ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚔️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi.
 
🤝Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi vakillari hamda Jahon banki ekspertlari ishtirokida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi yer islohotlarining istiqbollarini muhokama qilish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🌱Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, yer resurslarini boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📌Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yer munosabatlarini isloh qilish borasida keng ko‘lamli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerga bo‘lgan huquqlarni mustahkamlash va haqiqiy bozor aktiviga aylantirish, huquqiy kafolatlarni kuchaytirish, yer ajratish va undan foydalanish jarayonlariga bozor tamoyillarini joriy etish bo‘yicha muhim qadamlar tashlandi.


🌍Muhokamalar chog‘ida Jahon banki ekspertlari tomonidan O‘zbekistonda yer islohotlari yangi bosqichga ko‘tarilgani va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni yanada rivojlantirish uchun zarur huquqiy va institutsional asoslar shakllanib borayotgani qayd etildi.

💬Shuningdek, xorijiy ekspertlar tomonidan mazkur yo‘nalishda bir qator tavsiyalar berildi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 90-yillarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni xususiylashtirish orqali ilg‘or natijalarga erishgan Sharqiy Yevropa davlatlarining, yerga xususiy mulk huquqi oldindan rivojlanib kelgan Germaniya, Fransiya, Niderlandiya va Turkiya kabi davlatlarning yer munosabatlarini tartibga solish va yer bozorini rivojlantirish borasidagi samarali tajribalari alohida qayd etildi.

🏛Muhokamalarda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari ham faol ishtirok etib, mazkur yo‘nalishda o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi. Yerga oid huquqlarni yanada rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.


⚖️Uchrashuv qatnashchilari yerga oid huquqlarni rivojlantirishning navbatdagi bosqichida davlatning ijaraga beruvchi sifatidagi ma’muriy ta’sir ko‘rsatish vositalari har doim ham kutilgan natijalarni bermasligini, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan tartibga solishda zarur turdagi mahsulot yetishtirishni subsidiyalash mexanizmlari ko‘proq samara berishini
ta’kidladilar.


Uchrashuv yakunida mazkur masalani keng qamrovli va kompleks yondashuv asosida ko‘rib chiqish, har tomonlama puxta tahlil qilish hamda O‘zbekiston sharoitida yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga kelishib olindi.


🤝Ayni paytda, mazkur yo‘nalishda Jahon banki bilan samarali hamkorlikni davom ettirish, xalqaro ekspertlarning ilg‘or tajribasi va tavsiyalarini inobatga olgan holda, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
#Avval_Hozir

🏷 Firma nomiga ega bo‘lish imkoniyatlari kengaydi

🔹 Avval firma nomidan faqat yuridik shaxs shaklida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari foydalanishi mumkin edi.

🔹 Hozir esa yakka tartibdagi tadbirkorlar ham firma nomiga ega bo‘lish huquqiga ega bo‘ldi.

Ushbu o‘zgarish yakka tartibdagi tadbirkorlarga o‘z faoliyatini brend ostida yuritish, mijozlar ishonchini mustahkamlash hamda bozordagi raqobatbardoshligini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4
#Adliya_xabari

🏡 Xorazmda yana 1 743 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi


📍Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish masalasi ko‘rib chiqildi.

📋 Sessiya qaroriga muvofiq, viloyatning 13 ta shahar va tumanida jami 1 743 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

⚖️ Mazkur qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulkiy huquqlari qonuniylashtirilmoqda, mulkiy hamda meros bilan bog‘liq nizolarni bartaraf etish uchun huquqiy asoslar yaratilmoqda. Shuningdek, hududlarni rivojlantirishga oid hujjatlarni ishlab chiqish jarayonlari soddalashtirilib, qonuniy kapital aylanmasini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

📊 Ma’lumot uchun, mazkur qonun ijrosi doirasida bugungi kunga qadar Xorazm viloyatida 6 745 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan.

Qonun ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarning yer va mulkiy huquqlarini e’tirof etish ishlari Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan izchil davom ettirilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2🔥2
#Adliya_aralashgach

⚔️Andijonda shifokorning ilmiy daraja uchun belgilangan ustama pullari undirib berildi

📍Andijon viloyati Marhamat tumani adliya bo‘limiga tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi jarrohi tomonidan ilmiy daraja uchun belgilangan ustama pullari to‘lanmayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.

🔍 Murojaatni o‘rganish davomida xodimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–136-son Farmoniga muvofiq ilmiy darajaga ega xodimlar uchun belgilangan ustama pullari to‘lanmagani aniqlandi.

Holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.

💰 Natijada fuqaro foydasiga 21 million 406 ming 908 so‘m miqdoridagi ustama pullari undirib berilishi ta’minlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥2👏2
#Adliya_aralashgach

❗️Fuqaro: Lavozimim qisqarganligini aytib, ishga qaytishimga ruxsat berishmadi

Farg'ona viloyati, Dang‘ara tumanida yashovchi fuqaro L.S. bola parvarishlash ta’tilidan so‘ng o‘zining avvalgi ish joyiga qaytish istagini bildirgan. Biroq, u faoliyat yuritgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan shtatlar qisqarganligi sabab qilinib ishga qaytish haqidagi murojaatlari bir necha marta rad etilgan.

Fuqaroning Dang‘ara tumani adliya bo‘limiga qilgan murojaati o‘rganilganda, u 2021-yildan buyon maktabgacha ta’lim tashkilotida yordamchi tarbiyachi lavozimida ishlagani, homiladorlik va tug‘ish hamda bola parvarishlash ta’tilidan so‘ng ishga qaytish huquqi ta’minlanmagani aniqlandi.

Amaldagi mehnat qonunchiligiga ko‘ra, bola parvarishlash ta’tili davrida xodimning lavozimi saqlanishi lozimligi belgilangan.

Dang‘ara tumani Adliya bo‘limining aralashuvi bilan fuqaro L.S avvalgi lavozimiga qayta tiklandi va uning mehnat huquqlari ta’minlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
5👍2🔥2👏2
#Adliya_aralashgach

⚔️ 26 yildan buyon foydalanib kelingan xonadonga mulk huquqi e’tirof etildi

📍Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar adliya bo‘limiga fuqaro tomonidan 2000-yildan buyon yashab kelayotgan xonadoniga nisbatan mulk huquqini rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.

🔍 Murojaatni o‘rganish davomida fuqaro mazkur xonadonga qariyb 26 yil davomida halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelayotgani aniqlandi.

⚖️ Fuqarolik kodeksining 187-moddasi talablaridan kelib chiqib, Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Sudning hal qiluv qaroriga muvofiq, fuqaroning xonadonga nisbatan egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida mulk huquqi e’tirof etildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1👏1
#Adliya_aralashgach

⚔️Adliya aralashuvi bilan fuqaro foydasiga 64,8 million so‘mlik pensiya mablag‘i undirildi

📍Namangan viloyati, Mingbuloq tumani adliya bo‘limiga fuqaro tomonidan pensiyasi noto‘g‘ri hisoblangani hamda uzoq yillar davomida kam miqdorda to‘lab kelingani yuzasidan murojaat qilindi.

🔍 Murojaatni o‘rganish davomida pensiya tayinlash va hisoblashda
qonunchilik talablari to‘liq qo‘llanilmagani oqibatida fuqaroning pensiya to‘lovlari kam miqdorda amalga oshirilgani aniqlandi.

⚖️ Holat yuzasidan Mingbuloq tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada fuqaro foydasiga 64 million 800 ming so‘m miqdoridagi pensiya mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.

Batafsil👈

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🔥1
#Adliya_xabari

⚔️ Bo‘zatov tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarligida Bo‘zatov tumani hokimligida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

⚖️ Sayyor qabul davomida fuqarolarning yer, mulk, mehnat, ijtimoiy ta’minot hamda boshqa huquqiy masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularga amaldagi qonunchilik yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha joyida tegishli choralar ko‘rildi.

📊 Qabulda jami 30 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 20 tasi joyida hal etilib, huquqiy tushuntirishlar berildi, 10 ta murojaat yuzasidan esa qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazish uchun nazoratga olindi.

Sayyor qabul fuqarolarni qiynayotgan huquqiy masalalarni o‘z vaqtida hal etish, ularning murojaatlarini bevosita o‘rganish hamda huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3
Huquqlarni e’tirof etishda aholiga yangi imkoniyatlar

Yangi Qonun bilan huquqlarni e’tirof etish jarayonlari osonlashadi, aholiga to‘lovlarda yengilliklar beriladi, bu boradagi muammolar tez va ortiqcha ovoragarchiliksiz hal etiladi. Bular haqida batafsil “Sayilgoh”da tomosha qiling!

Batafsil ko‘rish 👉
https://youtu.be/vUe0nfoT_hY
🔥5👍3