#Adliya_xabari
❗️ Farg'onada sayyor qabul: fuqarolarning muammolari va murojaatlari joyida hal etilmoqda
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari tomonidan Qo'shtepa tumanidagi mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya olish, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar nazoratga olindi.
Shuningdek, aholiga 20 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤4🔥4👏3
#adliya_xabari
📌 “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi
🏛 Avval xabar berilganidek, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan nizosiz ishlarni hal etish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ikkinchi oʻqishda qabul qilingan edi.
📅 Joriy yilning 25-iyun kuni Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining navbatdagi majlisida ushbu Qonun koʻrib chiqildi.
📄 Loyiha bilan:
⚖️ Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslariga BHMning ming baravaridan ortiq boʻlgan ayrim nizosiz talablar sud buyrugʻi tartibida koʻrib chiqilishiga oid oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
💳 “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda ijro xatlarini yozib berganlik uchun undiriladigan summaning miqdorini notarius tomonidan bunday notarial harakatni amalga oshirganlik uchun sarflanadigan haqiqiy xarajatlar miqdoriga muvofiqlashtirish;
💻 Notariuslar tomonidan qayd etilgan ijro xatlarini ijro organiga elektron yuborish kabi masalalar nazarda tutilmoqda.
🤝 Majlisda ushbu Qonun fuqarolarning hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda notariat institutining rolini yanada mustahkamlashga, ayrim nizosiz talablar boʻyicha huquqiy mexanizmlarni soddalashtirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
✅ Muhokamalar yakunida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.

❤4👍3🔥1🙏1
#Sog'lom_turmush_aksiyasi
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
🔴 Yoshlar bilan ochiq muloqot va sog‘lom turmush targ‘iboti
"Sog‘lom turmush" aksiyasi doirasida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish hamda yoshlarning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida yoshlar uyqu gigiyenasi, sog‘lom ovqatlanish, stressni boshqarish, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish va raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.
Yakunda yoshlar sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ijobiy odatlarni kundalik hayotga tatbiq etish hamda jamiyatda sog‘lom va faol muhitni shakllantirishga o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Muloqot jarayonida bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom hayot tamoyillariga amal qilishning ahamiyati haqida batafsil so‘z yuritildi.
Tadbir davomida yoshlar uyqu gigiyenasi, sog‘lom ovqatlanish, stressni boshqarish, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish va raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.
Yakunda yoshlar sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ijobiy odatlarni kundalik hayotga tatbiq etish hamda jamiyatda sog‘lom va faol muhitni shakllantirishga o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4❤2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Sirdaryoda “Adolat sayli” o'tkazildi

👍5👏3