ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

🎓 Namanganda yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

📍 Uchqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.Ismatillayev ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

⚖️ Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ta’lim, bandlik hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

💬 Muloqot jarayonida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda huquqiy savodxonlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1
#Adliya_xabari

📍 Toshkent shahrida mahallalarda manzilli ishlash tizimi izchil davom ettirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan mahallalarda uyma-uy yurishlar tashkil etilib, fuqarolarni qiynayotgan huquqiy va ijtimoiy muammolar o‘rganilmoqda.

⚖️ Jarayonda aholi murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda aholiga huquqiy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🤝 Adliya organlari faoliyatining ustuvor maqsadi murojaatlarni shunchaki qayd etish emas, balki har bir masala bo‘yicha aniq natijaga erishish va fuqarolarning muammolarini hal etishdan iborat.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

🤝 Surxondaryoda yoshlar volontyorlik harakatini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi


📍 “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda Yuridik texnikum o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔰 Tadbir davomida yoshlar, volontyorlar va mahalla faollari ishtirokida ochiq muloqotlar, ijtimoiy aksiyalar hamda ma’naviy-ma’rifiy loyihalar tashkil etildi. Shuningdek, keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

🌳 Volontyorlar tomonidan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

📌 Memorandum asosida Yoshlar volontyorlik markazi tashkil etilib, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, volontyorlik harakatini rivojlantirish hamda fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍52