ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avval va hozir: Toshkentning tarixiy kurantlari

Siz eski Toshkentni qanday eslaysiz? Yana qaysi manzillarni ikki xil davrda ko‘rishni xohlaysiz? Izohlarda yozib qoldiring!

Ko‘proq foydali videolar: 👉
https://www.instagram.com/adliyatv/

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2👏2👍1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik

Men mustaqillik tengdoshiman

Setora Musayeva - Qarshi shahar FHDY bo'limi inspektori


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avval va hozir: huquqlarni eʼtirof etishda aholiga qanday yengilliklar yaratilgan?

Soʻnggi yillarda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida aholi va tadbirkorlarga bir qator qulayliklar yaratildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥52
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik

🇺🇿 70 yil oralig‘idagi ikki kadr: tarix asraladi, shahar yangilanadi

📸 1956-yilda u shaharga ko‘rk bergan. 2026-yilda esa shahar bilan birga o‘zi ham yanada ko‘rkam.

Bir qarashda — o‘sha tanish qiyofa. Ammo ikki kadr orasida 70 yillik tarix, bunyodkorlik va avlodlar mehnati mujassam.

🏛 Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri o‘zining tarixiy me’moriy nafosatini asragan holda, bugungi zamonaviy Toshkent qiyofasi bilan hamohang yashamoqda.

1956-yilgi suratdagi go‘zallik bugun shunchaki arxiv xotirasi emas — u hamon poytaxtimizning qoq markazida yashayapti.

👥 Bir avlod bunyod etdi.
🤲 Keyingi avlodlar asradi va sayqalladi.
🌱 Bugun esa biz bu merosni yanada ko‘rkam holda kelajak avlodlarga yetkazmoqdamiz.

🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi — bunyodkorlik, yangilanish va tarixiy merosimizga ehtirom timsolidir.

Vaqt go‘zallikni asramaydi. Uni insonlar asraydi. Vaqt esa bu mehnatning qadrini ko‘rsatadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👏21
Internet orqali xarid qilish tajribasini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 🛒📱

📣 Hurmatli fuqarolar!

Bugungi kunda internet saytlari, mobil ilovalar, internet-do‘konlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tovar va xizmatlar xarid qilish keng tarqalmoqda.

Mazkur so‘rovnoma internet orqali xarid qilish tajribasi, iste’molchilar duch kelayotgan muammolar, murojaat qilish amaliyoti hamda fuqarolarning o‘z huquqlarini bilish darajasini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalari elektron tijorat sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi

.👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola
:
🔗 https://forms.gle/hvKsk5s4D2P5kyTTA

🔒 So‘rovnoma anonim bo‘lib, olingan ma’lumotlar faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi.
❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim

🙌 Ishtirokingiz uchun rahmat!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Adliya_xabari

⚔️ BAAning “Zero Bureaucracy” tashabbusi tajribasi o‘rganilmoqda

Adliya vazirligi mas’ullari tegishli idoralar vakillari bilan birgalikda Birlashgan Arab Amirliklarida davlat xizmatlarini takomillashtirish, byurokratik jarayonlarni bartaraf etish va zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda.

📊 Xususan, davlat xizmatlari sifatini baholashga qaratilgan Global Star Rating for Services va “Zero Bureaucracy” mezonlari, xizmatlarni tizimlashtirishga qaratilgan Khadamati Service Cards va Service Catalog, shuningdek, foydalanuvchilar fikrini o‘rganish imkonini beruvchi Customer Pulse tizimining ishlash mexanizmlari muhokama qilindi.

🤖 Shuningdek, davlat xizmatlarida Agentic AI zamonaviy texnologik yechimlaridan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

🏛 O‘rganishlar doirasida BAAning Energetika va infratuzilma vazirligi, Ajman politsiya xizmati, Federal Authority for Identity, Citizenship, Customs & Port Security, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligining Smart Mission va Digital Attestation yechimlari faoliyati bilan tanishilib, aholiga qulay xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy yondashuvlar o‘rganildi.

🇺🇿 Muloqotlar davomida O‘zbekistonda “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturini amalga oshirish masalalari ham muhokama qilinib, BAA tajribasi asosida fikr almashildi.

O‘rganilayotgan ilg‘or tajribalar davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik jarayonlarni bekor qilish va fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarni takomillashtirishda qo‘llaniladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104👏1
#Adliya_xabari

⚔️117 mingdan ortiq ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar e’tirof etildi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yillar davomida yechimini kutgan muhim ijtimoiy masala — o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

📊 Bugungi kunga qadar “E’tirof” axborot tizimi orqali 833 mingdan ortiq obyektlarning yig'majild ma'lumotlari shakllantirilib, 117 164 ta ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayoni yakunlandi.

Mazkur islohot natijasida minglab yurtdoshlarimiz uchun:
▫️ ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
▫️ meros va boshqa mulkiy masalalarni hal etish;
▫️ yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish;
▫️ ijtimoiy yordam olish;
▫️ farzandlarini maktab va bog‘chaga joylashtirish;
▫️ uy-joylarni kommunal tarmoqlarga ulash imkoniyatlari yaratilmoqda.


Jarayonlarni yanada tezlashtirish va fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yangi yengilliklar ham joriy etildi.

hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 150 kundan 50 kungacha — 3 baravarga qisqartirildi;
bir martalik to‘lovning 50 foizi 20 ish kuni ichida to‘liq to‘langan taqdirda, qolgan qismiga chegirma beriladi;
belgilangan muddatda to‘lov amalga oshirilmasa, uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham yaratildi;
soliq qarzdorligi BHMning 30 baravaridan oshmagan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan ham huquqlarni e’tirof etish imkoniyati yaratildi;
bino va inshoot qurilishi taqiqlangan hududda joylashgan bo‘lsa, yer uchastkasining qurilish taqiqlangan hududga tushgan qismi chiqarib tashlanib, qolgan qismiga nisbatan huquqlarni e’tirof etish belgilandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_farzandlari

⚔️30 yoshda — rahbar

U — yurist. Yoshlar parlamenti raisi. Eng muhimi, o‘z fikri, o‘z pozitsiyasi va o‘z yo‘liga ega yangi avlod vakili.

U mustaqillikdan keyin tug‘ilgan avlod. Mustaqillikni tarix kitoblaridan emas, uning yaratgan imkoniyatlari orqali his qilib ulg‘aygan avlod.

Uning uchun Mustaqillik — shunchaki sana emas.

🇺🇿 Mustaqillik — erkin fikrlash. Tanlash. O‘qish va izlanish. Tashabbus ko‘rsatish. O‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish. Va 30 yoshda rahbar bo‘la olish imkoniyati.

Bugun ana shu avlod Yangi O‘zbekistonning ertangi kunini kutib turgani yo‘q — uni o‘zi yaratmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

👥 Davlat xizmati — avvalo, inson uchun

Davlat xizmatlaridagi islohotlarning haqiqiy samarasi faqat raqamlarda emas, odamlarning roziligida namoyon bo‘ladi.

Navbat kamaysa,
📲 jarayonlar soddalashsa,
🚫 ortiqcha ovoragarchilik bartaraf etilsa,
masala tez va qulay hal etilsa — demak, o‘zgarishni fuqaroning o‘zi his qilmoqda.

🎤 Biz so‘radik. Odamlar javob berdi.

💬 Davlat xizmatiga beriladigan eng muhim baho — fuqaroning “Roziman!” degan so‘zi.

Siz-chi, davlat xizmatlaridagi o‘zgarishlarni his qilyapsizmi?

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🇺🇿 Mustaqillikning 35 yillik taraqqiyot yo‘li xalqaro ekspertlar nigohida

📍 14-avgust kuni Toshkent shahrida “Mustaqil O‘zbekiston – 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida yirik xalqaro anjuman o‘tkaziladi.

🌐 Unda xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda mahalliy mutaxassislar ishtirok etib, O‘zbekistonning 35 yillik taraqqiyot yo‘li, amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashadi.

📊 Anjuman doirasida mamlakatimizning bugungi taraqqiyot bosqichi bilan bir qatorda, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar, iqtisodiy rivojlanish va ekologik barqarorlik masalalari ham muhokama qilinadi.

📜 Muhokamalar yakunida kelgusidagi muhim vazifalarni o‘zida aks ettiruvchi “Toshkent deklaratsiyasi” qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

❗️ 35 yillik yo‘l — islohotlar, natijalar va yangi taraqqiyot marralari sari.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📍 Mahsulotning “manzili” ham uning qadrini belgilaydimi?

Albatta. Chunki ayrim mahsulotlarning sifati va obro‘si aynan u yetishtirilgan hududning tabiati, iqlimi, an’analari va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tajribasi bilan chambarchas bog‘liq.

❗️ Bunday mahsulot nomlarini geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularning huquqiy himoyasini ta’minlaydi.

Xo‘sh, bundan xalqqa nima foyda?
hududga xos mahsulotlarning nomi va obro‘si huquqiy himoyaga olinadi;
mahsulot nomidan noqonuniy foydalanishning oldi olinadi;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlari himoya qilinadi;
iste’molchi mahsulotning haqiqiy kelib chiqishi va o‘ziga xos sifatiga ishonch hosil qiladi;
mahalliy mahsulotlarni milliy brendga aylantirish va xalqaro bozorlarga olib chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.

🇺🇿 Bugun hududlarimizga xos mahsulotlarni geografik ko‘rsatkich sifatida huquqiy himoyaga olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

🎥 Ayni shu yo‘nalishda qanday ishlar amalga oshirildi va buning oddiy ishlab chiqaruvchi hamda iste’molchi uchun qanday foydasi bor? Batafsil — videoda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥32
#Adliya_xabari
#Adliya_va_yoshlar

⚔️ “Payshanba — Yoshlar kuni”: ma’naviyat, bilim va yoshlar tashabbuslari maydoni

Surxondaryo viloyati: Yoshlar ishtirokida san’at, ma’naviyat va millatlararo bag‘rikenglikka bag‘ishlangan ochiq muloqot, sahna ko‘rinishlari hamda hayvonot bog‘iga ekskursiya tashkil etildi.

Xorazm viloyati: “Bilim — xazina” kutubxonasida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi, mustaqil fikrlashi va zamonaviy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion uchrashuv o‘tkazildi.

Buxoro viloyati: Yoshlar “Ibrat farzandlari” loyihasining imkoniyatlari, xorijiy tillarni o‘rganish, shuningdek, tovar belgisi va brendlarni huquqiy himoya qilish tartibi bilan tanishtirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus garnizonidagi harbiy qismda yoshlar bilan vatanparvarlik ruhidagi ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr, taklif va muammolari tinglandi.

Qashqadaryo viloyati: Faol va uyushmagan yoshlar uchun Anton Chexovning “Oq qush qo‘shig‘i” spektakli namoyish etilib, ularning teatr san’atiga qiziqishini oshirishga e’tibor qaratildi.

Jizzax viloyati: “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yoshlar bilan hayotda o‘z o‘rnini topish, bilim olish va sog‘lom turmush tarzi haqida muloqot qilinib, “Bahodir Yalangto‘sh” badiiy filmi namoyish etildi.

Navoiy viloyati: Faol va tashabbuskor yoshlar uchun Qosim Shayx ziyoratgohiga ma’rifiy sayohat tashkil etilib, ularga tarixiy obida va buyuk mutasavvifning ma’naviy merosi haqida ma’lumot berildi.

Sirdaryo viloyati: Guliston davlat universitetida yoshlar bilan ilm-fan, zamonaviy bilim va intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Andijon viloyati: Bo‘ston tumanidagi axborot-kutubxona markazida taniqli ijodkorlar ishtirokida “Ma’naviyat va zamonaviylik” mavzusida uchrashuv o‘tkazilib, yoshlarga sara asarlar sovg‘a qilindi.

“O‘zarxiv” agentligi: Jizzax viloyatidagi arxiv muassasalarining yosh xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilib, g‘olib jamoalar taqdirlandi.

Toshkent viloyati: Yoshlar Qibray tumanida Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram konsertida ishtirok etib, milliy san’atimiz va boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👏1