ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📌 Adliya vazirligi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3858, 2026-yil 25-iyun).

🏘 Mazkur hujjat ko‘chmas mulk obyektlarining bozor narxiga yaqin qiymatini aniqlashning yagona tartibini belgilaydi.

📋 Unga ko‘ra:

🏢 ko‘chmas mulk obyektlari koʻp kvartirali uylardagi turar joylar, yakka tartibdagi turar joylar va noturar obyektlar guruhlariga ajratiladi;

📊 baholashda ko‘chmas mulk bozori ma’lumotlari, bitimlar, e’lonlar va boshqa narxga ta’sir qiluvchi omillar hisobga olinadi;

🗺 hududlar bozor narxlaridan kelib chiqib narx zonalariga ajratiladi hamda namunaviy obyektlar (etalonlar) asosida qiymat aniqlanadi;

🧮 obyektlarning qiymati qiyosiy, xarajat yoki daromad yondashuvlari orqali hisoblanadi;

🏗 qiymatni aniqlashda qurilgan yili, qurilish materiali, maydoni, qavati, joylashuvi va ta’mirlanganlik holati kabi omillar inobatga olinadi;

🌐 ommaviy baholash natijalari Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti va axborot tizimlarida e’lon qilinadi;

🔎 mulkdorlar kadastr raqami orqali o‘z obyektining qiymati bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi;

🗣 baholash natijalari 90 kun davomida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi hamda mulkdorlar taklif va e’tirozlarini bildirishi mumkin;

⚖️ baholash natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar vakolatli organga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Mazkur hujjat ko‘chmas mulk obyektlarining qiymatini bozor tamoyillari asosida adolatli va shaffof aniqlashga xizmat qiladi.
3
📌 Adliya vazirligi Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish borasidagi faoliyatida “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3861, 2026-yil 26-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

📋 Unga ko‘ra:

🔹 tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholash mexanizmi joriy etiladi;

🔹 xavf darajasini aniqlashda davlat organlari axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, OAV va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi;

🔹 xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;

🔹 xavf darajasini baholash iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, raqobat, reklama, davlat xaridlari va tovar-xom ashyo birjalari faoliyati, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi sohalari bo‘yicha alohida mezonlar asosida amalga oshiriladi;

🔹 huquqbuzarlik xavfi darajasi yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi;

🔹 yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi;

🔹 past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi;

🔹 elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik subyektiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir choralari qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🎬 Adliya vazirligi Kinematografiya sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish borasidagi faoliyatida “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3867, 2026-yil 26-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

📌 Unga ko‘ra:

🔹 tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholash mexanizmi joriy etiladi;

🔹 xavf darajasini aniqlashda davlat organlari axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, OAV va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi;

🔹 xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;

🔹 xavf darajasini baholash filmni ommaviy namoyish etish va xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish sohalari bo‘yicha alohida mezonlar asosida amalga oshiriladi;

🔹 huquqbuzarlik xavfi darajasi yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi;

🔹 yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi;

🔹 past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi;

🔹 elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik subyektiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir choralari qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

💡 Adliya vazirligi Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3864, 2026-yil 26-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

📌 Unga ko‘ra:

🔹 tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholash mexanizmi joriy etiladi;

🔹 xavf darajasini aniqlashda davlat organlari axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, OAV va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi;

🔹 xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;

🔹 xavf darajasini baholash tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi, firma nomlari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari hamda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bo‘yicha alohida mezonlar asosida amalga oshiriladi;

🔹 huquqbuzarlik xavfi darajasi yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi;

🔹 yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi;

🔹 past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi;

🔹 elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik subyektiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir choralari qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2🔥2
#Adliya_xabari

Ijtimoiy tarmoqlarda manba ko‘rsatmasdan boshqa shaxslarga tegishli materiallardan foydalanish holatlari mualliflik huquqiga rioya etilishi masalasini yana bir bor dolzarb mavzuga aylantirmoqda.


O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra har qanday asar yoki materialdan foydalanishda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari, jumladan, muallif nomini ko‘rsatish huquqi hurmat qilinishi lozim.

Manbani ko‘rsatmasdan boshqa shaxsning ijodiy mehnati natijasini o‘ziniki sifatida taqdim etish qonunchilikda belgilangan tamoyillarga zid hisoblanadi.

Adliya vazirligi barcha axborot resurslari va kontent yaratuvchilarni mualliflik huquqiga rioya qilishga, foydalanilgan materiallar manbasini ko‘rsatishga hamda boshqa shaxslarning intellektual mulk huquqlarini hurmat qilishga chaqiradi.

Mualliflik huquqi madaniyatini yuksaltirish barchamizning umumiy mas'uliyatimizdir. Muallif tomonidan huquqbuzarlik bo‘yicha faktlar adliya organlariga taqdim etilsa holat belgilangan tartibda o‘rganib chiqiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2🔥1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining 2026-yil I yarim yillik ish rejasi ijrosi doirasida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining faoliyati kompleks tekshirildi.

Tekshirish yakunlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari M.Ikramov rahbarligida muassasaning hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.

Hay’at yig‘ilishida muassasa tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda mavjud xato va kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, tizimli muammolar tahlil qilindi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli choralar ko‘rildi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda kelgusida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi hamda ish faoliyatida asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥21
#Adliya_xabari

Samarali mahalliy boshqaruv faol jamoatchilik ishtirokidan boshlanadi!

Bugun Samarqandda “Samarali mahalliy boshqaruv uchun Jamoatchilik maslahat kengashlari” mavzusidagi uch kunlik Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

Tadbir mamlakatimizning pilot hududlaridan 40 nafarga yaqin Jamoatchilik maslahat kengashlari a’zolari, mahalliy Kengashlar, hokimliklar va mahalla vakillarini bir maydonga jamladi.

Dastur davomida ishtirokchilar:
jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni;
mahalliy budjet va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini;
fuqarolarga yo‘naltirilgan davlat xizmatlarini rivojlantirish usullarini;
xalqaro tajriba va muvaffaqiyatli amaliyotlarni o‘rganadilar.

Yozgi maktab yakunida ishtirokchilar o‘z hududlarida Jamoatchilik maslahat kengashlari faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan amaliy harakat rejalarini ishlab chiqadilar.

Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1