ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚔️ Davlat boshqaruvida Big Data va sun’iy intellektdan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev ishtirokida "Dalillarga asoslangan davlat boshqaruvi uchun katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt" mavzusidagi uch kunlik seminar-trening boshlandi.

🤝 Seminarda davlat organlari va mahalliy hokimiyatlardan 35 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etib, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish hamda dalillarga asoslangan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.

💬 "Bugungi kunda davlat organlarida juda katta hajmdagi ma’lumotlar shakllanmoqda. Ularning haqiqiy qiymati esa ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish, to‘g‘ri talqin etish va ular asosida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda namoyon bo‘ladi." — Nu'mon Muxammadiyev.


📌 Ta’kidlanganidek, seminar-treningning asosiy maqsadi davlat xizmatchilarida ma’lumotlarga asoslangan fikrlash madaniyatini shakllantirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishda samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

❗️Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyiha doirasida tashkil etilmoqda.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍7🔥3
#Adliya_xabari

⚔️ Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
 
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Intellektual mulk obyektlarining fuqarolik muomalasidagi aylanmasi oshirilishi va patent vakillarining huquqlari kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
 
📌 Qonun loyihasida quyidagi asosiy yangiliklar nazarda tutilmoqda:
 
🔹 Intellektual mulk obyektlarini garov predmeti sifatida qo‘llash mexanizmi joriy etiladi.
Bunda, Fuqarolik kodeksi va “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga mulkiy huquqning bekor bo‘lishi yoki qiymatining kamayishi bilan bog‘liq munosabatlarni aniq tartibga soluvchi normalar kiritilmoqda.
 
🔹 Patent vakillarining vakolatlari kengaytiriladi.
Ular fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarida shartnoma asosida (ixtiyoriy) vakil sifatida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
 
🔹 Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
Bu, ayniqsa, hududlardagi ixtirochilar, ijodkorlar, hunarmandlar va tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
 
Mazkur qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida intellektual mulk obyektlarining bozor qiymati va fuqarolik muomalasidagi ishtiroki oshishi, tadbirkorlarning moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengayishi, sudlarda intellektual mulkka oid nizolarni ko‘rib chiqish sifati yaxshilanishi hamda davlat xizmatlarining hududiy qamrovi kengayishi kutilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4
#adliya_hudud

⚔️ Adliya organlari — huquq va manfaatlaringiz himoyasida

⚔️ Jizzax viloyati: G‘allaorolda fermerning dala shiyponini kadastrdan o‘tkazish bo‘yicha to‘rt marta asossiz rad etilgan murojaatini qonuniy hal qilish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

⚔️ Sirdaryo viloyati: Adliya aralashuvi bilan noqonuniy ishdan bo‘shatilgan fuqaro lavozimiga tiklanib, unga 18,5 million so‘mdan ortiq ish haqi to‘lanishi ta’minlandi.

⚔️ Namangan viloyati: Chortoq tumanida buzilgan bino-inshootlar uchun tadbirkor foydasiga 423 million so‘mdan ortiq kompensatsiya undirildi.

⚔️ Farg‘ona viloyati: Adliya aralashuvi bilan tadbirkorga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanmay kelgan 69 million 608 ming so‘m mablag‘ to‘liq undirib berildi.

⚔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus shahar adliya bo‘limi fuqaro manfaatida sudga murojaat qilib, uning foydasiga 4 million 84 ming so‘m ta’til puli va 17 million 164 ming so‘m kompensatsiya undirilishiga erishdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ 2026-yil 1-avgustdan boshlab qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kirdi?

Adliya vazirligi Axborot xizmati tomonidan 2026-yil 1-avgustdan amal qilayotgan muhim qonunchilik yangiliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.

📌 Xususan:
🚗 Trade-in dasturi doirasida eskirgan avtomobilini topshirgan fuqarolar va tashkilotlarga yangi avtomobil xaridi uchun olingan avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.

📲 Jarima maydonchasidan avtomobilni chiqarish endilikda QR-kod asosida, "Jarima maydonchasi" axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

📊 Soliq organlarining mijozlarga yo‘naltirilganlik indeksi joriy etilib, soliq to‘lovchilar xizmatlar sifati va qulayligini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🏘 "Tashabbusli budjet" jarayonida deputatlarning vakolatlari kengaytirilib, qo‘shimcha loyihalarni g‘olib deb e’lon qilish imkoniyati yaratiladi.

🎥 Batafsil — videoda. Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥63👍3👏1🙏1
#Adliya_xabari

⚔️ Intellektual mulk sohasidagi 10 ta apellatsiya ishi ko‘rib chiqildi

Adliya vazirligi huzuridagi Apellatsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi Kengash raisi Muzraf Ikramov raisligida bo‘lib o‘tdi.

📌 Yig‘ilishda intellektual mulk sohasida vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlari va e’tirozlar ko‘rib chiqildi. Xususan, tovar belgilarini huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq 10 ta ish muhokama qilindi.

📊 Ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra:
🔹 6 ta ish yuzasidan Apellatsiya kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi;
🔹 2 ta ish javobgarlarning yig‘ilishda ishtirok eta olmaganligi sababli keyingi muddatga qoldirildi;
🔹 2 ta ish esa qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish zarurati bois 1 oydan 3 oygacha muddatga kechiktirildi.

⚖️ Ma'lumot uchun: Apellatsiya kengashi intellektual mulk sohasidagi nizolarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organ bo‘lib, vakolatli organ qarorlarining qonuniyligi va asoslanganligini xolis hamda adolatli ko‘rib chiqishni ta'minlaydi. Ushbu mexanizm murojaat qiluvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hamda intellektual mulk sohasida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚔️ Intellektual mulk haqidagi tasavvuringizni boyitish uchun tomosha qilishingiz kerak bo‘lgan 5 ta film

🔹Intellektual mulk sohasini faqat qonunlar va huquqiy normalar orqali emas, balki real voqealar asosida suratga olingan filmlar orqali ham chuqurroq anglash mumkin.

🔸Bunday filmlar ixtiro, mualliflik huquqi, patent, tovar belgisi va innovatsiyalar ortida qanday jarayonlar kechishi, qonunlar amalda qanday ishlashi hamda milliardlab dollarlik g‘oyalar va bizneslar qanday shakllanishini qiziqarli voqealar orqali namoyon etadi.


📽 Shu mavzuda "Ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 5 ta film" nomli rolik tayyorladik.

Videoni tomosha qiling va intellektual mulk olamini yangi nigoh bilan kashf eting!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥86👍3👏2🎉1🙏1
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

Adliya organlari va muassasalarida “Payshanba — Yoshlar kuni”: haftalik dayjest

⚔️ Buxoro viloyati: IT-Parkda yoshlar bilan sun’iy intellekt, innovatsiyalar, startaplar va raqamli kasblarga bag‘ishlangan ochiq muloqot hamda amaliy master-klass o‘tkazildi.

⚔️ Farg'ona viloyati: Farg'ona shahrida joylashgan 4-sonli texnikumda Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

⚔️ Toshkent viloyati: Yosh xodimlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ularga sog‘lom turmush tarzi va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

⚔️ Surxondaryo viloyati: IT-Parkda sun’iy intellekt, robototexnika va kelajak kasblariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazilib, yoshlarning innovatsion loyihalari namoyish etildi.

⚔️ Sirdaryo viloyati: Yoshlar sun’iy intellekt, dasturlash, startaplar va robototexnika orqali yangi kasb hamda daromad imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

⚔️ Navoiy viloyati: Chekka qishloqlarda faoliyat yuritayotgan yosh fermerlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

⚔️ Namangan viloyati: To‘raqo‘rg‘on tumanida 30 nafarga yaqin yoshning murojaati ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari nazoratga olindi.

⚔️ “O‘zarxiv” agentligi: Farg‘ona viloyati davlat arxivining yosh xodimlari sun’iy intellekt, robototexnika, kiberxavfsizlik, raqamli gigiyena va fakt-cheking bo‘yicha amaliy bilimlarini oshirdi.

⚔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus shahridagi Yoshlar markazida o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr, taklif va muammolari tinglandi.

⚔️ Samarqand viloyati: Beshta tumanda yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

⚔️ Xorazm viloyati: Urganch davlat universitetida sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish, kibermakon xavfsizligi va raqamli huquqiy madaniyatga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

⚔️ Andijon viloyati: Yosh xodimlar uchun sog‘lom ovqatlanish, uyqu gigiyenasi, kun tartibiga rioya qilish va kasalliklarning oldini olishga bag‘ishlangan interaktiv seminar tashkil etildi.

⚔️Toshkent shahri: “Sog‘lom yoshlar — kuchli kelajak” aksiyasi doirasida yoshlar uchun 10 dan ortiq tor soha mutaxassisi ishtirokida bepul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6