📍 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 735-son qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
👥 Unda qabristonlar nazoratchilari, mahalla raislari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
📑 Tadbir davomida dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish, sohada samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
💻 Shuningdek, dafn.adliya.uz elektron platformasining imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi hamda dafn etish bilan bog‘liq ma'lumotlarni elektron shaklda yuritish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
✅ Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, qaror ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🙏2
#intellektual_mulk
⚔️ 53 TONNA KONTRAFAKT MAHSULOT YO‘Q QILINADI
📅 Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan huquq egasining da'vosi asosida kontrafakt mahsulotlarga oid muhim ish ko‘rib chiqildi. Mazkur ish doirasida O‘zbekistonga olib kirilgan 53 tonna kontrafakt payvandlash elektrodlari yuzasidan yakuniy sud qarori qabul qilindi.
🔎 Sudda aniqlanishicha, javobgar "ARSENAL" tovar belgisiga iste'molchilarni adashtirish darajasida bir xil bo‘lgan belgi bilan markirovkalangan kontrafakt mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirgan. Mazkur harakat huquq egasining tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqlarini buzish deb topildi.
⚖️ Sud qaroriga ko‘ra, bojxona omborida saqlanayotgan 53 tonna kontrafakt mahsulot javobgar hisobidan olib qo‘yilishi va yo‘q qilinishi belgilandi.
💰 Shuningdek, javobgardan da'vogar foydasiga 8 240 000 so‘m davlat boji, 41 200 so‘m pochta xarajatlari, jami 8 281 200 so‘m undirilishi belgilandi.
⚠️ Hurmatli tadbirkorlar!
📞 Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

❤4🔥3😢1
#So'rovnoma
📣 Hurmatli kuzatuvchi, adliya organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!
💬 So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu 👉 havolaning 👈 ustiga bosing!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
❗️ Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚔️ Adliya vazirligi Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 2773-15, 2026-yil 22-iyul).
📌 Mazkur idoraviy hujjat bilan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga quyidagi asosiy oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
🔹 Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashdan soʻng erkin muomalaga chiqarishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi belgilandi.
🔹 Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari tasniflagichi yangi hujjat kodlari bilan toʻldirildi. Jumladan:
▫️ "VIO" – vakolatli iqtisodiy operator maqomiga ega yuridik shaxs tomonidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllash;
▫️ "SKD_DOC" – chegirma hujjati.
🔹 Tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichi ham ayrim yangi kodlar bilan toʻldirildi. Jumladan:
▫️ "091" – xomashyo va materiallarni bojxona hududida qayta ishlash natijasida olingan tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtirish.
✅ Mazkur oʻzgartirishlar bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirish hamda bojxona amaliyotlarini aniq va yagona tartibda yuritishga xizmat qiladi.
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
📌 Mazkur idoraviy hujjat bilan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga quyidagi asosiy oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
🔹 Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashdan soʻng erkin muomalaga chiqarishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi belgilandi.
🔹 Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari tasniflagichi yangi hujjat kodlari bilan toʻldirildi. Jumladan:
▫️ "VIO" – vakolatli iqtisodiy operator maqomiga ega yuridik shaxs tomonidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllash;
▫️ "SKD_DOC" – chegirma hujjati.
🔹 Tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichi ham ayrim yangi kodlar bilan toʻldirildi. Jumladan:
▫️ "091" – xomashyo va materiallarni bojxona hududida qayta ishlash natijasida olingan tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtirish.
✅ Mazkur oʻzgartirishlar bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirish hamda bojxona amaliyotlarini aniq va yagona tartibda yuritishga xizmat qiladi.
🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚔️ Adliya vazirligi Qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) “nol” stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (bundan paxta va gʻalla mustasno) ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3905, 2026-yil 21-iyul).
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-sentabrdagi PF–153-son Farmoniga asosan 2026-yil 1-yanvardan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (paxta va gʻalladan tashqari) realizatsiya qilishda QQSning “nol” foizlik stavkasi qoʻllaniladi.
✅ Shunga ko‘ra, QQSning “nol” stavkasi qo‘llaniladigan 516 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (paxta va gʻalladan tashqari) ro‘yxati tasdiqlandi.
💰 Shuningdek, ushbu roʻyxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan QQS summasi qaytarib beriladi.
⚡️ Mazkur mablagʻlar qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga 3 kun ichida avtomatlashtirilgan tartibda qaytariladi.
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-sentabrdagi PF–153-son Farmoniga asosan 2026-yil 1-yanvardan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (paxta va gʻalladan tashqari) realizatsiya qilishda QQSning “nol” foizlik stavkasi qoʻllaniladi.
✅ Shunga ko‘ra, QQSning “nol” stavkasi qo‘llaniladigan 516 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (paxta va gʻalladan tashqari) ro‘yxati tasdiqlandi.
💰 Shuningdek, ushbu roʻyxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan QQS summasi qaytarib beriladi.
⚡️ Mazkur mablagʻlar qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga 3 kun ichida avtomatlashtirilgan tartibda qaytariladi.
🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢2❤1
#Adliya_xabari
#advokatura_statistika
⚔️ Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimida muhim natijalar qayd etildi
👨⚖️ "Yuridik yordam" axborot tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlarni tasodifiy generatsiya (random) asosida tanlash tartibining yo‘lga qo‘yilishi natijasida "cho‘ntak advokatlar" faoliyatiga chek qo‘yildi.
📊 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra:
🔹 Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzgan advokatlar soni 2 517 nafarni tashkil etdi;
🔹 Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha 39 656 ta so‘rov kelib tushdi. Shundan:
▫️ 15 646 tasi — sudlardan;
▫️ 23 665 tasi — surishtiruv-tergov organlaridan;
▫️ 345 tasi — fuqarolar tomonidan yuborilgan.
📌 Mazkur so‘rovlar asosida:
▫️ 32 695 ta holatda Jinoyat-protsessual kodeksining 51 va 52-moddalariga muvofiq gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi shaxslarga;
▫️ 6 770 ta holatda kam ta’minlangan shaxs sifatida "Ijtimoiy himoya" yagona reyestrida turgan shaxslarga;
▫️ 162 ta holatda psixiatriya yordami ko‘rsatilayotgan shaxslarga;
▫️ 29 ta holatda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilgan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatildi.
💰 Iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tomonidan 31 064 ta ish uchun 21,5 mlrd so‘m miqdorida to‘lovlar amalga oshirildi.
⚔️ Jazoni ijro etish muassasalariga kirish uchun onlayn navbat olish tartibi joriy etildi.
🔄 "Yuridik yordam" axborot tizimi va Jazoni ijro etish departamentining "E-mahkum" axborot tizimi o‘zaro integratsiya qilindi.
📲 Bugungi kunga kelib, 622 nafar advokat himoyasi ostidagi shaxslar bilan uchrashish uchun elektron navbat olish tizimidan foydalandi.
⚔️ Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha elektron reyestr yuritish yo‘lga qo‘yildi.
🎓 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan advokatlar uchun zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.
📋 2026-yilning birinchi yarmida 35 nafar advokat mazkur elektron reyestrga kiritildi.
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
#advokatura_statistika
👨⚖️ "Yuridik yordam" axborot tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlarni tasodifiy generatsiya (random) asosida tanlash tartibining yo‘lga qo‘yilishi natijasida "cho‘ntak advokatlar" faoliyatiga chek qo‘yildi.
📊 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra:
🔹 Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzgan advokatlar soni 2 517 nafarni tashkil etdi;
🔹 Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha 39 656 ta so‘rov kelib tushdi. Shundan:
▫️ 15 646 tasi — sudlardan;
▫️ 23 665 tasi — surishtiruv-tergov organlaridan;
▫️ 345 tasi — fuqarolar tomonidan yuborilgan.
📌 Mazkur so‘rovlar asosida:
▫️ 32 695 ta holatda Jinoyat-protsessual kodeksining 51 va 52-moddalariga muvofiq gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi shaxslarga;
▫️ 6 770 ta holatda kam ta’minlangan shaxs sifatida "Ijtimoiy himoya" yagona reyestrida turgan shaxslarga;
▫️ 162 ta holatda psixiatriya yordami ko‘rsatilayotgan shaxslarga;
▫️ 29 ta holatda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilgan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatildi.
💰 Iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tomonidan 31 064 ta ish uchun 21,5 mlrd so‘m miqdorida to‘lovlar amalga oshirildi.
🔄 "Yuridik yordam" axborot tizimi va Jazoni ijro etish departamentining "E-mahkum" axborot tizimi o‘zaro integratsiya qilindi.
📲 Bugungi kunga kelib, 622 nafar advokat himoyasi ostidagi shaxslar bilan uchrashish uchun elektron navbat olish tizimidan foydalandi.
🎓 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan advokatlar uchun zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.
📋 2026-yilning birinchi yarmida 35 nafar advokat mazkur elektron reyestrga kiritildi.
🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1🔥1🎉1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚔️ Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi
🗣 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida "Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi joriy etilishi munosabati bilan "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
➡️ Qonun loyihasi aholini huquqiy axborot bilan tezkor, manzilli va qulay tarzda ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
➡️ Muhokamalar davomida qonunlarning qabul qilinishi haqida fuqarolarni o‘z vaqtida xabardor qilish, ularning mazmun-mohiyatini sodda va tushunarli shaklda yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.
➡️ Shu munosabat bilan huquqiy targ‘ibotning an’anaviy usullari bilan bir qatorda raqamli platformalar, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar hamda sun’iy intellekt asosidagi interaktiv tizimlardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi normalar taklif etilmoqda.
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
🗣 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida "Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi joriy etilishi munosabati bilan "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
➡️ Qonun loyihasi aholini huquqiy axborot bilan tezkor, manzilli va qulay tarzda ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
➡️ Muhokamalar davomida qonunlarning qabul qilinishi haqida fuqarolarni o‘z vaqtida xabardor qilish, ularning mazmun-mohiyatini sodda va tushunarli shaklda yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.
➡️ Shu munosabat bilan huquqiy targ‘ibotning an’anaviy usullari bilan bir qatorda raqamli platformalar, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar hamda sun’iy intellekt asosidagi interaktiv tizimlardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi normalar taklif etilmoqda.
🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#Adliya_aralashgach
⚔️ Adliya aralashuvi bilan fuqaroning 23,5 mln so‘mdan ortiq mehnat huquqi tiklandi
📍 Namangan viloyat adliya boshqarmasiga fuqaro M. Muradov mehnat shartnomasi bekor qilinganidan so‘ng ish beruvchi tomonidan yakuniy hisob-kitob amalga oshirilmagani hamda ish haqi to‘lanmagani yuzasidan murojaat qildi.
🔍 Murojaatni o‘rganish davomida ish beruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda yakuniy hisob-kitob amalga oshirilmagani aniqlandi.
📑 Shundan so‘ng adliya organlari tomonidan fuqaro manfaatlarini ko‘zlab sudga da'vo arizasi kiritildi.
⚖️ Sud qaroriga asosan "Namangan viloyati Toza hudud" davlat muassasasidan fuqaro foydasiga:
💰 9 561 039 so‘m ish haqi;
💰 10 976 072 so‘m ish haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun kompensatsiya;
💰 3 000 000 so‘m ma'naviy zarar undirilishi belgilandi.
✅ Natijada adliya aralashuvi bilan fuqaroning jami 23 537 111 so‘mlik mehnatga oid mulkiy huquqlari sud tartibida tiklandi.

❤2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Adliya_aralashgach
⚔️ Andijonda fuqaroning imtiyozli nafaqaga chiqish huquqi tiklandi.
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
#Adliya_aralashgach
🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#qabul
🔵 Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mustaqil izlanuvchiligiga qabul boshlandi!
📄Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadi:
➡️05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik.
➡️12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
➡️12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.
🗓 Hujjatlar 2025-yilning 15-avgustiga qadar qabul qilinadi.
🌐 Hujjatlar daraja.ilmiy.uz sayti orqali elektron qabul qilinadi.
📞 +998 55 518 57 77 (717)
📩 minjusttraining@exat.uz / minjusttraining@adliya.uz
🚀@Institut_ilmiy

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
⚔️ Yoshlarning mehnat huquqlari adliya organlari himoyasida
📊 Bugungi kunda mamlakatimiz mehnat bozorida yoshlarning faolligi ortib bormoqda. Bu esa mehnat munosabatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan adliya organlariga kelib tushayotgan murojaatlar sonining ham oshishiga xizmat qilmoqda.
⚖️ Joriy yilning o‘tgan davrida Navoiy viloyati adliya organlariga mehnat munosabatlariga oid qariyb 200 ta yoshlar murojaati kelib tushgan.
📹 Karmana tumani adliya bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilgan ana shunday murojaatlardan biri va uning ijobiy yechimi haqida videolavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
📊 Bugungi kunda mamlakatimiz mehnat bozorida yoshlarning faolligi ortib bormoqda. Bu esa mehnat munosabatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan adliya organlariga kelib tushayotgan murojaatlar sonining ham oshishiga xizmat qilmoqda.
⚖️ Joriy yilning o‘tgan davrida Navoiy viloyati adliya organlariga mehnat munosabatlariga oid qariyb 200 ta yoshlar murojaati kelib tushgan.
📹 Karmana tumani adliya bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilgan ana shunday murojaatlardan biri va uning ijobiy yechimi haqida videolavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
⚔️ Adliya ko‘magi bilan yangi hayot sari muhim qadam
📍 Farg'ona viloyati, Furqat tumanida yashovchi Zilola Mahkamova uzoq yillar davomida O‘zbekistonda yashab kelgan bo‘lsa-da, fuqarolikni tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagani sababli qator huquqiy muammolarga duch kelgan.
⚖️ Fuqaroning murojaati asosida Furqat tumani adliya bo‘limi tomonidan uning 15 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston hududida doimiy yashaganlik fakti sud tartibida tasdiqlanishiga ko‘maklashildi.
🪪 Natijada Zilola Mahkamova uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtirish va pasport olish imkoniyati yaratildi.
💍 Shundan so‘ng u qonuniy nikohini rasmiylashtirdi hamda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" doirasidagi 4 foizlik kvota asosida Qo‘qon davlat pedagogika institutiga hujjat topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
✅ Bir murojaat ortidan tiklangan huquq esa inson hayotida yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

👍5❤1🔥1👏1
#Adliya_aralashgach
⚔️ Adliya aralashuvi bilan tadbirkorga 179,7 mln so‘mdan ortiq asossiz qarzdorlik bekor qilindi
📍 Xorazm viloyati Bog‘ot tumani adliya bo‘limiga "N.D" MChJ rahbari tomonidan qo‘shimcha to‘lov asosida olingan yer uchastkasi ijara huquqiga oid asossiz hisoblangan qarzdorlikni bekor qilishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.
🔍 Murojaatni o‘rganish davomida yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi 2025-yil sentabr oyida bekor qilinganiga qaramay, elektron ma’lumotlar bazasida 2025-yil sentabrdan 2026-yil aprel oyigacha 179 765 418 so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblangani aniqlandi.
📄 Shundan so‘ng adliya bo‘limi tomonidan viloyat soliq boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.
✅ Natijada tadbirkorga 179 765 418 so‘m miqdorida asossiz hisoblangan qarzdorlik hisobdan chiqarildi hamda uning qonuniy huquqlari tiklandi.
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
📍 Xorazm viloyati Bog‘ot tumani adliya bo‘limiga "N.D" MChJ rahbari tomonidan qo‘shimcha to‘lov asosida olingan yer uchastkasi ijara huquqiga oid asossiz hisoblangan qarzdorlikni bekor qilishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.
🔍 Murojaatni o‘rganish davomida yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi 2025-yil sentabr oyida bekor qilinganiga qaramay, elektron ma’lumotlar bazasida 2025-yil sentabrdan 2026-yil aprel oyigacha 179 765 418 so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblangani aniqlandi.
📄 Shundan so‘ng adliya bo‘limi tomonidan viloyat soliq boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.
✅ Natijada tadbirkorga 179 765 418 so‘m miqdorida asossiz hisoblangan qarzdorlik hisobdan chiqarildi hamda uning qonuniy huquqlari tiklandi.
🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2❤1
📢 DIQQAT, SHAXSIY QABUL!
👥 Tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari diqqatiga!
🤝 Tadbirkorlik subyektlari hamda sud boshqaruvchilari faoliyatida uchrayotgan muammolarni bevosita oʼrganish va ularni hal etish choralarini koʼrish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʼrinbosari M. Istamov tomonidan shaxsiy qabul oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
📲 Shaxsiy qabulga yozilish istagida boʼlgan tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari +998 91 137-20-73 yoki +998 99 838-78-18 telefon raqamlari hamda Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi @sayyor_qabul_bot orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
📅 Roʻyxatga olish 2026-yil 24-iyul kuniga qadar davom etadi.
🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
👥 Tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari diqqatiga!
📄 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF–78-son Farmoni va PQ–172-son qaroriga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida maxsus vakolatli davlat organi – To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etildi.
🤝 Tadbirkorlik subyektlari hamda sud boshqaruvchilari faoliyatida uchrayotgan muammolarni bevosita oʼrganish va ularni hal etish choralarini koʼrish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʼrinbosari M. Istamov tomonidan shaxsiy qabul oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
📲 Shaxsiy qabulga yozilish istagida boʼlgan tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari +998 91 137-20-73 yoki +998 99 838-78-18 telefon raqamlari hamda Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi @sayyor_qabul_bot orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
📅 Roʻyxatga olish 2026-yil 24-iyul kuniga qadar davom etadi.
📍 Shaxsiy qabulda:
🏢 Toshkent shahridan ishtirok etuvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida;
🏛 Qoraqalpogʻiston Respublikasidan ishtirok etuvchilar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida;
💻 Viloyatlardan ishtirok etuvchilar — tegishli viloyat adliya boshqarmalari binolarida videokonferensaloqa rejimida qatnashishlari mumkin.
ℹ️ Shaxsiy qabul reja asosida hududlar kesimida navbatma-navbat tashkil etiladi. Uning kuni va vaqti haqida roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar bilan ular uchun qulay vaqt va shaklda bevosita bogʻlanilib, xabardor qilinadi.

❤3