🔹Bugun, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida “Sunʼiy intellektni huquqiy tartibga solish: global tajriba va milliy yondashuvlar” mavzusida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
🔹Anjumanda yetakchi olimlar, professor-oʻqituvchilar, iqtidorli talabalar hamda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Serbiya, Koreya Respublikalaridan xorijlik mutaxassislar ishtirok etdi.
🔹Konferensiyada sunʼiy intellektni huquqiy tartibga solish boʻyicha xalqaro tajriba, milliy huquq tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishning institutsional va huquqiy asoslari, sunʼiy intellekt etikasi hamda inson huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, intellektual mulk huquqi, kiberxavfsizlik, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, mehnat huquqi munosabatlari va davlat boshqaruvida sunʼiy intellektdan foydalanishning huquqiy jihatlariga bagʻishlangan maʼruzalar tinglandi.
Tadbir ishtirokchilari sunʼiy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, innovatsiyalar va inson huquqlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlash, shuningdek, milliy qonunchilikni ilgʻor xalqaro amaliyotlar asosida rivojlantirish boʻyicha fikr almashishdi.
Muhokamalar yakunida sunʼiy intellektni huquqiy tartibga solish sohasida xalqaro va ilmiy hamkorlikni kengaytirish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hamda oʻzaro tajriba almashish yuzasidan takliflar bildirildi.
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
⚖️ Navoiyda “Adolat sayli” o‘tkazildi
📍Navoiy shahridagi “Ilm-ma’rifat” bog‘ida viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Adolat sayli” tashkil etildi. Tadbir davomida notariuslar, FHDY bo‘limlari, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamda advokatlar tomonidan fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi.
📋 Sayl davomida fuqarolarning ishga joylashish, meros, mol-mulk, bank kreditlari va hujjatlardagi xatoliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqildi. Bir qator masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar nazoratga olindi.
💼 Shuningdek, 20 dan ortiq tashkilotlar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, yoshlar va xotin-qizlarga munosib ish o‘rinlari taklif etildi.
🎨 Tadbir doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, milliy madaniy markazlar va hunarmandlar ko‘rgazmalari, “Maftunkor ranglar jilosi” ko‘rik-tanlovi hamda boshqa ma’naviy-ma’rifiy loyihalar namoyish etildi.
🤝 “Rahbar va yoshlar muloqoti” maydonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bevosita rahbarlarga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
✨ Ta’kidlanganidek, “Adolat sayli” aholining huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling

❤6
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni
🤝 Xorazmda “Yoshlar kuni” doirasida ko‘ngillilik aksiyasi o‘tkazildi
📍“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Xorazm viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati boshchiligida yoshlar ishtirokida Urganch tumanining "Cholish" mahallasida ko‘ngillilik aksiyasi tashkil etildi.
👥 Aksiya davomida yolg‘iz yashovchi keksalar holidan xabar olinib, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatildi. Shuningdek, fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kundalik hayotda duch kelayotgan huquqiy masalalari o‘rganildi.
🏡 Yoshlar tomonidan keksalarning uy-joylari va xonadonlari atrofi obodonlashtirilib, tozalash ishlari amalga oshirildi.
✨ Ta’kidlanganidek, bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida volontyorlik madaniyatini rivojlantirish, saxovat va insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlash hamda jamiyatda mehr-oqibat muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

👍2🔥2
#Adliya_xabari
🇺🇿🇰🇷 Qonunchilik sifatini oshirish yo‘lida Koreya tajribasi o‘rganilmoqda
📍Joriy yilning 12–17-iyun kunlari Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti delegatsiyasining Koreya Respublikasiga xizmat safari amalga oshirildi.
🤝 Safar doirasida delegatsiya a’zolari Koreya Milliy Assambleyasi huzuridagi Tadqiqot xizmati rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📚 Uchrashuv davomida qonunchilik loyihalarini ilmiy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti, normativ-huquqiy hujjatlar sifatini oshirishda ilmiy-tahliliy yondashuvlarning ahamiyati hamda tartibga solish ta’sirini baholashning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
🔄 Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qonunchilikni takomillashtirish sohasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
✅ Ta’kidlanganidek, mazkur hamkorlik qonunchilik hujjatlari sifatini yanada oshirish, ularning amaliy ta’sirini baholash tizimini takomillashtirish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni milliy amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

❤3👍3👏2🔥1
#Adliya_aralashgach
⚖️ Adliya aralashuvi bilan fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi
📍Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida yashovchi fuqaro A.A. ishdan bo‘shatilishi jarayonida qonunchilikda belgilangan huquqlari ta’minlanmaganligi yuzasidan adliya organlariga murojaat qildi.
📝 Murojaatni o‘rganish davomida fuqaro umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritganligi, biroq shtat qisqartirilishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilayotganda unga qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani aniqlandi.
🔎 Shuningdek, ish beruvchi tomonidan ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq buyruq ijrosi to‘liq ta’minlanmagani hamda xodimga tegishli to‘lovlar to‘lanmay kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
📄 Holat yuzasidan So‘x tumani adliya bo‘limi tomonidan taqdimnoma kiritilib, qonun buzilishlarini bartaraf etish choralari ko‘rildi.
✅ Natijada fuqaroning ishdan bo‘shatish nafaqasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlari ish beruvchidan undirib berilib, uning mehnat huquqlari tiklandi.
⚖️ Adliya — inson manfaatlari yo‘lida!

👍4❤3👏3🔥2😢2
Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan “Davlat organlari va tashkilotlarida ish yurituvi xodimlarining malakasini oshirish” o‘quv kursiga taklif etamiz.
✅ Kurs davomida:
🔹Ish yuritishni tashkil etishning huquqiy asoslari
🔹 Hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash tartibi
🔹 Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash
🔹 Ijro intizomini ta’minlash va elektron hujjat aylanishi
🔹 Psixologik ko‘nikmalar va vaqtni boshqarish
🎯 Kurs davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritish, hujjatlar bilan ishlash hamda ijro nazoratini tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlar uchun mo‘ljallangan.
📞 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:
☎️ +998 55 518-47-77
☎️ +998 91 191-47-84
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#Adliya_aralashgach
⚖️ Adliya aralashuvi bilan o‘qituvchining 85 million so‘mdan ortiq ish haqi va kompensatsiya pullari undirib berildi
📍Samarqand viloyatining Narpay tumanida faoliyat yurituvchi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi G.M. oliy malaka toifasi uchun qonunchilikda belgilangan ustama va to‘lovlar hisoblanmayotganligi yuzasidan adliya organlariga murojaat qildi.
🔎 Murojaatni o‘rganish davomida pedagogning malaka toifasi tasdiqlangan bo‘lishiga qaramasdan, unga tegishli ustama va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida hisoblanmagani natijasida ish haqi qarzdorligi yuzaga kelgani aniqlandi.
📄 Fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida Narpay tuman adliya bo‘limi tomonidan sudga da’vo arizasi kiritildi.
👨⚖️ Sud tomonidan ish holatlari va taqdim etilgan dalillar atroflicha ko‘rib chiqilib, da’vo talablari qanoatlantirildi.
✅ Natijada Narpay tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan fuqaro G.M. foydasiga jami 85 million 275 ming 307 so‘m miqdoridagi ish haqi va kompensatsiya to‘lovlari undirilishi belgilandi.
⚖️ Adliya — fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasida!

❤2🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish endi yanada oson bo‘ladi!
Yangi Qonun bo‘yicha muhim yangiliklardan ushbu videorolik orqali bilib oling!
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Yangi Qonun bo‘yicha muhim yangiliklardan ushbu videorolik orqali bilib oling!
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
❤1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
📑 Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (19-sonli BHS) “Daromad” (ro‘yxat raqami 3857, 2026-yil 18-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
📌 Ushbu hujjat budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarda daromadlarni tan olish, baholash va moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibini belgilaydi.
🔹 Unga ko‘ra, daromadlar ikki turga ajratiladi:
1) Majburiy kelishuvsiz operatsiyalar:
▫️ soliqlar;
▫️ yig‘imlar;
▫️ grantlar;
▫️ xayriyalar;
▫️ beg‘araz o‘tkazmalar.
2) Majburiy kelishuv asosidagi operatsiyalar:
▫️ davlat buyurtmalari;
▫️ xizmat ko‘rsatish shartnomalari;
▫️ grant yoki mablag‘ evaziga aniq natija bajarilishi nazarda tutilgan kelishuvlar.
📌 Daromad quyidagi hollarda tan olinadi:
1) Majburiy kelishuvsiz operatsiyalarda:
🔸 resurs (pul, mol-mulk va boshqalar) olinganda yoki unga huquq paydo bo‘lganda;
🔸 mablag‘ bilan bog‘liq majburiyat mavjud bo‘lsa, daromad majburiyat bajarilib borishi bilan.
2) Majburiy kelishuv asosidagi operatsiyalarda:
🔸 daromad mablag‘ kelib tushgan paytda emas, balki shartnoma bo‘yicha majburiyat bajarilganda yoki bajarilish jarayonida;
🔸 soliqlarni hisobga olishda;
🔸 soliq daromadi soliqqa tortiladigan hodisa sodir bo‘lganda.
📌 Mazkur hujjat daromadlarni to‘g‘ri tasniflash, o‘z vaqtida tan olish, haqqoniy baholash hamda xalqaro buxgalteriya standartlariga mos ravishda aks ettirishni ta’minlaydi.

❤1