ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📊 Davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha trening boshlandi

📍Davlat organlari vakillari uchun “Maʼlumotlarga asoslangan davlat xizmati” metodologiyasiga bag‘ishlangan ikki kunlik trening o‘z ishini boshladi.

📈 Trening davomida ishtirokchilar ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqarish, samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) hamda dashboardlarni ishlab chiqish, dalillarga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonlaridagi muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni oshiradi.

💻 Mazkur trening davlat xizmatlarini yanada sifatli, tezkor va fuqarolar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan holda tashkil etishda ma’lumotlardan samarali foydalanish madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.

🤝 Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Trening yakunida ishtirokchilar davlat xizmatlari sifatini oshirish, boshqaruv qarorlarini ma’lumotlarga asoslangan holda qabul qilish va fuqarolar uchun yanada qulay xizmatlar yaratishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2
#Adliya_va_yoshlar

📚 Buxoroda kitobsevar yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


📍Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Kogon shahar “Zirabod” mahallasida tashkil etilgan kitob mutolaasi tematik zonasi faoliyati bilan tanishildi hamda kitobsevar yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Muloqot davomida yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’limga kirishdagi imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, imtiyozli kreditlardan foydalanish, bandlikni ta’minlash hamda kasb-hunar egallashga qaratilgan davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📖 Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaaning shaxs kamolotidagi o‘rni hamda huquqiy bilimlarni muntazam oshirib borishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Tadbir yakunida yoshlarning savollariga javob berilib, ularning
taklif va tashabbuslari tinglandi. Faol ishtirok etgan yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1
#Adliya_va_yoshlar

📚 Marhamatda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍Andijon viloyati Marhamat tumani Axborot-kutubxona markazida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🤝 Ochiq muloqot davomida yoshlarning fikr va tashabbuslari tinglanib, ularga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish, kasb tanlash hamda o‘z ustida muntazam ishlashning ahamiyati haqida tavsiyalar berildi.

📖 Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, elektron va qog‘oz kitoblarning afzalliklari hamda zamonaviy ta’lim platformalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida “Eng yaxshi o‘quvchi” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlandi hamda “Kitob sovg‘a” aksiyasi doirasida yoshlarga sara badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👏5👍32🔥1