ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugungi kunda, siz, quyidagi elektron tizimlar (sahifalar) orqali o'z huquqiy bilimlaringizni boyitib borishingiz va huquqiy yordam olishingiz mumkin.


https://lex.uz — o'zingizga kerakli bo'lgan qonunchilik ma'lumotlari, huquqiy tushuntirishlar va qo'llanmalar bilan bepul tanishib borishingiz mumkin.

https://t.me/huquqiyaxborot — qonunchilikdagi yangiliklardan oson, sodda va xalqchil tilda tanishib borishingiz mumkin.

Adliya Plus mobil ilovasi — Adliya vazirligi xizmatlarining raqamli platformasi. Ilova orqali 100 tadan ortiq xizmatlardan masofadan foydalanish mumkin.

Huquq maktabi mobil ilovasi — huquqiy bilimlarni malakali mutaxassislardan bepul o'rganish mumkin.

https://huquqiyportal.uz — o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob va bepul huquqiy maslahatlar olishingiz mumkin.

https://test.adliya.uz — huquqiy bilimingizni sinovdan o'tkazib borishingiz mumkin.

https://kurslar.huquqiyportal.uz — mavzulashtirilgan kurslar orqali huquqiy bilimingizni bepul oshirib borishingiz mumkin.

https://advice.uz — kundalik hayotingizdagi huquqiy muammolarga amaliy misollar orqali yechim topishingiz mumkin.

https://b-advice.uz — o'z biznesingizni boshlamoqchimisiz, unda ushbu platforma sizga bepul huquqiy maslahatlar berib boradi.

https://yurxizmat.uz — o'zingizga kerakli bo'lgan hujjat loyihalarini (ariza, da'vo ariza, buyruq, shartnoma va h.k) mustaqil tayyorlashingiz mumkin.

https://e-notarius.uz — o'zingiz istagan notariusni izlab topishingiz, shuningdek notarial harakatlar uchun qancha to'lov qilishingizni mustaqil bilib olishingiz mumkin.

https://e-advokat.uz — respublikaning istalgan hududidan o'zingizga kerakli bo'lgan advokatni topishingiz mumkin.

https://bolahuquqlari.uz — farzandingizning huquqiy savodxonligini bolalikdan boshlab oshirib borishingiz mumkin. Bolalar tilida huquqiy ma'lumotlar bazasi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_Adliya_oilasimiz

⚔️ Adliya — shunchaki ish joyi emas.

Bu — bilim bilan erishiladigan imkoniyat, mehnat bilan bosib o‘tiladigan yuksalish yo‘li, xalq roziligi bilan o‘lchanadigan sharafli xizmat.

Bizni qonuniylik, insonparvarlik, halollik, professionallik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviylik birlashtiradi.

Biz Adliya oilasimiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34👍18🔥11👏3🎉2
#Adliya_xabari
#muhim_yangilik

⚔️ "Bir ariza – bir natija" (1-0-1 tamoyili): endi bolani bog‘chaga joylashtirish uchun barcha jarayonlar to'liq avtomatlashdi

Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish jarayoni "Bir ariza – bir natija" (1-0-1) tamoyili asosida to‘liq raqamlashtirildi.

💻 Endilikda ota-onalar my.gov.uz portali orqali quyidagi xizmatlarning barchasidan yagona tizim orqali foydalanishi mumkin:
bolani bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanma rasmiylashtirish;
zarurat bo‘lmaganda yo‘llanmani bekor qilish;
tibbiyot muassasasiga elektron yo‘llanma olish va tibbiy ma’lumotnomani rasmiylashtirish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan shartnomani elektron shaklda imzolash.

🔄 Barcha jarayonlar turli idoralarga alohida murojaat qilmasdan, yagona platformada amalga oshiriladi.

⚙️ Shuningdek, bolani tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayoni ham to‘liq avtomatlashtirildi. Endilikda ushbu jarayon inson omilisiz va real vaqt rejimida amalga oshiriladi.

📌 Avvallari ota-onalar ushbu jarayonni yakunlash uchun 20 kungacha vaqt sarflar, bir nechta idoraga murojaat qilishlariga to‘g‘ri kelar, hujjatlarni kelishish va rasmiylashtirish esa inson omili ishtirokida amalga oshirilardi.

🚀 Endi esa barcha bosqichlar yagona raqamli tizimga birlashtirildi. Natijada bog‘chaga joylashtirish tartibi ota-onalar uchun yanada qulaylashdi, vaqt va ortiqcha hujjatbozlik kamaydi, xizmatlarning shaffofligi hamda tezkorligi oshirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Bir_murojaat_izidan

⚔️ 4 avlod va 100 dan ortiq merosxo‘rni sarson qilgan qariyb bir asrlik muammo adliya ko‘magida hal etildi

📍 Farg‘ona viloyatida fuqaroning bobosi 1940-yilda Ikkinchi jahon urushiga ketib halok bo‘lgan. Biroq uning shaxsiga hamda vafotiga oid ma’lumotlar 1953-yildagi ro‘yxatga olish hujjatlarida aks etmagani sababli meros huquqlarini rasmiylashtirish masalasi yillar davomida yechimsiz qolib kelgan.

🏡 Natijada 4 avlod va 100 dan ortiq merosxo‘r o‘z mulkiy huquqlarini qonuniy rasmiylashtira olmagan.

🤝 Muammo yechimini topa olmagan fuqaro Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

🔍 Adliya xodimlari uzoq yillarga oid arxiv hujjatlarini sinchiklab o‘rganib, zarur dalillarni to‘pladi hamda masalani qonuniy hal etish uchun sudga murojaat qildi.

Sud taqdim etilgan dalillarni ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qildi.

🎉 Natijada qariyb bir asr davomida yechilmay kelgan meros masalasi o‘z yechimini topdi. Endilikda 100 dan ortiq merosxo‘r o‘z mulkiy huquqlarini notarial tartibda rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Adliya_aralashgach

⚔️ Adliya aralashuvi bilan xodimning 52,5 million so‘mlik ish haqi undirildi

📍 Namangan viloyatida fuqaro D. Kamalova o‘ziga tegishli ish haqi uzoq vaqt davomida to‘lanmayotgani yuzasidan adliya organlariga murojaat qildi.

🔍 Murojaat adliya organlari tomonidan qonunchilik talablari asosida o‘rganilib, "Namangan viloyati suv ta’minoti" AJ hujjatlari tahlil qilindi.

📄 O‘rganish davomida korxona tomonidan fuqaro oldida 52 million 510 ming 724 so‘m miqdorida ish haqi qarzdorligi mavjudligi tasdiqlandi.

⚖️ Shundan so‘ng adliya organlari tomonidan fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi.

Sud qaroriga asosan fuqaro foydasiga 52 million 510 ming 724 so‘m miqdoridagi ish haqi undirib berilishi ta’minlandi.

🤝 Adliya organlari fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va buzilgan huquqlarini tiklash borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Adliya_aralashgach

⚔️ Samarqand viloyatida 6 nafar xodim foydasiga 64 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi

📍 Jomboy tuman sport maktabining 6 nafar xodimi ish haqlari to‘liq to‘lanmagani yuzasidan adliya organlariga murojaat qildi.

🔍 Murojaatlar adliya organlari tomonidan o‘rganilib, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida sudga da’vo arizalari kiritildi.

⚖️ Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining hal qiluv qarorlariga asosan xodimlar foydasiga:
💵 22 million 175 ming 640 so‘m ish haqi;
💵 42 million 120 ming so‘m kompensatsiya va moddiy yordam puli undirilishi ta’minlandi.

Natijada adliya aralashuvi bilan 6 nafar xodimning mehnat huquqlari tiklandi hamda ularning foydasiga jami 64 million 295 ming 640 so‘m mablag‘ undirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
#Adliya_xabari
#Sayyor_qabul

⚔️ Sirdaryoda sayyor qabulda 5 ta murojaat joyida hal etildi

📍 Sirdaryo viloyatining Islomobod mahallasida viloyat adliya boshqarmasi hamda Bojxona boshqarmasi rahbariyati ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

👥 Sayyor qabul davomida fuqarolarning uy-joy, FHDY, ijtimoiy himoya, mulkiy huquqlar, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid 20 dan ortiq murojaati ko‘rib chiqildi.

Qabul yakunlariga ko‘ra:
5 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi;
10 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi;
6 ta murojaat ish yurituviga olinib, ijrosi nazoratga qo‘yildi.

⚖️ Shuningdek, tadbirkorlik, mulkiy huquqlar hamda FHDY xizmatlariga oid qator masalalar mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joyida ko‘rib chiqilib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

🤝 Sayyor qabul yakunida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i mahalla faxriysi, ichki ishlar organlari faxriysi xonadoniga borib, u bilan samimiy suhbatlashdi hamda bugungi islohotlar va faxriylarni e'zozlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🔥1👏1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚖️ TSUL Consulting 50 dan ortiq yuridik va konsalting xizmatlarini taqdim etadi

🎓 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshida faoliyat yuritayotgan TSUL Consulting professional spin-off kompaniyasi jismoniy va yuridik shaxslarga 50 dan ortiq turdagi yuridik hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatmoqda.

📚 Xizmatlar universitetning professor-o‘qituvchilari, yetakchi olimlari va malakali mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladi.

💼 TSUL Consulting quyidagi yo‘nalishlarda xizmatlar ko‘rsatadi:
yuridik maslahatlar;
biznes va korporativ huquq;
shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
konsalting va boshqa professional xizmatlar.

🤝 Har bir murojaat bo‘yicha individual yondashuv asosida huquqiy yechimlar taklif etiladi.

📞 Murojaat uchun:
+998 (88) 504-99-90
+998 (97) 675-88-88

❗️ TSUL Consulting — ilmiy salohiyat va amaliy tajribaga tayangan ishonchli huquqiy hamkor.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

⚔️Navbat kutish o'tmishda qoldi: "O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish" burchagi qulayliklari
 
Shokirjon Sultonovning mehnat faoliyati bevosita davlat xizmatlari bilan chambarchas bog‘liq. Uning ta'kidlashicha, avvallari birgina hujjat uchun soatlab vaqt sarflangan bo‘lsa, hozirda DXMlardagi "O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish" burchaklari orqali barcha jarayonlar bir necha daqiqada hal bo'lmoqda.

Ushbu tizimning asosiy afzalliklari - vaqt tejamkorligi!
Hech qanday navbatlarsiz, o‘z ishingizni o'zingiz tez va oson bitirasiz.

Qulaylik va moslashuvchanlik - xizmatlardan ham kompyuter, ham smartfoningiz orqali foydalanishingiz mumkin.

Doimiy ko‘mak! Tizimda ishlashda tushunmovchilik tug'ilsa, markaz xodimlari doim yordam berishga tayyor.

Siz ham zamonaviy raqamli imkoniyatlardan unumli foydalaning va oltindan qimmat vaqtingizni tejang.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2👏2
#Adliya_xabari

⚔️ Oliy Majlisda intellektual mulkni himoya qilish masalasi muhokama qilindi

🏛 Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda adliya vaziri Akbar Tashkulov intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida axborot berdi.

⚖️ Ta'kidlanganidek, so‘nggi 4 yilda sohani takomillashtirish maqsadida:
16 ta qonun;
25 ta qonunosti hujjati;
19 ta muhim xalqaro shartnoma qabul qilindi va ratifikatsiya qilindi.

🔍 Shuningdek, adliya organlariga kontrafakt mahsulotlarni ko‘zdan kechirish va xatlash, bojxona organlariga esa intellektual mulk huquqlarini o‘z tashabbusi bilan (ex officio) himoya qilish vakolati berildi.

📊 Islohotlar natijasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida:
📈 patentlarga talabnomalar va berilgan patentlar soni 43 foizga;
📈 tovar belgilari, EHM dasturlari va ma'lumotlar bazalariga berilgan guvohnomalar soni 35 foizga oshdi.

🌍 O‘zbekiston AQSH Savdo vakilligining 301-Maxsus hisobotida ilk bor kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatidan chiqarildi hamda Global innovatsiyalar indeksida 2020-yildagi 93-o‘rindan 2025-yilda 79-o‘ringa ko‘tarildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍113🔥3👏2