ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o‘rinbosari M.Allakuliyev Xorazm viloyati Urganch tumanidagi turistik hamda madaniy-meros obyekti sanalgan “Ulli hovli” majmuasida bo`ldi.

🔰 Majmuada sayyohlik va ziyorat turizmi uchun yaratilgan sharoitlar hamda o`zbek va turkman millatiga madaniyatiga oid ko`rgazmalar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, M.Allakuliyev tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv o`tkazildi, fuqarolarga huquqiy va davlat xizmatlari ko`rsatildi, bo`sh ish o`rinlari yarmarkasi tashkil etildi hamda bepul tibbiy ko`rik tashkil etildi.

Ⓜ️ Qonunga asosan Xorazm viloyati bo`yicha yer uchastkasi hamda  unda qurilgan  bino va inshootlariga  bo‘lgan huquqlari e’tirof etilganligi yuzasidan 15 nafar fuqarolarga tegishli hujjatlar topshirildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3🔥2
❗️ Xorazm viloyatidagi sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun seminar tashkil etildi

⚡️ Bugun, 26-iyun kuni Xorazm viloyatida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun sud ekspertiza imkoniyatlari va istiqbollari to‘g‘risida seminar o‘tkazildi.

✔️ Tadbir davomida Markaz direktori M.Maxkamov tomonidan sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, hamkorlikdagi masalalar, shu bilan birga, sud ekspertiza faoliyatiga oid normativ huquqiy hujjatlar, shu jumladan 2026-yil 11-iyundagi “Sud-ekspertlik faoliyat qonuni toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyati, “E-ekspertiza” elektron axborot tizimidan foydalanishning afzalliklari haqida tushuntirish berildi.

🟢 Seminar yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍32