ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Adliya_va_yoshlar

⚔️ “Payshanba — Yoshlar kuni”: ma’naviyat, bilim va yoshlar tashabbuslari maydoni

Surxondaryo viloyati: Yoshlar ishtirokida san’at, ma’naviyat va millatlararo bag‘rikenglikka bag‘ishlangan ochiq muloqot, sahna ko‘rinishlari hamda hayvonot bog‘iga ekskursiya tashkil etildi.

Xorazm viloyati: “Bilim — xazina” kutubxonasida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi, mustaqil fikrlashi va zamonaviy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion uchrashuv o‘tkazildi.

Buxoro viloyati: Yoshlar “Ibrat farzandlari” loyihasining imkoniyatlari, xorijiy tillarni o‘rganish, shuningdek, tovar belgisi va brendlarni huquqiy himoya qilish tartibi bilan tanishtirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus garnizonidagi harbiy qismda yoshlar bilan vatanparvarlik ruhidagi ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr, taklif va muammolari tinglandi.

Qashqadaryo viloyati: Faol va uyushmagan yoshlar uchun Anton Chexovning “Oq qush qo‘shig‘i” spektakli namoyish etilib, ularning teatr san’atiga qiziqishini oshirishga e’tibor qaratildi.

Jizzax viloyati: “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yoshlar bilan hayotda o‘z o‘rnini topish, bilim olish va sog‘lom turmush tarzi haqida muloqot qilinib, “Bahodir Yalangto‘sh” badiiy filmi namoyish etildi.

Navoiy viloyati: Faol va tashabbuskor yoshlar uchun Qosim Shayx ziyoratgohiga ma’rifiy sayohat tashkil etilib, ularga tarixiy obida va buyuk mutasavvifning ma’naviy merosi haqida ma’lumot berildi.

Sirdaryo viloyati: Guliston davlat universitetida yoshlar bilan ilm-fan, zamonaviy bilim va intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Andijon viloyati: Bo‘ston tumanidagi axborot-kutubxona markazida taniqli ijodkorlar ishtirokida “Ma’naviyat va zamonaviylik” mavzusida uchrashuv o‘tkazilib, yoshlarga sara asarlar sovg‘a qilindi.

“O‘zarxiv” agentligi: Jizzax viloyatidagi arxiv muassasalarining yosh xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilib, g‘olib jamoalar taqdirlandi.

Toshkent viloyati: Yoshlar Qibray tumanida Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram konsertida ishtirok etib, milliy san’atimiz va boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
#Mustaqillik

🇺🇿 Mustaqil O‘zbekistonning 35 yillik taraqqiyot yo‘li xalqaro anjumanda muhokama qilinmoqda

📍 Ayni vaqtda poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

🏛 Anjuman Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tashabbusi bilan Adliya vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida tashkil etildi.

🌐 Konferensiya nufuzli xalqaro maydonga aylandi. Unda Oliy Majlis palatalari vakillari, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan bir qatorda Belarus, Gruziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Qirg‘iziston parlamentlari a’zolari, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, ekspert hamda ilmiy doiralar vakillari ishtirok etmoqda.

📊 Anjuman doirasida mustaqillik yillarida O‘zbekiston bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari, shuningdek, mamlakatimiz rivojining istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda.

🇺🇿 35 yillik Mustaqillik — ulkan o‘zgarishlar, yangilanish va yangi taraqqiyot marralari sari yo‘l.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ Endi bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishi mumkin

📑 2026-yil 13-avgustdagi O‘RQ–1164-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

👨‍👩‍👧 Oila kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda bolaga otasining ismi, shuningdek, ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga muvofiq bobosining ismi bo‘yicha familiya berish mumkin.

📌 Ilgari Oila kodeksida otasining ismini bolaga familiya sifatida berish nazarda tutilmagan edi.

🏛 Qonun bilan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunga ham qator yangiliklar kiritildi. Jumladan, elektron arxiv va nodavlat arxivlarni tashkil etishning huquqiy asoslari belgilandi.

💻 Elektron arxivlarda:
🔹 zarur apparat-dasturiy ta’minot va raqamlashtirish vositalari mavjud bo‘lishi;
🔹 elektron hujjatlarni qidirish, boshqarish va ularga ishlov berish imkoniyati yaratilishi;
🔹 elektron hujjatning asl arxiv hujjati bilan bir xilligi ta’minlanishi;
🔹 axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishi lozim.

🏢 Shuningdek, davlat mulki hisoblanmaydigan arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun nodavlat arxivlar tashkil etish imkoniyati yaratildi.

⚖️ Qonun bilan Adliya vazirligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari ham aniq belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5