ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o`rinbosari M.Allakuliyev boshchiligida fuqarolar va tadbirkorlarning muammolarini bevosita o‘rganish va ularga huquqiy yechim berish maqsadida Urganch tumanida “Turkmanlar” mahallasida sayyor qabul bo`lib o`tdi.
 
🟢 Mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishliligi bo`yicha har bir murojaat atroflicha tinglanib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
 
📊 Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:

 20 ga yaqin murojaat joyida hal etildi;
 30 dan ortiq murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi;
29 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazish hamda tegishli huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.
  60 nafar fuqarolarga sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlar ko`rsatildi.
 
🔵 Sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

🔰 Shuningdek, 27-iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan bir guruh ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar e’tirof etilib, Tashakkurnoma va esdalik sovg`alari topshirildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
7🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrik

☄️Haqiqat posbonlariga ehtirom

Har bir xabar ortida izlanish, mashaqqat va mas’uliyat yotadi.

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha media sohasi fidoyilarini samimiy tabriklaymiz!

Sizning xolis so‘zingiz, tezkor xabaringiz va fidokorona mehnatingiz jamiyat taraqqiyoti hamda xalq ishonchining mustahkam poydevoridir.

❗️Qalamingiz o‘tkir, nigohingiz teran, ijodingiz esa bardavom bo‘lsin!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o‘rinbosari M.Allakuliyev  Urganch shahar adliya bo‘limida bo‘lib, bo‘limda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanish uchun mavjud imkoniyatlar, aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy va davlat xizmatlar sifati hamda aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.
 
🔹 Davlat va huquqiy xizmatlar ko`rsatilishi, elektron to`lov tizimlari, imkoniyati cheklangan hamda chet el fuqarolarga xizmat ko`rsatishda mavjud imkoniyatlarni yanada takomillashtirish yuzasidan xodimlarning taklif va fikrlari tinglandi.
 
🔸 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va tezkorligi, aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish tizimining samaradorligi hamda tartib-taomillarga rioya etilishiga, ortiqcha qog`ozbozlik va byurokratiyani bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
 
Shuningdek, M.Allakuliyev tomonidan Urganch tumanida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holidan xabar olindi, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari o`rganildi va ularning yechimi bo`yicha mutasaddilarga ko`rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6👍2
📌 Qimmatli qog‘ozlar bilan repo bitimlarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

📝 Adliya vazirligi qimmatli qog‘ozlar bilan repo bitimlarini amalga oshirish bo‘yicha idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3860, 2026-yil 25-iyun).

💼 Repo bitimi – qimmatli qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya va qimmatli qogʻozlarning hosilalari) oldindan kelishilgan muddat va narxlarda qayta sotib olish sharti bilan amalga oshiriladigan bitim hisoblanadi.

📋 Mazkur hujjatga ko‘ra:

✔️ repo bitimlari fond birjasi va birjadan tashqari savdo tashkilotchilarining elektron savdo tizimlari orqali amalga oshiriladi;

✔️ repo bitimi qimmatli qog‘ozlarni dastlabki sotish va qayta sotib olishdan iborat ikki qismli bitim sifatida rasmiylashtiriladi;

✔️ repo bitimi savdo tizimida tashabbuskor tomonidan berilgan buyurtma va akseptant tomonidan ushbu buyurtmani qabul qilish orqali avtomatik ravishda tuziladi;

✔️ repo bitimining ikkinchi qismi belgilangan muddatda savdo tizimi orqali avtomatik ravishda ijro etiladi;

🔔 savdo tizimi repo bitimining ikkinchi qismi ijro etilishi to‘g‘risida taraflarga bir kun oldin xabarnoma yuboradi;

🔍 savdo tizimi repo bitimlari bo‘yicha pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarning yetarliligini oldindan tekshiradi;

📊 qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilari repo bitimlarining alohida hisobini yuritadi.

🤝 Mazkur tartib repo operatsiyalarini amalga oshirishning shaffofligini ta’minlashga, qimmatli qog‘ozlar bozorida likvidlikni rivojlantirishga va investorlar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi
5
📌 Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarning ayrim lavozimlari uchun mehnatga haq to‘lash shartlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3589, 2026-yil 25-iyun).

📋 Mazkur idoraviy hujjatda quyidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalardagi direktor, bosh vrach, direktorning (bosh vrachning) o‘rinbosarlari, shu jumladan tibbiyot ishlari bo‘yicha o‘rinbosar, bosh hamshira, bosh buxgalter, buxgalter, iqtisodchi, kadrlar bo‘yicha inspektor va ijtimoiy xodimlarning mehnatga haq to‘lash razryadlari belgilangan:

🏢 – Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari;

– Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “G‘amxo‘rlik” markazlari;

🦾 – Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari;

🏥 – Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar.

💰 Yuqoridagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarning direktor (bosh vrach)lari, direktor (bosh vrach)ning o‘rinbosarlari, shu jumladan tibbiyot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, bosh buxgalteri, buxgalteri, iqtisodchisi, kadrlar bo‘yicha inspektori va ijtimoiy xodimlariga ko‘p yillik faoliyati uchun quyidagi miqdorlarda har oylik ustama to‘lanadi:

📈 – 1 yildan 3 yilgacha 30 foiz;

📈 – 3 yildan 5 yilgacha 60 foiz;

📈 – 5 yildan 10 yilgacha 80 foiz;

📈 – 10 yildan 15 yilgacha 100 foiz;

🏆 – 15 yil va undan yuqori 120 foiz.
1
📌 Adliya vazirligi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3858, 2026-yil 25-iyun).

🏘 Mazkur hujjat ko‘chmas mulk obyektlarining bozor narxiga yaqin qiymatini aniqlashning yagona tartibini belgilaydi.

📋 Unga ko‘ra:

🏢 ko‘chmas mulk obyektlari koʻp kvartirali uylardagi turar joylar, yakka tartibdagi turar joylar va noturar obyektlar guruhlariga ajratiladi;

📊 baholashda ko‘chmas mulk bozori ma’lumotlari, bitimlar, e’lonlar va boshqa narxga ta’sir qiluvchi omillar hisobga olinadi;

🗺 hududlar bozor narxlaridan kelib chiqib narx zonalariga ajratiladi hamda namunaviy obyektlar (etalonlar) asosida qiymat aniqlanadi;

🧮 obyektlarning qiymati qiyosiy, xarajat yoki daromad yondashuvlari orqali hisoblanadi;

🏗 qiymatni aniqlashda qurilgan yili, qurilish materiali, maydoni, qavati, joylashuvi va ta’mirlanganlik holati kabi omillar inobatga olinadi;

🌐 ommaviy baholash natijalari Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti va axborot tizimlarida e’lon qilinadi;

🔎 mulkdorlar kadastr raqami orqali o‘z obyektining qiymati bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi;

🗣 baholash natijalari 90 kun davomida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi hamda mulkdorlar taklif va e’tirozlarini bildirishi mumkin;

⚖️ baholash natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar vakolatli organga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Mazkur hujjat ko‘chmas mulk obyektlarining qiymatini bozor tamoyillari asosida adolatli va shaffof aniqlashga xizmat qiladi.
3
📌 Adliya vazirligi Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish borasidagi faoliyatida “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3861, 2026-yil 26-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

📋 Unga ko‘ra:

🔹 tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholash mexanizmi joriy etiladi;

🔹 xavf darajasini aniqlashda davlat organlari axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, OAV va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi;

🔹 xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;

🔹 xavf darajasini baholash iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, raqobat, reklama, davlat xaridlari va tovar-xom ashyo birjalari faoliyati, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi sohalari bo‘yicha alohida mezonlar asosida amalga oshiriladi;

🔹 huquqbuzarlik xavfi darajasi yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi;

🔹 yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi;

🔹 past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi;

🔹 elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik subyektiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir choralari qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4🔥1