ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#100_ta_yangi_brend

⚔️ Farg‘onada 100 ta yangi brend yaratiladi

Mahsulot ishlab chiqarishning o‘zi yetarli emas. Uni tanitish, o‘z brendini yaratish va eng muhimi — huquqiy himoya qilish biznesning bozordagi o‘rnini mustahkamlaydi.

📍 Shu maqsadda Farg‘ona shahridagi Ekoshaharda joylashgan Ekspo markazida “Farg‘onaning 100 ta yangi brendi” seminar-treningi boshlandi.

⚔️Adliya vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov ochib berdi.

Loyiha tadbirkorlarga nima beradi?
🔹 o‘z mahsuloti uchun kuchli va taniladigan brend yaratish;
🔹 brend identifikatsiyasi va dizaynini takomillashtirish;
🔹 tovar belgisini milliy va xalqaro darajada huquqiy himoya qilish;
🔹 yaratilgan logotiplarni mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish;
🔹 mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligi va tanilishini oshirish imkoniyatini beradi.

🎯 Maqsad aniq — Farg‘onada huquqiy himoyalangan, raqobatbardosh va bozorda o‘z o‘rniga ega 100 ta yangi brend yaratish.

💬 Mahalliy mahsulot — kuchli brendga aylanishi, kuchli brend esa katta bozorga chiqishi kerak.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Etirof

⚔️ Qonuniy huquq — ko‘ngilga xotirjamlik

💬 “Uyimizning kadastri yo‘q edi. Birov kelib nimadir desachi, degan qo‘rquv bilan yashardik. Endi qo‘rqmaymiz.”


❗️Yillar davomida o‘z uy-joyiga bo‘lgan huquqini qonuniy rasmiylashtira olmay kelgan fuqarolar uchun “E’tirof” jarayoni shunchaki hujjat olish emas — o‘z mulkiga nisbatan ishonch va xotirjamlikka ega bo‘lishdir.

🏡 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning e’tirof etilishi natijasida fuqarolar o‘z mulkidan qonuniy asosda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Eng muhimi, bu o‘zgarishlarning haqiqiy natijasini raqamlardan ko‘ra, huquqi e’tirof etilgan insonlarning o‘zi yaxshiroq ifodalaydi.

🎥 Qonuniy huquqqa ega bo‘lish ularning hayotida nimani o‘zgartirdi?

Odamlarning o‘zidan eshiting — videoda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Mustaqillik_35

🇺🇿 Mustaqillik — o‘z g‘oyangni yaratish va uni himoya qila olish huquqidir

Bugun O‘zbekiston intellektual mulk sohasida xalqaro “qora ro‘yxat”dan chiqdi. Bu — yillar davomida amalga oshirilgan tizimli islohotlarning muhim natijasi.

⚖️ So‘nggi yillarda sohani takomillashtirishga qaratilgan 50 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, O‘zbekistonning intellektual mulkni himoya qilish borasidagi xalqaro ko‘rsatkichlari yaxshilandi.

🚀 Ammo haqiqiy natija faqat raqamlarda emas. Muallif, ixtirochi va tadbirkorning o‘z g‘oyasi va ijod mahsuli himoyalanishiga bo‘lgan ishonchi, yangi investitsiyalar uchun yaratilayotgan muhit hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mustahkamlanib borayotgan imiji — islohotlarning amaliy ifodasidir.

💡 Chunki intellektual mulkni himoya qilish — shunchaki bir g‘oya yoki brendni himoya qilish emas. Bu insonning aqliy mehnati, ijodi va tashabbusini qadrlash demakdir.

🇺🇿 Mustaqil davlatning kuchi faqat tabiiy boyliklarida emas, o‘z xalqining g‘oyasi, ijodi va intellektual salohiyatini qadrlashi va himoya qila olishida ham namoyon bo‘ladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥61👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Yarim soat ham ketmadi: pasport oldim”

⚔️Bir paytlar pasport olish yoki almashtirish, haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish kabi xizmatlar uchun bir necha idoraga borish va kunlab vaqt sarflashga to‘g‘ri kelardi.

Bugun esa bu xizmatlardan Davlat xizmatlari markazlarida tez va qulay foydalanish mumkin.

⏱️ Fuqaro uchun buning eng katta natijasi — kamroq navbat, kamroq ovoragarchilik va tejalgan vaqt.

💬 “Yarim soat ham ketmadi: pasport oldim” — davlat xizmatlaridagi o‘zgarishning eng muhim bahosi ham aslida shu: odamning o‘zi natijani his qilmoqda.

🎥 Davlat xizmatlaridagi qulayliklarni fuqarolarning o‘zidan eshiting — videoda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍1
#Adliya_xabari

⚖️ Iqtidorli yoshlarni adliya tizimiga jalb qilishning yangi mexanizmi — “SCOUT”

Iqtidorli talaba yoki salohiyatli mutaxassisning imkoniyati vakansiya e’lon qilingandan keyingina emas, undan oldin ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.

🎯 Shu maqsadda Adliya vazirligi tashabbusi bilan Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “SCOUT” tizimi joriy etilmoqda va Scout guruhi shakllantirildi.

🔎 Yangi mexanizm orqali istiqbolli nomzodlar erta aniqlanadi, ularning salohiyati dastlabki baholanadi va rasmiy tanlovlarda ishtirok etishga jalb qilinadi.

Bu yoshlar va mutaxassislarga nima beradi?
🔹 o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish uchun qo‘shimcha imkoniyat;
🔹 istiqbolli kadr sifatida erta aniqlanish;
🔹 mavjud vakansiyalar bo‘yicha rasmiy tanlovlarga jalb etilish imkoniyati.

📌 Tizim doirasida nomzodlarni izlash va saralash, skautlar faoliyatini baholash hamda “Scout” elektron reyestrini yuritish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.

💬 Maqsad ko‘proq nomzod topish emas — salohiyatli yoshlarni vaqtida ko‘ra bilish va adliya tizimi uchun eng munosib kadrlarni erta aniqlash.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75🎉3🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥42👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Etirof

⚔️ Yer masalasidagi noaniqlikka — qonuniy yechim

💬 “Avvallari uy-joyimni rasmiylashtirish uchun kadastrga borganimda turli sabablar aytilardi. Bugun esa masalam bir zumda hal bo‘ldi.”

O‘z uy-joyi va yeriga bo‘lgan huquqning qonuniy rasmiylashtirilishi — fuqaro uchun shunchaki hujjat emas. Bu o‘z mulkiga ishonch, undan qonuniy foydalanish imkoniyati va ko‘ngil xotirjamligi demakdir.

🏡 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayoni bugun ko‘plab fuqarolarning yillar davomida yechimini kutgan masalalariga qonuniy yechim bermoqda.

🎥 Huquqi e’tirof etilgan fuqarolar uchun bu imkoniyat nimani o‘zgartirdi? Ular yaratilgan sharoitlardan qanchalik mamnun?

Javobni odamlarning o‘zidan eshiting — videoda.

⚖️ Qonuniy huquq — mulkka ishonch, insonga xotirjamlik.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
‼️DIQQAT EʼLON‼️

📌“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan “Mustaqillik xotirasi!” nomli foto va arxiv hujjatlari ko‘rgazmasiga taklif etamiz!

Joriy yilning 21-avgust kuni “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida 1-sentabr Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining oʻttiz besh yillik bayramiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan “Mustaqillik xotirasi!” nomli fotoko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.

❗️Fotokoʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi 21-avgust kuni soat 11.00 da Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etiladi.

Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi,
Toshkent shahri Istiqbol koʻchasi 4 uy.

Moʻljal: Toshkent kurantlari yonida.


“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
👏2👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2😢2
#Adliya_xabari

🇺🇿💍
“35 yil deganda yana bir bor "ha" dedilar!”

👪Qarshi shahrida yashovchi Abdirashid Ravshanov va Rahima Ahmedova 35 yildan buyon birga hayot kechirib, 4 nafar farzandni voyaga yetkazgan.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida esa oila hayotida yana bir unutilmas voqea yuz berdi — ular nikohlarini qonuniy tartibda rasmiylashtirdilar.

💐 35 yillik birgalikdagi hayot — 35 yillik Mustaqillik bilan hamohang. Endi bu oila rishtalari qonuniy hujjatda ham o‘z aksini topdi.

Adliya vazirligi jamoasi nomidan oilaga uzoq umr, xonadoniga tinchlik va farovonlik tilaymiz!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 you
tube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1