ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sog'lom_turmush_aksiyasi
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

🔴 Yoshlar bilan ochiq muloqot va sog‘lom turmush targ‘iboti

"Sog‘lom turmush" aksiyasi doirasida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish hamda yoshlarning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Muloqot jarayonida bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom hayot tamoyillariga amal qilishning ahamiyati haqida batafsil so‘z yuritildi.


Tadbir davomida yoshlar uyqu gigiyenasi, sog‘lom ovqatlanish, stressni boshqarish, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish va raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.

Yakunda yoshlar sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ijobiy odatlarni kundalik hayotga tatbiq etish hamda jamiyatda sog‘lom va faol muhitni shakllantirishga o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍42🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Sirdaryoda “Adolat sayli” o'tkazildi


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5👏3
#Adliya_xabari

🎉 Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan adliya tizimi xodimlari taqdirlandi


🗞 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan adliya organlari va muassasalarida axborot siyosatini samarali amalga oshirish, tizim faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda huquqiy axborotni keng jamoatchilikka tezkor yetkazish yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlar taqdirlandi.

🎁Tadbirda bir guruh faol xodimlarning samarali mehnati e’tirof etilib, ularga Adliya vazirligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

🤝 Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan xodimlar adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish, huquqiy axborotni tezkor va ishonchli yetkazish hamda tizimning ochiqlik siyosatini ta'minlashda muhim o‘rin tutmoqda.

Fursatdan foydalanib, adliya organlari va muassasalarida axborot siyosatini yuritish va tizimning ochiqligini ta'minlash yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!

💐 Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, yangi g‘oyalar va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍1810👏6🔥2
Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun “Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining huquqiy bilimlarini oshirish va ularni qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish” bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Mazkur muloqotda 30 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bevosita, 250 dan ortiq vakillar esa onlayn tarzda “Zoom” platformasi orqali ishtirok etdi.

Tadbir davomida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida uchrayotgan tizimli muammolar, shuningdek ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro aloqalari yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.

Muloqot davomida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining savollariga joyida tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlanganidek, bunday seminarlar nodavlat notijorat tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_yoshlar

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i ishtirokida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍2👏2
⚡️Renovatsiya jarayonida uy-joy egalari qanday huquqlarga ega?

Mulkdorning roziligi qay darajada muhim? Kompensatsiya qanday tartibda beriladi va yangi qonun fuqarolar manfaatlarini qanday himoya qiladi?
Shu kabi savollarga “Uzreport” TVda “Huquqiy nigoh”ko‘rsatuvining navbatdagi sonida renovatsiya to‘g‘risidagi yangi qonunning asosiy normalari, amaliyotdagi o‘zgarishlar hamda aholini qiziqtirayotgan dolzarb masalalarga javob berildi.

📹To‘liq video 👉🏻 https://youtu.be/3X0IDWvqr-s
https://www.facebook.com/share/v/1JHUaA3w2n/

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1
#Adliya_aralashgach
#Namangan_viloyati

32 million so‘mdan ortiq asossiz qarzdorlik bekor qilindi


Davlatobod tumani adliya bo‘limi tomonidan Elobod MFYda yashovchi fuqaro A.A.ning murojaati o‘rganib chiqildi.

Batafsil👈

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1