ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚔️Xorazmda sayyor qabul o‘tkazildi

📍O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Hazorasp tumanidagi "Barkamol avlod" hamda Yangiariq tumanidagi "Chiqirchi" mahallalarida sayyor qabul o‘tkazildi.

🤝 Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, "mahalla yettiligi" hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

⚖️ Muloqot davomida profilaktik hisobda turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda bu borada "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

📊 Sayyor qabul davomida 60 nafardan ortiq fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan 21 ta murojaat joyida hal etildi, 36 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, 19 nafar fuqaroga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 8 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituvga olindi.

Sayyor qabullar fuqarolarni qiynayotgan huquqiy masalalarni joyida hal etish, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Dunyoning eng hashamatli global brendlaridan biri bo‘lgan Louis Vuitton tarixi haqida bilarmidingiz⁉️

Har bir buyuk brend ortida g‘oya, mehnat, sabr va yillar davomida shakllangan qadriyatlar yotadi. Louis Vuitton ham bir kunda dunyoga mashhur brendga aylanmagan. U kichik orzudan boshlanib, sifat, innovatsiya va izchillik tufayli jahon brendiga aylangan.

😍Bugungi kunda uning muvaffaqiyati nafaqat kuchli marketing va sifat, balki intellektual mulkni huquqiy himoya qilish, xususan, tovar belgisi va brend elementlarini samarali muhofaza qilish bilan ham chambarchas bog‘liq.

🎥 Ushbu videoda Louis Vuitton brendining yaratilish tarixi, dunyo bozoridagi muvaffaqiyati hamda brendni yaratish va uni huquqiy himoya qilishning ahamiyati haqida so‘z yuritamiz.

💄 Tomosha qiling va o‘z brendingizni huquqiy jihatdan himoya qiling‼️

📚 "Dunyo brendlari tarixi" rukni. 1-qism.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥4👏2🙏2👍1
💻 Sirdaryo tumanida “Dafn etish ishlarini roʻyxatga olish yagona elektron daftari”ni joriy etish ishlari o‘rganilmoqda

📍O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi topshirig‘iga asosan tashkil etilgan ishchi guruh ayni kunlarda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

📋 O‘rganishlar davomida "Dafn etish ishlarini roʻyxatga olish yagona elektron daftari" (dafn.adliya.uz) elektron modulini joriy etishga tayyorgarlik ishlari, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik, mavjud qabristonlarni xatlovdan o‘tkazish, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish hamda ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish jarayonlari ko‘zdan kechirilmoqda.

🤝 Shuningdek, tuman hokimligi, tibbiyot muassasalari, mahallalar va boshqa mas’ul idoralar vakillari ishtirokida amaliy uchrashuvlar o‘tkazilib, elektron modulni samarali joriy etish hamda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Amalga oshirilayotgan o‘rganishlar elektron tizimni yanada takomillashtirish, ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash hamda ushbu modulni respublika bo‘ylab samarali joriy etishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ Adliya vazirligi Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani (ro‘yxat raqami 3888, 2026-yil 7-iyul) davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

📌 Unga ko‘ra:
🔹 tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qaroriga asosan taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha yagona talablar belgilandi;

🔹 hujjatlar elektron axborot tizimi orqali taqdim etilayotganda umumiy tartibda, tan olish orqali yoki roʻyxatga olish maʼlumotlariga oʻzgartirish kiritish va guvohnoma muddatini uzaytirish holatlarida ekanligi belgilanadi;

🔹 tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonini xalqaro talablar (IMDRF va GHWP) bilan uygʻunlashtirish nazarda tutildi.

🏷 Tibbiy jihozning markirovkasi matnida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:

1️⃣ tibbiy jihozning nomi, agar mavjud bo‘lsa tovar belgisi, tibbiy jihoz to‘plam shaklida taqdim etilganda, ushbu to‘plamga kiritilgan mahsulotlar ro‘yxati;

2️⃣ ishlab chiqaruvchining nomi va uning yuridik manzili, agar mavjud bo‘lsa tovar belgisi va ishlab chiqaruvchi davlat;

3️⃣ ishlab chiqarilgan sana, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlariga qo‘yiladigan talablar, tibbiy jihozning partiya/seriya raqami;

4️⃣ steril tibbiy jihozda ogohlantiruvchi yozuv “STERIL”, sterilizatsiya usuliga ko‘rsatma, muvofiqlik belgisi;

5️⃣ tibbiy jihoz bir marotaba foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bu to‘g‘risida ma’lumot;

6️⃣ tibbiy jihozni qo‘llashga doir cheklovlar.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
#Adliya_xabari

⚔️ So‘x tumanida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi

📍Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i hamda So‘x tumani hokimi tomonidan tumanning "Oftobru" mahallasida joylashgan texnikum binosida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

⚖️ Qabul davomida fuqarolarning huquqiy masalalar, meros, yer va mulk munosabatlari, davlat xizmatlaridan foydalanish, notarial harakatlar hamda sud-huquq sohasiga oid murojaatlari tinglandi.

📊 Sayyor qabulda 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan 22 nafar murojaatchiga amaldagi qonunchilik yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 8 ta murojaat nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

🤝 Sayyor qabul fuqarolarni qiynayotgan huquqiy masalalarni joyida o‘rganish, ularning murojaatlariga tezkor yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42👍1👏1
Forwarded from my.gov.uz
Yangi qulaylik!

❗️Bog‘chaga imtiyozli navbat endi onlayn!

👩‍💻 Farzandingizni davlat bog‘chasiga joylashtirishda imtiyoz huquqingiz bormi? Unda bir talay hujjat to‘plab, idorama-idora yurishni unuting.

📱 Endilikda my.gov.uz orqali bu jarayon to‘liq avtomatlashtirildi.

🟡 Arizani onlayn topshirish uchun ro‘yxatdan o‘zingizga tegishli toifani tanlasangiz kifoya — tizim barcha ma’lumotlarni vazirlik va idoralarning axborot bazalari orqali soniyalar ichida o‘zi tekshiradi.

Kimlar my.gov.uz orqali imtiyozli navbatga qo‘yiladi?

1⃣ Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining farzandlari;
2⃣ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
3⃣ Yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
4⃣ “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning bolalari;
5⃣ Akalari yoki opalari ushbu bog‘chaga qatnayotgan bolalar;
6⃣ Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bog‘chalardan umumiy turdagi muassasalarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar;
7⃣ Kam ta’minlangan oilalarning farzandlari;
8⃣ Oila a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat oilalar bolalari;
9⃣ Boquvchisini yo‘qotgan oilalarning bolalari;
🔟 To‘rt va undan ko‘p farzandi bor oilalar bolalari;
1⃣1⃣ Talabalarning farzandlari;
1⃣2⃣ Maktab, OTM, texnikum, kollej va akademik litseylar pedagoglarining bolalari.

👉 Uydan chiqmay ariza yuborish uchun:
my.gov.uz portali yoki mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘ting;
Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish xizmatini tanlang;
So‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldiring, bog‘chani hamda mavjud imtiyozingizni belgilab, ariza yuboring.

🗣my.gov.uz bilan vaqtingizni tejang va qulayliklardan foydalaning!

💬 Ushbu foydali ma’lumotni yaqinlarga ham yuborib qo’ying!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  📷instagram YouTube
🎰LinkedIn 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2