ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Rasmiy axborot
🔵 Endi yer va bino sotib olish biznes uchun og‘ir yuk bo‘lmaydi: to‘lov shartlari yengillashtirilmoqda

Davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga moliyaviy erkinliklar berilmoqda. Endi ishlab chiqarish yoki biznesni kengaytirish uchun davlat ob’yektlarini katta yuk va ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilish mumkin:

🔵Avans to‘lovi 15%: Bu biznesga katta pullarni birdaniga muzlatib qo‘ymay, ularni yangi loyihalar va ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi.
🔵To‘liq to‘lovga 25% chegirma: Agar aktiv qiymati 6 oy ichida to‘liq to‘lansa, shartnoma summasining chorak qismi kechib yuboriladi.
🔵7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash: Aktiv qiymatining yarmini (50%) 6 oyda to‘lagan xaridorga qolgan qismini 7 yil davomida foizsiz to‘lash imkoniyati beriladi (yoki 35% ini 3 oyda to‘lab, qolganini 5 yilga bo‘lib to‘lash mumkin).


📖 “Tayyor paket” yerlar: Yer uchastkalari loyihasi, ruxsatnomalari va kommunikatsiya texnik shartlari tayyor holda savdoga chiqariladi. Ya’ni auksiondan yer olib, hujjat yig‘ish va tarmoqlarga ulanish uchun 6 oydan 1 yilgacha vaqt yo‘qotishga chek qo‘yiladi.

Islohot maqsadi — iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib, yillar davomida foydalanilmay yotgan aktivlarni real qiymat, daromad va yangi ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga aylantirishdir.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Rasmiy axborot
“Gibrid auksion” va 1 million so‘mlik boshlang‘ich narx: davlat aktivlari bozorida katta o‘zgarishlar boshlanmoqda

Auksionga chiqqan mulk nega yillab sotilmay turadi? Chunki narx qat’iy, byurokratiya esa og‘ir edi shu paytgacha. Endi bu sun’iy to‘siqlar olib tashlanadi, davlat aktivlari bozoriga haqiqiy bozor munosabatlari kirib kelmoqda. Bu boradagi asosiy o‘zgarishlar:

🔷Byurokratiya va kutish muddatlari 2 barobar qisqaradi: Auksion savdosi haqidagi e’lon muddati 30 kundan 15 kunga, takroriy savdolarda esa 10 kundan 5 kunga tushirildi.

🔷Sotilmagan mulkning narxi tushiriladi: Agar davlat aktivi ochiq savdoda 3 oy sotilmay tursa, uning boshlang‘ich bahosi bosqichma-bosqich 10 foizgacha pasaytiriladi.

🔷“Gibrid auksion”: Sotilmayotgan mulklar bo‘yicha savdo avval pasayish tartibida ketadi, xaridor taklif bergan zahoti savdo o‘sha narxdan yuqoriga qarab davom etadi.

🔷Boshlang‘ich narxi 1 million so‘m bo‘lgan lotlar: Uzoq vaqt xaridor topilmagan ayrim obyektlar iqtisodiy aylanmaga qaytarilishi uchun ramziy 1 million so‘m boshlang‘ich narxda savdoga chiqariladi.


➡️ 2026 yilgi reja: Umumiy qiymati qariyb 100 trillion so‘mlik 1 242 ta ko‘chmas mulk, 84 ta korxonadagi davlat ulushi hamda 8 ming gektar yer uchastkasi xususiy sektorga taklif etiladi.

Joriy etilayotgan bu o‘zgarishlardan maqsad davlat mulkini shunchaki sotib yuborish emas, balki sun’iy baholangan va foydalanilmay yotgan resurslarni moslashuvchan mexanizmlar orqali real bozor ishtirokchilari ixtiyoriga qaytarishdir.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_xabari

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi

Yaqinda imzolangan Prezident farmoni bilan mahalla tizimi bilan ishlash boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari lavozimi joriy etildi. Unga tayinlangan masʼul rahbar oldiga hokimlar, tuman idoralari, “mahalla yettiligi” va banklar faoliyatini yagona tizimda muvofiqlashtirish, ular yuritayotgan elektron platformalarni birlashtirish vazifasi qoʻyildi.

Bundan buyon mahallaga tegishli masalalar boʻyicha “yettilik”ni muvofiqlashtiruvchi rahbarlar tomonidan alohida-alohida yigʻilishlar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Barcha masalalar haftada bir marta Bosh vazir oʻrinbosari boshchiligida barcha rahbarlar ishtirokida muhokama qilinadi.


Mamlakatimiz yetakchisi mahallada ishni toʻgʻri tashkil etish, davlat siyosatini eng quyi boʻgʻingacha yetkazish va har bir oilani barqaror daromad manbaiga bogʻlash barcha darajadagi rahbarlar uchun eng muhim vazifa ekanini taʼkidladi.

Yigʻilishda joylardagi islohotlar shtabi, hududlar rahbarlari, tuman va shahar hokimlari hamda mutasaddilarning hisobotlari eshitildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
#Adliya_hudud

📚 “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan joylarda, xususan, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ishtirokida targ'ibot tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda.

Xususan:

⚔️ Farg‘ona viloyati: Jazoni ijro etish departamenti ikkinchi mintaqaviy hudud 10-sonli tergov hibsxonasi xodimlari ishtirokida;

⚔️ Qashqadaryo viloyati: Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirokida;

⚔️Samarqand viloyati: Oqdaryo tuman hokimligi xodimlari ishtirokida;

⚔️ Sirdaryo viloyati: Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari ishtirokida;

⚔️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti: Savdo-sanoat palatasi markaziy apparati hamda hududiy organlari xodimlari ishtirokida.

📌 Huquqiy targ‘ibot — qonunchilikdagi yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazishning muhim vositasidir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.

Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.

Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.

Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.

Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.

Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.

Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.

В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.

Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.

Facebook|Instagram|X
2
MDH davlatlari davlat arxiv xizmatlari rahbarlari Maslahat kengashining rasmiy matbuot kotibi tayinlandi

Minsk shahrida (Belarus Respublikasi) bo‘lib o‘tayotgan MDHga a’zo davlatlar davlat arxiv xizmatlari rahbarlari Maslahat kengashining XXII yig‘ilishida kengashning axborot tuzilmasini kengaytirish bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktorining matbuot kotibi Aliyev Anvarjon Orifjonovichga Maslahat kengashining rasmiy matbuot kotibi vakolatlari berildi.

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/217092


“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
👍93🔥2👏2🎉2
#Adliya_xabari

⚖️ O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi
 
Joriy yil 10-sentyabr kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov hamda yangi tayinlangan Shveysariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Simon Giger bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔘Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, intellektual mulk, yuridik ta’lim, ilm-fan sohalari va boshqa masalalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida Adliya vazirligi va Shveysariya Federal intellektual mulk instituti o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Jeneva, Fribur va Shveysariyaning boshqa yetakchi universitetlari o‘rtasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar hamda mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish tashabbusi ilgari surildi.


🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍114🔥3
#Adliya_xabari

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Avval xabar berilganidek, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan nizosiz ishlarni hal etish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan Qonun Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqilgan edi.

Bugun Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisida mazkur Qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan Fuqarolik va Iqtisodiy protsessual kodekslariga, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunlarga nizosiz talablar boʻyicha sud buyrugʻini chiqarish doirasini qisqartirishni, notariat faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilishni va ijro xatlari uchun undiriladigan davlat bojlarini maqbullashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga koʻra, qonunda belgilangan mezonlarga mos, BHMning ming baravarigacha boʻlgan nizosiz talablar boʻyicha notariusga murojaat qilish imkoniyati kengaymoqda. Bu orqali bunday talablarni sud tartibiga murojaat qilmasdan, notarius orqali rasmiylashtirish va ijroga qaratish mexanizmi soddalashtiriladi.


Shuningdek, notariuslar tomonidan rasmiylashtiriladigan ijro xatlarini elektron shaklda ijro organlariga toʻgʻridan-toʻgʻri yuborish imkoniyati yaratilmoqda.

Bu o‘z navbatida hujjatlarni qogʻoz shaklida taqdim etish bilan bogʻliq ortiqcha jarayonlarni qisqartirishga xizmat qiladi.

Muhokamada mazkur oʻzgartishlar sudlar ish yuklamasini kamaytirish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining vaqti va xarajatlarini tejash, nizosiz talablarni tezkor rasmiylashtirish hamda ijro samaradorligini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Muhokamalar yakuniga ko‘ra mazkur Qonun Senatorlar tomonidan maʼqullandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1
⚖️ Davlat hisobidan yuridik yordam: kechagi muammolardan bugungi raqamli tizimgacha

Fuqaroning huquqini himoya qilish imkoniyati uning moddiy ahvoliga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.


〰️Bugun davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish jarayonlari bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda. “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali advokatni tanlash, ko‘rsatilgan xizmatni qayd etish, uni tasdiqlash va haq to‘lash jarayonlari yagona tizimga birlashtirilgan.

📊 2026-yilning birinchi yarim yilligida tizimga 39 656 ta so‘rov kelib tushgan, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2 517 nafar advokat bilan shartnoma tuzilgan.

Xo‘sh, yangi tizim avvalgi muammolarni qay darajada bartaraf etmoqda? Advokatlarni tasodifiy elektron tanlash qanday ishlaydi? Davlat mablag‘larining sarflanishi qanday nazorat qilinmoqda? Va eng muhimi — bu islohotlar fuqaroning huquqiy himoyasiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?


👉 Batafsil ushbu maqola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi
Karantinli va inson uchun xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud boʻlganda aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3936, 2026-yil 9-sentabr).

Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:
1) profilaktik emlash Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida joriy etiladi;

2) profilaktik emlashni joriy etishga yuqumli kasallikning hududda aniqlanishi, kasallikning keng tarqalishi yoki ayrim guruhlarga yuqishi asos bo‘ladi;

3) emlash birinchi navbatda kasallikni yuqtirish yoki boshqalarga yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar, kasallik o‘chog‘ida bemor bilan muloqotda bo‘lganlar hamda epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha emlanishi lozim bo‘lgan shaxslardan boshlanadi;

4) profilaktik emlash davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tibbiyotda qo‘llanilishiga ruxsat etilgan vaksinalar bilan amalga oshiriladi;

5) profilaktik emlashda shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, vaksinaga sezuvchanlik, ilgarigi og‘ir allergik reaksiya va boshqa qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi aniqlanadi;

6) shaxsga vaksina va uning ehtimoliy taʼsiri, emlashdan keyingi kuzatuv hamda emlashni rad etishning huquqiy oqibatlari haqida maʼlumot beriladi;

7) profilaktik emlangan har bir shaxs to‘g‘risidagi maʼlumotlar emlash o‘tkazilgan zahoti Yagona tibbiyot axborot tizimiga kiritiladi;

8) profilaktik emlangan shaxs dastlabki 30 daqiqa tibbiyot xodimi, keyingi 3 kun davomida esa shifokor va patronaj hamshira kuzatuvida bo‘ladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Adliya_xabari

Funksiyalar drayveri: tashkilotlar faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlashga yangicha yondashuv


Tashkilotlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash faqat huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish bilangina cheklanmaydi. Qonun ustuvorligi, avvalo, kundalik faoliyatda qonunchilik talablarining to‘g‘ri va bir xil qo‘llanilishidan boshlanadi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga qonunchilik hujjatlarida yuklatilgan funksiyalarni to‘liq va samarali ishga tushirishga qaratilgan ishlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi misolida “Namunaviy Markaz” loyihasi amalga oshirildi.

Loyiha doirasida tashkilotlarning huquqni qo'llash amaliyotidagi 30 dan ortiq huquqiy muammo aniqlanib, bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Tashkilotlarning 10 dan ortiq ichki hujjatlari tahlil qilinib, fuqarolarning huquq va erkinliklariga daxl qilishi mumkin bo‘lgan 4 ta noqonuniy talab chiqarib tashlandi.


Shuningdek, ushbu loyihani amaliyotga tatbiq etish maqsadida Farg‘ona viloyati Markazlari xodimlari uchun amaliy seminar tashkil etilib, Markazlarga tashkilotlarning kundalik faoliyatida qonuniylikni ta'minlashning aniq mexanizmlari ko'rsatib berildi.

"Namunaviy Markaz" loyihasi respublika miqyosida ommalashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥2👏1
#Hukumat_soati

🏛 Davlat xizmatlari: qulaylik, tezkorlik va raqamlashtirish

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va ma’muriy jarayonlarni soddalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📌 Adliya vaziri Akbar Tashqulov deputatlarning savollariga javob berib, davlat xizmatlarini aholiga yanada qulay va tezkor ko‘rsatish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish hamda tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

🔹 2026-yilning 6 oyida 50 milliondan ortiq davlat xizmati ko‘rsatildi;
🔹 xizmatlarning 82 foizdan ortig‘i onlayn shaklda amalga oshirildi;
🔹 Davlat xizmatlari markazlarida o‘rtacha xizmat ko‘rsatish vaqti 15 daqiqadan 4 daqiqaga qisqartirildi;
🔹 161 ta xizmat proaktiv va kompozit shaklga o‘tkazildi;
🔹 150 turdagi hujjat va ma’lumotni talab qilish bekor qilindi;
🔹Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida 45 mingdan ortiq tadbirkor xizmatdan foydalandi;
🔹 litsenziya va ruxsatnomalarni olish jarayonlari raqamlashtirilib, tadbirkorlarning 500 milliard so‘mdan ortiq mablag‘i tejalishiga erishildi.


🤖 Shuningdek, davlat xizmatlari sohasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, jumladan, Odil AI modeli orqali aholining savollariga 24/7 rejimida javob berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

🎯 Kelgusida esa onlayn xizmatlar ulushini 90 foizdan oshirish, kompozit va proaktiv xizmatlar sonini kamida 400 taga yetkazish, tadbirkorlik subyektlari uchun Yagona shaxsiy kabinetni shakllantirish hamda byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish rejalashtirilgan.

Asosiy maqsad — inson va tadbirkorning vaqtini hamda mablag‘ini tejash, davlat xizmatlarini tezkor, qulay va shaffof ko‘rsatishdir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82🔥1