Forwarded from “O‘ZARXIV” AGENTLIGI
#matbuot_anjumani
“O‘zarxiv” agentligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi
2026-yil 15-iyul kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda arxiv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida arxiv hujjatlarini saqlash va raqamlashtirish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, davlat nazorati natijalari, xalqaro hamkorlik, normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi hamda joriy yilning ikkinchi yarmida amalga oshiriladigan muhim yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/193599
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
❤1👍1
#Adliya_xabari
🥙 "Qo‘qon patiri" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
📜 Adliya vazirligida Farg‘ona viloyatiga xos bo‘lgan "Qo‘qon patiri" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
🏛 Qo‘qon qadimdan hunarmandchilik, savdo va milliy pazandachilik rivojlangan yirik madaniy markazlardan biri hisoblanadi. Ana shunday noyob gastronomik meros namunalaridan biri bo‘lgan Qo‘qon patiri o‘zining betakror ta’mi, an’anaviy retsepti va tayyorlash texnologiyasi bilan ajralib turadi.
🥖 Mazkur non turi aynan o‘ziga xos tayyorlash usuli tufayli bir necha hafta davomida o‘z sifati va ta’mini saqlab qolishi bilan mashhur.
✅ "Qo‘qon patiri"ning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mahsulot nomi va uni tayyorlashning an’anaviy texnologiyasini huquqiy himoya qilish, sifat standartlarini mustahkamlash hamda Farg‘ona viloyatining gastronomik brendini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
📚 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum bir hududga mansubligini hamda uning sifati, shuhrati va o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hududning tabiiy-iqlimiy va ijtimoiy-madaniy omillari bilan chambarchas bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

🔥5❤4🙏1
#Adliya_xabari
📍 PQ–1 ijrosi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
🤝 Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanining "Isvaxon" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
📋 Tadbir avvalida mahalla faollari ishtirokida PQ–1-son qarorining mazmun-mohiyati hamda nizoli oilalar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi.
👥 Shuningdek, mahalla faollari, probatsiya hisobida turgan shaxslar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi hamda tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
📊 Sayyor qabul davomida 16 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.
✅ 4 ta murojaat joyida hal etildi;
📖 2 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi;
📝 10 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi.
💼 Bundan tashqari, tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 10 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
🤝 Olib borilgan manzilli ishlar natijasida "Isvaxon" mahallasida yil boshida ro‘yxatda bo‘lgan 14 ta nizoli oilaning 12 tasida yarashuvga erishildi. Bu esa mahallalarda amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.
⚖️ Sayyor qabullar fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, huquqiy yordam ko‘rsatish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PhD – ilmmi yo qog‘ozbozlik?
Endi ilmiy daraja olishda yugur-yugurlar qanchalik kamayadi? Qog‘ozbozlik yo‘q bo‘ladimi? Yangi farmonda yosh olimlar, ilmiy rahbar va ilmiy kengashlar uchun qanday muhim yangiliklar mavjud? Barchasi haqida batafsil “Sayilgoh”da tomosha qiling!
To‘liq videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/KyuN8VSL34M

❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
🤝 Sayyor qabullar orqali fuqarolarning huquqiy muammolariga yechim topilmoqda
📍Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan aholini qiynayotgan huquqiy masalalarni joyida o‘rganish hamda ularga tezkor yechim topish maqsadida har hafta ommaviy sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
📊 Joriy yilning ikkinchi choragi davomida viloyat bo‘ylab 30 dan ortiq ommaviy sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolardan kelib tushgan 300 ga yaqin murojaat adliya organlari ish yurituviga qabul qilindi hamda ularni qonuniy hal etish choralari ko‘rildi.
⚖️ Sayyor qabullar davomida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, murojaatlar yuzasidan amaliy huquqiy yordam ko‘rsatildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa nazoratga olindi.
✅ Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va qonuniy yechim topish adliya organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
🤝 Har bir ijobiy hal etilgan murojaat — fuqarolarning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinayotganining, adliya organlarining esa xalq manfaatlariga xizmat qilish tamoyili asosida faoliyat yuritayotganining amaliy ifodasidir.