ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🌐 Intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya yuzasidan xalqaro seminar yakunlandi

📍 Toshkent shahrida Adliya vazirligi hamda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan “Asosiy muammolar va strategik yechimlar” mavzusidagi xalqaro konsultativ seminar bo‘lib o‘tdi.

🤝 Ikki kun davomida xalqaro va mahalliy ekspertlar, davlat organlari, ilmiy doiralar, biznes hamjamiyati hamda intellektual mulk sohasi vakillari ishtirokida sohaning bugungi holati, mavjud muammolar va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

💬 Seminar davomida intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, mualliflik huquqi hamda geografik ko‘rsatkichlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Muhokamalar yakunida 2027–2030-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍2
#Tayinlov

Adliya vazirligi Media markaziga yangi rahbar tayinlandi

Irgasheva Dilfuza Rustamovna “Adolat” milliy huquqiy axborot markazining Multimedia bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Dilfuza Irgasheva 1986-yilda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, jurnalist. 2012-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. 2-darajali yurist.

Mehnat faoliyatini 2008-yilda Adliya vazirligi huzuridagi “Inson va qonun” gazetasi tahririyatida bo‘lim muxbiri sifatida boshlagan.

2008–2020-yillarda “Inson va qonun” gazetasi tahririyatida muxbir, bo‘lim muharriri, Huquq-tartibot idoralari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, adabiy muharrir va mas’ul kotib;

2020–2024-yillarda “Adolat” huquqiy axborot markazi Huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Dilfuza Irgasheva huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash, huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish yo‘nalishlarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, u Adliya vazirligining ijtimoiy loyihalarida faol ishtirok etib, “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan, “Oltin Humo” milliy mukofotiga sazovor bo‘lgan “Matonat” filmi ijodkorlar guruhiga rahbarlik qilgan.

Tayinlovga qadar Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Adliya vazirligi jamoasi Dilfuza Irgashevani ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥1610👍6
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

🎓 Farg‘onada talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

⚖️ Muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Shuningdek, tibbiyot sohasi bilan bog‘liq qonunchilikdagi yangiliklar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

💬 Uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2👍2🔥1👏1🎉1
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

🎓 Toshkentda talaba-yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

📍 “Yoshlar kuni” doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

⚖️ Uchrashuv davomida yoshlar va xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan huquq hamda imtiyozlar, adliya organlarining faoliyati, shuningdek, adliya tizimida ish boshlash va xizmatga qabul qilish tartiblari haqida ma’lumotlar berildi.

💬 Muloqot yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, bildirilgan taklif va muammolar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1🔥1