#Adliya_va_yoshlar
🧠 Qoraqalpog‘istonda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
🤝 Tadbir davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularga davlatimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.
🏆 Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan intellektual o‘yin yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sudi jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi jamoasi.
🎁 G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✅ Tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, davlat organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda ochiq muloqot muhitini rivojlantirishga xizmat qildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

❤4👍1🔥1👏1
#Adliya_va_yoshlar
📚 Xorazmda “Kitob sovg‘a qil” aksiyasi o‘tkazildi
📍“Yoshlar kuni” doirasida Xorazm viloyati Yangiariq tumani "Chiqirchi" mahallasidagi 11-sonli maktabda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida “Kitob sovg‘a qil” aksiyasi tashkil etildi.
🤝 Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, ta’lim sohasidagi mavjud imkoniyatlar hamda huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
📖 Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida bilim va faolligi bilan ajralib turgan o‘quvchilarga kitoblar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
✅ Tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qildi.

❤3👍1
#Adliya_va_yoshlar
🤝 Kosonsoyda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
📍Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida Kosonsoy tumani yoshlari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
👥 Ochiq muloqotda tuman hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish va huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
💬 Shuningdek, yoshlarning ta’lim olish, ish bilan ta’minlanish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, uy-joy va boshqa ijtimoiy-huquqiy masalalar yuzasidan murojaat hamda takliflari tinglandi.
✅ Bildirilgan murojaatlarning ayrimlari joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa belgilangan tartibda ijroga qaratildi.
🤝 Tadbir yoshlarning davlat organlari bilan ochiq muloqotini mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

❤2👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🪙 Adliya vazirligi Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3380-3, 2026-yil 29-iyun).
📌 Mazkur idoraviy hujjat bilan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi asosiy oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
🔹 xizmatlar provayderlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashayotgan, bo‘lib turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar tomonidan boshqarilishi mumkin emas;
🔹 Xizmatlar provayderlari litsenziyalovchi organ bilan quyidagilarni kelishishlari lozim:
1️⃣ o‘z ustav kapitalidagi ulushlarni jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan norezidentlarga realizatsiya qilish;
2️⃣ o‘zining rahbariyati (rahbar, uning o‘rinbosarlari), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma rahbarini almashtirish;
🔹 litsenziyalovchi organ arizani qabul qilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida kelishish yoki kelishishni rad etish haqida qaror qabul qiladi;
🆓 kelishish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun yig‘im undirilmaydi.

❤1
#Adliya_va_yoshlar
💻 Sirdaryoda yoshlar IT sohasidagi imkoniyatlar bilan tanishtirildi
📍Sirdaryo viloyatidagi IT Parkda “Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝 Tadbir davomida yoshlarga Prezidentimizning Yoshlar kuniga bag‘ishlangan murojaatida belgilangan ustuvor vazifalar, davlat tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.
🚀 Shuningdek, IT Park faoliyati, startap loyihalarini yaratish va rivojlantirish mexanizmlari, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Yoshlar mahalliy IT mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Barakami” startap loyihasi bilan tanishtirildi.
💬 Uchrashuv yakunida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasidagi qiziqishlari o‘rganilib, ularni IT yo‘nalishida rivojlantirish, mavjud ta'lim platformalari va loyihalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✅ Tadbir yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

👍4