#Adliya_xabari
Andijonda 100 ta yangi brend yaratiladi!
Bugungi raqobat sharoitida mahsulot ishlab chiqarishning o‘zi yetarli emas. Uni tanitish, o‘z brendini yaratish va eng muhimi — huquqiy himoya qilish tadbirkorning bozordagi o‘rnini mustahkamlaydi.
Shu maqsadda Adliya vazirligi tashabbusi bilan Andijon davlat texnika institutida “Andijonning 100 ta yangi brendi” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov ishtirok etgan tadbirda tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini kuchli brendga aylantirish, tovar belgilarini yaratish va ularni huquqiy himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek sayyor qabul ham tashkil etildi. Unda 232 nafar tadbirkor ishtirok etib, yakunda 120 nafar tadbirkorning o‘z tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun talabnomalar topshirildi.
Maqsad aniq — Andijonda huquqiy himoyalangan, raqobatbardosh va bozorda o‘z o‘rniga ega 100 ta yangi brend yaratish.
Mahalliy mahsulot — kuchli brendga, kuchli brend esa katta bozorga chiqishi kerak.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 you
tube📱 twitter

Loyiha tadbirkorlarga nima beradi?
o‘z mahsuloti uchun kuchli va taniladigan brend yaratish;
brend identifikatsiyasi va dizaynini takomillashtirish;
tovar belgisini milliy va xalqaro darajada huquqiy himoya qilish;
yaratilgan logotiplarni mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish;
mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligi va tanilishini oshirish imkoniyatini beradi.
Shuningdek sayyor qabul ham tashkil etildi. Unda 232 nafar tadbirkor ishtirok etib, yakunda 120 nafar tadbirkorning o‘z tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun talabnomalar topshirildi.
Maqsad aniq — Andijonda huquqiy himoyalangan, raqobatbardosh va bozorda o‘z o‘rniga ega 100 ta yangi brend yaratish.
Mahalliy mahsulot — kuchli brendga, kuchli brend esa katta bozorga chiqishi kerak.
tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Etirof
⚔️ Yer masalasida huquqiy yechim: fuqarolar nima deydi?
❗️O‘z uy-joyi va yeriga bo‘lgan huquqning qonuniy jihatdan aniq bo‘lishi — fuqaro uchun ishonch va xotirjamlik demakdir.
⚖️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida fuqarolarning yillar davomida yechimini kutgan yerga oid masalalari huquqiy jihatdan tartibga solinmoqda.
🏡 Huquqlari e’tirof etilgan fuqarolar esa endilikda o‘z yer uchastkalariga nisbatan huquqiy aniqlikka ega bo‘lganini ta’kidlamoqda.
🎥 Bu jarayon fuqarolar hayotida nimani o‘zgartirdi? Yaratilgan imkoniyatlardan ular qanchalik mamnun?
Odamlarning o‘zidan eshiting — videoda.
💬 Huquqiy aniqlik — mulkka ishonch, insonga xotirjamlik.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

👍6❤2
Forwarded from “O‘ZARXIV” AGENTLIGI
#Mustaqillik35
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan “Mustaqillik xotirasi!” nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi.
Bugun 21-avgust kuni “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida 1-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayramiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan “Mustaqillik xotirasi!” nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi.
📍Fotoko‘rgazma 5-sentabrcha davom etadi.
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/208970

👍4