ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

🤝 Surxondaryoda yoshlar volontyorlik harakatini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi


📍 “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda Yuridik texnikum o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔰 Tadbir davomida yoshlar, volontyorlar va mahalla faollari ishtirokida ochiq muloqotlar, ijtimoiy aksiyalar hamda ma’naviy-ma’rifiy loyihalar tashkil etildi. Shuningdek, keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

🌳 Volontyorlar tomonidan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

📌 Memorandum asosida Yoshlar volontyorlik markazi tashkil etilib, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, volontyorlik harakatini rivojlantirish hamda fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍52
#Xalqaro_hamkorlik

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Shveysariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi.

🤝 Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar nolegal orttirilgan aktivlarni O‘zbekiston xalqining manfaatlari yo‘lida qaytarish borasida erishilgan natijalarni alohida e’tirof etdilar.

📌 Ta’kidlanganidek, o‘zaro ishonch va konstruktiv muloqot asosida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik natijasida sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

💬 Uchrashuv yakunida Konstantin Obolenskiyning O‘zbekistondagi diplomatik faoliyati davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi yuqori baholanib, kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6👍2
Sunʼiy intellektni huquqiy tartibga solish masalalari xalqaro anjumanda muhokama qilindi

🔹
Bugun, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida “Sunʼiy intellektni huquqiy tartibga solish: global tajriba va milliy yondashuvlar” mavzusida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

🔹Anjumanda yetakchi olimlar, professor-oʻqituvchilar, iqtidorli talabalar hamda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Serbiya, Koreya Respublikalaridan xorijlik mutaxassislar ishtirok etdi.

🔹Konferensiyada sunʼiy intellektni huquqiy tartibga solish boʻyicha xalqaro tajriba, milliy huquq tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishning institutsional va huquqiy asoslari, sunʼiy intellekt etikasi hamda inson huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, intellektual mulk huquqi, kiberxavfsizlik, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, mehnat huquqi munosabatlari va davlat boshqaruvida sunʼiy intellektdan foydalanishning huquqiy jihatlariga bagʻishlangan maʼruzalar tinglandi.

Tadbir ishtirokchilari sunʼiy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, innovatsiyalar va inson huquqlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlash, shuningdek, milliy qonunchilikni ilgʻor xalqaro amaliyotlar asosida rivojlantirish boʻyicha fikr almashishdi.

Muhokamalar yakunida sunʼiy intellektni huquqiy tartibga solish sohasida xalqaro va ilmiy hamkorlikni kengaytirish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hamda oʻzaro tajriba almashish yuzasidan takliflar bildirildi.


🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚖️ Navoiyda “Adolat sayli” o‘tkazildi

📍Navoiy shahridagi “Ilm-ma’rifat” bog‘ida viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Adolat sayli” tashkil etildi. Tadbir davomida notariuslar, FHDY bo‘limlari, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamda advokatlar tomonidan fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi.

📋 Sayl davomida fuqarolarning ishga joylashish, meros, mol-mulk, bank kreditlari va hujjatlardagi xatoliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqildi. Bir qator masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar nazoratga olindi.

💼 Shuningdek, 20 dan ortiq tashkilotlar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, yoshlar va xotin-qizlarga munosib ish o‘rinlari taklif etildi.

🎨 Tadbir doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, milliy madaniy markazlar va hunarmandlar ko‘rgazmalari, “Maftunkor ranglar jilosi” ko‘rik-tanlovi hamda boshqa ma’naviy-ma’rifiy loyihalar namoyish etildi.

🤝 “Rahbar va yoshlar muloqoti” maydonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bevosita rahbarlarga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ta’kidlanganidek, “Adolat sayli” aholining huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6