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilish holatlarini barvaqt aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallarida o‘tkaziladi;

2) muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar hududiy harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilishidan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar  esa harbiy-tibbiy muassasada tibbiy ko‘rikdan o‘tishlaridan oldin tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi;

3) tibbiy tekshiruv 2 bosqichda amalga oshiriladi, daslab peshob namunasi ekspress-test orqali tekshiriladi, musbat natija qayd etilganda esa peshob va (yoki) qon namunalarida mass-spektrometrik identifikatsiya tekshiruvi o‘tkaziladi;

4) tibbiy tekshiruv natijalari musbat bo‘lgan yoki zarur namunalarni topshirishdan bosh tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi;

5) tibbiy tekshiruv davomida olingan shaxsga oid maʼlumotlar, biologik namunalar va tekshiruv natijalarining maxfiyligi taʼminlanadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

❗️Yana bir xonadonning kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi!

Farg'ona viloyati, Furqat tumani, "Mustaqillik" MFYda istiqomat qiluvchi Ro'ziqulova Zubaydahon opaning xonadoniga tegishli kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishida muammolar bor edi. Tuman adliya bo'limi xodimlarining yordami bilan bu masala ijobiy yechim topdi.

"Oldingi paytda yugur-yugurlar ko'p edi, hozir hamma narsa onlayn tarzda, SMS orqali kelyapti. Biz hech qachon qiynalganimiz yo'q. Prezidentimizga, shu davlat rahbarlariga katta rahmat!" — deydi Zubaydahon opa quvonch bilan. Endilikda u o'z uy-joyini farzandlari va nabiralariga qiynalmasdan meros qoldirishi mumkinligidan xursand.

🇺🇿 "Menga mustaqilligimizning 35 yilligi juda quvonchli keldi. Hammalaringizni mustaqilligimizning 35 yilligi bilan chin yurakdan tabriklayman! Hammaga omad, baxt, quvonch keltirsin!" — deb qo'shimcha qiladi hamyurtimiz o'zining samimiy tilaklarida.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚔️ Bitta notarial harakat uchun yuzlab kilometr yo‘l bosish shartmi?

Xizmat safaridasiz. Ammo boshqa hududdagi notarial harakatda sizning ham ishtirokingiz kerak. Safarni to‘xtatib, ortga qaytish shartmi?

Endi shart emas.

💻 Ayrim notarial harakatlarni boshqa hududda, hatto xorijda turgan holda ham videokonferensaloqa orqali masofadan rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

⏱️ Bu — ortiqcha yo‘l va ovoragarchiliksiz, vaqtni tejagan holda huquqiy masalani hal qilish imkoniyati.

🚘 Safar — davom etadi.
Ish — hal bo‘ladi.

Qanday qilib? Qaysi notarial harakatlarni videokonferensaloqa orqali amalga oshirish mumkin?

🎥 Batafsil — rolikda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

Xodimning buzilgan mehnat huquqlari qayta tiklandi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

#Fakt24 | 14.09.2026

Ixtirodan patentgacha: yangi tizim olimlarning imkoniyatini kengaytirmoqda


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥42👏1