ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Avval_Hozir

📊 Tadbirkorlikni boshlash yanada qulay

🏢 Avval tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng bank hisobvarag‘ini ochish, elektron raqamli imzo olish, litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish hamda boshqa zarur xizmatlardan foydalanish uchun turli davlat organlariga alohida murojaat qilish talab etilar edi.

⚡️ Hozir esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni "Biznesni 15 daqiqada boshlash" tamoyili asosida tashkil etilgan.

Natijada tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tish jarayonining o‘zida zarur davlat xizmatlaridan kompozit tarzda foydalanish imkoniyatiga ega.

🤝 Ushbu yondashuv ortiqcha hujjatbozlik va vaqt sarfini kamaytirish, davlat xizmatlarini yanada qulay, tezkor va samarali ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
5😢1
#Avval_Hozir

🏷 Firma nomiga ega bo‘lish imkoniyatlari kengaydi

🔹 Avval firma nomidan faqat yuridik shaxs shaklida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari foydalanishi mumkin edi.

🔹 Hozir esa yakka tartibdagi tadbirkorlar ham firma nomiga ega bo‘lish huquqiga ega bo‘ldi.

Ushbu o‘zgarish yakka tartibdagi tadbirkorlarga o‘z faoliyatini brend ostida yuritish, mijozlar ishonchini mustahkamlash hamda bozordagi raqobatbardoshligini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4