ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Ochiqlik sari yana bir qadam!

🔸20 dan ortiq jurnalist va blogerlar Toshkent viloyatida o‘tkazilgan ikki kunlik treningda ishtirok etib, davlat xizmatlari haqida qanday qilib xolis va jozibali tarzda axborot berishni o‘rgandilar.

🔹Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davomida ishtirokchilar:
Davlat xizmatlari islohotlarini xolis va ijodiy yoritish;
🤖 Sun’iy intellekt (AI) va raqamli vositalardan foydalanish;
💬 Ishonch va shaffoflikni targ‘ib qiluvchi hikoyalar yaratishni o‘rgandilar.

🤝 Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi davlat xizmatlarini aholiga yaqinlashtirish hamda shaffoflikni mustahkamlovchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!

#EUinUzbekistan #UNDP #DavlatXizmatlari #MediaTrening #Shaffoflik #AI

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida byurokratiyani qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по сокращению бюрократии в сфере государственных услуг.

#Mirziyoyev #taqdimot #davlatxizmatlari #adliya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
5👍11🔥21👏1
Inklyuziv davlat xizmatlari sari: Latviya tajribasini o‘rganamiz

O‘zbekistonning Davlat xizmatlari markazlari huzuridagi Xotin-qizlar maslahat guruhlari ekspertlaridan iborat delegatsiya gender tengligi, ijtimoiy inklyuziya, fuqarolar ishtiroki va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan davlat xizmatlari bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish maqsadida Latviyaga tashrifni boshladi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida Latviya Tashqi ishlar vazirligi hamda Latviyaning “Marta” markazi ko‘magida tashkil etilgan tashrif davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashadilar:

🔹 Xotin-qizlarning qaror qabul qilishdagi ishtiroki va yetakchiligi;
🔹 Davlat xizmatlari ko‘rsatishda inklyuzivlikni kuchaytirish;
🔹 Davlat organlari va fuqarolik jamiyati hamkorligi;
🔹 Raqamli davlat xizmatlari va fuqaroga yo‘naltirilgan boshqaruv;
🔹 Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish tashabbuslari.

Tashrif davomida olingan bilim va tajribalar O‘zbekistonda yanada qulay, inklyuziv va fuqarolar ehtiyojlariga mos davlat xizmatlarini rivojlantirishda Xotin-qizlar maslahat guruhlarining rolini mustahkamlashga xizmat qiladi.

#BMTTD #YevropaIttifoqi #O‘zbekiston #Latviya #XotinQizlarMaslahatGuruhlari #GenderTengligi #InklyuzivBoshqaruv #DavlatXizmatlari #HechKimOrtdaQolmaydi
6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi boshqaruv modeli: 980 turdagi xizmatlar mahallaga tushirildi

👍O‘zbekistonda ilk bor boshqaruvning eng quyi bog'ini — mahallada, zamonaviy boshqaruv modeli "Mahalla axborot va xizmat markazi" ish boshladi.

Endilikda 8 ta mahallada yashovchi 27 mingdan ortiq aholi 980 turdagi davlat, bank, kadastr, agro va boshqa xizmatlardan "bir qadam" tamoyili asosida foydalanishi mumkin.

🌍Ma'lumot uchun, Markaz konsepsiyasi Xitoy va Vengriyaning ilg‘or tajribalari asosida ishlab chiqilib, milliy mahalla tizimiga moslashtirildi.

#BoshqaruvSamaradorligi
#ZamonaviyBoshqaruvModeli #DavlatXizmatlari #SmartVillage

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🙏1