ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Farg‘ona viloyatida "tajriba tariqasida" sayyor o‘quv kurslarga start berildi

📚Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi hamkorligida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari uchun sayyor o‘quv kurslari boshlandi.

⚖️ Tinglovchilarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab, qonunchilikdagi yangiliklarni mehnat faoliyatida samarali qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirish asosiy maqsadlardan biridir.

👨‍🏫 Sayyor o‘quv kurslarida Institut professor-o‘qituvchilari va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan zamonaviy yondashuvlar asosida nazariy va amaliy bilimlar yetkaziladi.

🤝 Ushbu tajriba loyihasi davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy ta'minotni yanada takomillashtirish va malaka oshirishning yangi samarali mexanizmlarini amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.

📱minjusttraining.uz 📱Facebook📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍95🔥3👏1🎉1
#Diqqat_so'rovnoma

Aholining kibersavodxonlik darajasini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA

📣Hurmatli fuqarolar!

🔒Bugungi kunda raqamli munosabatlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Afsuski, ular orqali sodir etiladigan o‘g‘irlik, firibgarlik holatlari ham ko‘payib bormoqda. Shu bois, Adliya vazirligi tomonidan aholining kiberxavfsizlik bo‘yicha savodxonlik darajasini o‘rganish hamda shu asosda manzilli targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda:

👉Havola: https://forms.gle/knzp1kAT7xaGGN3A8

So‘rovnomada to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob yo‘q – odatlaringiz qanday bo‘lsa, shunday belgilang. Javoblaringiz anonim bo‘lib, faqat umumlashgan holda tahlil qilinadi. To‘ldirish uchun 4-5 daqiqa kifoya. 


❗️Ishtirokingiz uchun rahmat!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Navoiy_viloyati

Murojaatlar ortida inson taqdiri bor

Xatirchi tumani Navoiy viloyatining eng katta hududlaridan biri.Bu yerda aholi soni 200 mingdan ortiq. Tumandagi 100 dan ortiq davlat tashkiloti va muassasalari xalq xizmatida. Adliya bo‘limi esa fuqarolarning huquqiy muammolariga ijobiy yechim topishda yaqin ko‘makdoshga aylangan.Bo‘limga bir kunda o‘rtacha hisobda 10 dan ortiq murojaatlar kelib tushadi...


Batafsil videoda
👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥1
#Adliya_aralashgach

💰 Adliya aralashuvi bilan tibbiyot xodimlariga kam to‘langan ish haqlari undirib berildi

📍To‘raqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limiga tuman tibbiyot birlashmasining ikki nafar xodimi malaka oshirish kursida bo‘lgan davri uchun o‘rtacha ish haqi to‘liq to‘lanmagani yuzasidan murojaat qildi.

🔍 Murojaatni o‘rganish davomida xodimlarga 2026-yilning may–iyun oylarida malaka oshirishda bo‘lgan davri uchun qonunchilikda belgilangan o‘rtacha ish haqi to‘liq hisoblanmagani aniqlandi.

⚖️ Holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.

Ko‘rilgan ta’sir choralari natijasida ikki nafar tibbiyot xodimiga kam to‘langan 2 million 500 ming so‘m miqdoridagi o‘rtacha ish haqi to‘liq undirib berildi.

🤝 Natijada xodimlarning buzilgan mehnat huquqlari tiklanib, qonunchilikda belgilangan to‘lovlar to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Adliya_xabari

⚔️Xorazmda sayyor qabul o‘tkazildi

📍O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Hazorasp tumanidagi "Barkamol avlod" hamda Yangiariq tumanidagi "Chiqirchi" mahallalarida sayyor qabul o‘tkazildi.

🤝 Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, "mahalla yettiligi" hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

⚖️ Muloqot davomida profilaktik hisobda turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda bu borada "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

📊 Sayyor qabul davomida 60 nafardan ortiq fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan 21 ta murojaat joyida hal etildi, 36 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, 19 nafar fuqaroga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 8 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituvga olindi.

Sayyor qabullar fuqarolarni qiynayotgan huquqiy masalalarni joyida hal etish, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Dunyoning eng hashamatli global brendlaridan biri bo‘lgan Louis Vuitton tarixi haqida bilarmidingiz⁉️

Har bir buyuk brend ortida g‘oya, mehnat, sabr va yillar davomida shakllangan qadriyatlar yotadi. Louis Vuitton ham bir kunda dunyoga mashhur brendga aylanmagan. U kichik orzudan boshlanib, sifat, innovatsiya va izchillik tufayli jahon brendiga aylangan.

😍Bugungi kunda uning muvaffaqiyati nafaqat kuchli marketing va sifat, balki intellektual mulkni huquqiy himoya qilish, xususan, tovar belgisi va brend elementlarini samarali muhofaza qilish bilan ham chambarchas bog‘liq.

🎥 Ushbu videoda Louis Vuitton brendining yaratilish tarixi, dunyo bozoridagi muvaffaqiyati hamda brendni yaratish va uni huquqiy himoya qilishning ahamiyati haqida so‘z yuritamiz.

💄 Tomosha qiling va o‘z brendingizni huquqiy jihatdan himoya qiling‼️

📚 "Dunyo brendlari tarixi" rukni. 1-qism.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥4👏2🙏2👍1
💻 Sirdaryo tumanida “Dafn etish ishlarini roʻyxatga olish yagona elektron daftari”ni joriy etish ishlari o‘rganilmoqda

📍O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi topshirig‘iga asosan tashkil etilgan ishchi guruh ayni kunlarda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

📋 O‘rganishlar davomida "Dafn etish ishlarini roʻyxatga olish yagona elektron daftari" (dafn.adliya.uz) elektron modulini joriy etishga tayyorgarlik ishlari, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik, mavjud qabristonlarni xatlovdan o‘tkazish, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish hamda ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish jarayonlari ko‘zdan kechirilmoqda.

🤝 Shuningdek, tuman hokimligi, tibbiyot muassasalari, mahallalar va boshqa mas’ul idoralar vakillari ishtirokida amaliy uchrashuvlar o‘tkazilib, elektron modulni samarali joriy etish hamda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Amalga oshirilayotgan o‘rganishlar elektron tizimni yanada takomillashtirish, ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash hamda ushbu modulni respublika bo‘ylab samarali joriy etishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ Adliya vazirligi Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani (ro‘yxat raqami 3888, 2026-yil 7-iyul) davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

📌 Unga ko‘ra:
🔹 tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qaroriga asosan taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha yagona talablar belgilandi;

🔹 hujjatlar elektron axborot tizimi orqali taqdim etilayotganda umumiy tartibda, tan olish orqali yoki roʻyxatga olish maʼlumotlariga oʻzgartirish kiritish va guvohnoma muddatini uzaytirish holatlarida ekanligi belgilanadi;

🔹 tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonini xalqaro talablar (IMDRF va GHWP) bilan uygʻunlashtirish nazarda tutildi.

🏷 Tibbiy jihozning markirovkasi matnida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:

1️⃣ tibbiy jihozning nomi, agar mavjud bo‘lsa tovar belgisi, tibbiy jihoz to‘plam shaklida taqdim etilganda, ushbu to‘plamga kiritilgan mahsulotlar ro‘yxati;

2️⃣ ishlab chiqaruvchining nomi va uning yuridik manzili, agar mavjud bo‘lsa tovar belgisi va ishlab chiqaruvchi davlat;

3️⃣ ishlab chiqarilgan sana, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlariga qo‘yiladigan talablar, tibbiy jihozning partiya/seriya raqami;

4️⃣ steril tibbiy jihozda ogohlantiruvchi yozuv “STERIL”, sterilizatsiya usuliga ko‘rsatma, muvofiqlik belgisi;

5️⃣ tibbiy jihoz bir marotaba foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bu to‘g‘risida ma’lumot;

6️⃣ tibbiy jihozni qo‘llashga doir cheklovlar.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
#Adliya_xabari

⚔️ So‘x tumanida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi

📍Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i hamda So‘x tumani hokimi tomonidan tumanning "Oftobru" mahallasida joylashgan texnikum binosida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

⚖️ Qabul davomida fuqarolarning huquqiy masalalar, meros, yer va mulk munosabatlari, davlat xizmatlaridan foydalanish, notarial harakatlar hamda sud-huquq sohasiga oid murojaatlari tinglandi.

📊 Sayyor qabulda 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan 22 nafar murojaatchiga amaldagi qonunchilik yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 8 ta murojaat nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

🤝 Sayyor qabul fuqarolarni qiynayotgan huquqiy masalalarni joyida o‘rganish, ularning murojaatlariga tezkor yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42👍1👏1