Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
❗️ Farg'ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Toshloq tumanidagi "Yangi yoʻl" MFYda sayyor qabul o'tkazildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
❗️ Andijonda xodimning ish haqi undirib berildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2
#Adliya_xabari
🍬 “Qo‘qon holvasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
📍Farg‘ona viloyatiga xos bo‘lgan “Qo‘qon holvasi” Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
📚 Tarixiy manbalarga ko‘ra, Qo‘qon shahri qadimdan hunarmandchilik va milliy qandolatchilik rivojlangan maskanlardan biri hisoblanadi. Aynan shu hududda shakllangan Qo‘qon holvasi o‘zining an’anaviy tayyorlash usuli, ta’mi va sifati bilan nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham e’tirof etilgan.
⚖️ Mahsulotning geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasining huquqiy himoyasini ta’minlaydi, shuningdek, mahsulotning o‘ziga xosligi va sifatini saqlashga xizmat qiladi.
🌍 Mazkur ro‘yxatga olish Farg‘ona viloyatining gastronomik merosini asrash, hududning milliy brendini rivojlantirish hamda uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
ℹ️ Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum bir hududga mansubligini hamda uning sifati, shuhrati va o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hududning tabiiy-iqlimiy va ijtimoiy-madaniy omillari bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

❤3👍3🔥2👏2🎉1
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1🔥1
#Adliya_xabari
Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi
🟢 Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
🟢 Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 2 tasiga joyida hal berilib, 16 ta murojaat ijro uchun qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🟢 Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi
Xususan, joriy yilning 3-iyul kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 18 nafar (4 nafari onlayn tarzda) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarining notariat, mehnat qonunchiligi, davlat xizmatlari, nodavlat notijorat, tadbirkorlik va kadastr masalalariga oid murojaatlari tinglandi.
⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥1
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi 🟢 Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👏6❤4👍4🔥2🎉1🙏1
#Adliya_xabari
⚔️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi.
🌍Muhokamalar chog‘ida Jahon banki ekspertlari tomonidan O‘zbekistonda yer islohotlari yangi bosqichga ko‘tarilgani va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni yanada rivojlantirish uchun zarur huquqiy va institutsional asoslar shakllanib borayotgani qayd etildi.
💬Shuningdek, xorijiy ekspertlar tomonidan mazkur yo‘nalishda bir qator tavsiyalar berildi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 90-yillarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni xususiylashtirish orqali ilg‘or natijalarga erishgan Sharqiy Yevropa davlatlarining, yerga xususiy mulk huquqi oldindan rivojlanib kelgan Germaniya, Fransiya, Niderlandiya va Turkiya kabi davlatlarning yer munosabatlarini tartibga solish va yer bozorini rivojlantirish borasidagi samarali tajribalari alohida qayd etildi.
⚖️Uchrashuv qatnashchilari yerga oid huquqlarni rivojlantirishning navbatdagi bosqichida davlatning ijaraga beruvchi sifatidagi ma’muriy ta’sir ko‘rsatish vositalari har doim ham kutilgan natijalarni bermasligini, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan tartibga solishda zarur turdagi mahsulot yetishtirishni subsidiyalash mexanizmlari ko‘proq samara berishini
ta’kidladilar.
🤝Ayni paytda, mazkur yo‘nalishda Jahon banki bilan samarali hamkorlikni davom ettirish, xalqaro ekspertlarning ilg‘or tajribasi va tavsiyalarini inobatga olgan holda, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🤝Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi vakillari hamda Jahon banki ekspertlari ishtirokida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi yer islohotlarining istiqbollarini muhokama qilish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🌱Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, yer resurslarini boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📌Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yer munosabatlarini isloh qilish borasida keng ko‘lamli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerga bo‘lgan huquqlarni mustahkamlash va haqiqiy bozor aktiviga aylantirish, huquqiy kafolatlarni kuchaytirish, yer ajratish va undan foydalanish jarayonlariga bozor tamoyillarini joriy etish bo‘yicha muhim qadamlar tashlandi.
🌍Muhokamalar chog‘ida Jahon banki ekspertlari tomonidan O‘zbekistonda yer islohotlari yangi bosqichga ko‘tarilgani va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni yanada rivojlantirish uchun zarur huquqiy va institutsional asoslar shakllanib borayotgani qayd etildi.
💬Shuningdek, xorijiy ekspertlar tomonidan mazkur yo‘nalishda bir qator tavsiyalar berildi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 90-yillarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni xususiylashtirish orqali ilg‘or natijalarga erishgan Sharqiy Yevropa davlatlarining, yerga xususiy mulk huquqi oldindan rivojlanib kelgan Germaniya, Fransiya, Niderlandiya va Turkiya kabi davlatlarning yer munosabatlarini tartibga solish va yer bozorini rivojlantirish borasidagi samarali tajribalari alohida qayd etildi.
🏛Muhokamalarda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari ham faol ishtirok etib, mazkur yo‘nalishda o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi. Yerga oid huquqlarni yanada rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.
⚖️Uchrashuv qatnashchilari yerga oid huquqlarni rivojlantirishning navbatdagi bosqichida davlatning ijaraga beruvchi sifatidagi ma’muriy ta’sir ko‘rsatish vositalari har doim ham kutilgan natijalarni bermasligini, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan tartibga solishda zarur turdagi mahsulot yetishtirishni subsidiyalash mexanizmlari ko‘proq samara berishini
ta’kidladilar.
✅Uchrashuv yakunida mazkur masalani keng qamrovli va kompleks yondashuv asosida ko‘rib chiqish, har tomonlama puxta tahlil qilish hamda O‘zbekiston sharoitida yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga kelishib olindi.
🤝Ayni paytda, mazkur yo‘nalishda Jahon banki bilan samarali hamkorlikni davom ettirish, xalqaro ekspertlarning ilg‘or tajribasi va tavsiyalarini inobatga olgan holda, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
#Avval_Hozir
🏷 Firma nomiga ega bo‘lish imkoniyatlari kengaydi
🔹 Avval firma nomidan faqat yuridik shaxs shaklida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari foydalanishi mumkin edi.
🔹 Hozir esa yakka tartibdagi tadbirkorlar ham firma nomiga ega bo‘lish huquqiga ega bo‘ldi.
✅ Ushbu o‘zgarish yakka tartibdagi tadbirkorlarga o‘z faoliyatini brend ostida yuritish, mijozlar ishonchini mustahkamlash hamda bozordagi raqobatbardoshligini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratmoqda.

❤4
#Adliya_xabari
🏡 Xorazmda yana 1 743 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi
📍Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish masalasi ko‘rib chiqildi.
📋 Sessiya qaroriga muvofiq, viloyatning 13 ta shahar va tumanida jami 1 743 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
⚖️ Mazkur qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulkiy huquqlari qonuniylashtirilmoqda, mulkiy hamda meros bilan bog‘liq nizolarni bartaraf etish uchun huquqiy asoslar yaratilmoqda. Shuningdek, hududlarni rivojlantirishga oid hujjatlarni ishlab chiqish jarayonlari soddalashtirilib, qonuniy kapital aylanmasini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
📊 Ma’lumot uchun, mazkur qonun ijrosi doirasida bugungi kunga qadar Xorazm viloyatida 6 745 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan.
✅ Qonun ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarning yer va mulkiy huquqlarini e’tirof etish ishlari Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan izchil davom ettirilmoqda.

❤2🔥2
#Adliya_aralashgach
⚔️ Andijonda shifokorning ilmiy daraja uchun belgilangan ustama pullari undirib berildi
📍Andijon viloyati Marhamat tumani adliya bo‘limiga tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi jarrohi tomonidan ilmiy daraja uchun belgilangan ustama pullari to‘lanmayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
🔍 Murojaatni o‘rganish davomida xodimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–136-son Farmoniga muvofiq ilmiy darajaga ega xodimlar uchun belgilangan ustama pullari to‘lanmagani aniqlandi.
✅ Holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.
💰 Natijada fuqaro foydasiga 21 million 406 ming 908 so‘m miqdoridagi ustama pullari undirib berilishi ta’minlandi.

👍6❤3🔥2👏2