#Adliya_xabari
📣 Adliya vaziri o`rinbosari M.Allakuliyev boshchiligida fuqarolar va tadbirkorlarning muammolarini bevosita o‘rganish va ularga huquqiy yechim berish maqsadida Urganch tumanida “Turkmanlar” mahallasida sayyor qabul bo`lib o`tdi.
🟢 Mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishliligi bo`yicha har bir murojaat atroflicha tinglanib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
📊 Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:
➖ 20 ga yaqin murojaat joyida hal etildi;
➖ 30 dan ortiq murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi;
➖ 29 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazish hamda tegishli huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.
➖ 60 nafar fuqarolarga sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlar ko`rsatildi.
🔵 Sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
🔰 Shuningdek, 27-iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan bir guruh ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar e’tirof etilib, Tashakkurnoma va esdalik sovg`alari topshirildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

❤7🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrik
☄️ Haqiqat posbonlariga ehtirom
Har bir xabar ortida izlanish, mashaqqat va mas’uliyat yotadi.
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha media sohasi fidoyilarini samimiy tabriklaymiz!
Sizning xolis so‘zingiz, tezkor xabaringiz va fidokorona mehnatingiz jamiyat taraqqiyoti hamda xalq ishonchining mustahkam poydevoridir.
❗️ Qalamingiz o‘tkir, nigohingiz teran, ijodingiz esa bardavom bo‘lsin!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Har bir xabar ortida izlanish, mashaqqat va mas’uliyat yotadi.
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha media sohasi fidoyilarini samimiy tabriklaymiz!
Sizning xolis so‘zingiz, tezkor xabaringiz va fidokorona mehnatingiz jamiyat taraqqiyoti hamda xalq ishonchining mustahkam poydevoridir.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1
#Adliya_xabari
📣 Adliya vaziri o‘rinbosari M.Allakuliyev Urganch shahar adliya bo‘limida bo‘lib, bo‘limda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanish uchun mavjud imkoniyatlar, aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy va davlat xizmatlar sifati hamda aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.
🔹 Davlat va huquqiy xizmatlar ko`rsatilishi, elektron to`lov tizimlari, imkoniyati cheklangan hamda chet el fuqarolarga xizmat ko`rsatishda mavjud imkoniyatlarni yanada takomillashtirish yuzasidan xodimlarning taklif va fikrlari tinglandi.
🔸 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va tezkorligi, aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish tizimining samaradorligi hamda tartib-taomillarga rioya etilishiga, ortiqcha qog`ozbozlik va byurokratiyani bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✅ Shuningdek, M.Allakuliyev tomonidan Urganch tumanida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holidan xabar olindi, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari o`rganildi va ularning yechimi bo`yicha mutasaddilarga ko`rsatma va topshiriqlar berildi.

❤6👍2