ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi

🟢Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 19-iyun kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 13 nafar (4 nafari onlayn tarzda) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarining notariat, mehnat qonunchiligi, oila, davlat xizmatlari, nodavlat notijorat va kadastr masalalariga oid murojaatlari tinglandi.


🟢Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 6 tasi joyida hal etilib huquqiy tushuntirish berildi. 7 ta murojaat esa ijro uchun qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🟢Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍128
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Yuristlar kerak bo‘lmay qoladimi?

🔹 Kelajak huquqshunosi qanday bo‘ladi?
🔹 AI yuristlarning o‘rnini bosadimi?
🔹Dunyoda yuz berayotgan huquqiy transformatsiyalar O‘zbekiston qonunchiligiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
🔹 O‘zbekiston bu jarayonlarga qanchalik tayyor?

Batafsil tomosha qiling!

🎙 Shu va boshqa dolzarb savollarga birgalikda javob izlaymiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
117👍17🔥8😢6👏2🎉1
🎓 Kasbiy rivojlanish kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

➡️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati boshqarma boshliqlari hamda hududiy adliya organlari rahbarlarining o‘rinbosarlari uchun tashkil etilgan “Kasbiy rivojlanish kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli malaka oshirish” kurslarining 3-guruhi o‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli yakunladi.

Kurs davomida tinglovchilar zamonaviy boshqaruv, liderlik, strategik rejalashtirish, samarali muloqot hamda kasbiy faoliyatni yanada takomillashtirishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

⚡️ O‘quv mashg‘ulotlar yakunida kurs dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

📱minjusttraining.uz 📱Facebook📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥4