ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

🏐 Sport, muloqot va huquqiy bilimlar bir maydonda jam bo‘ldi

📍“Yoshlar kuni” munosabati bilan Guliston Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹 Tadbir avvalida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i markazda sportchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulot jarayonlari hamda sport infratuzilmasi bilan tanishdi.

🏐 Shundan so‘ng tadbir doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va jamoaviylik muhiti yanada mustahkamlandi.

💬 “Rahbar va yoshlar” muloqoti ochiq va samimiy davra suhbati shaklida davom etdi. Unda yoshlarning huquq va majburiyatlari, sport sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📚 Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mazkur tadbir yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda sportchi yoshlarni yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥32👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
#Bolalar_huquqlari

Bolalar huquqlari — doimiy e’tiborda

📍Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Qashqadaryo viloyatidagi “Yosh alangachi” bolalar oromgohida bolalar va yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

⚖️ Tadbir davomida ishtirokchilarga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va bullingning salbiy oqibatlari, ularning oldini olish mexanizmlari hamda bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

💬 Ochiq muloqot davomida bolalarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

🧠 Shuningdek, huquqiy viktorina tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Faollik ko‘rsatgan bolalar rag‘batlantirildi.

Bunday tadbirlar bolalarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni o‘z huquqlarini biladigan va himoya qila oladigan shaxslar sifatida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Bir_murojaat_izidan

30 yillik orzu adliya ko‘magida ro‘yobga chiqdi

📍Farg‘ona viloyatida yana bir fuqaroning qonuniy huquqi tiklanib, fuqarolik masalasi ijobiy hal etildi.

👤 Malika Abdusamadoxunova Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Hayot taqozosi bilan 1981-yilda Qirg‘iziston Respublikasiga turmushga chiqib, uzoq yillar u yerda yashagan.

🏠 1999-yilda oilaviy sharoiti sababli O‘zbekistonga qaytgan bo‘lsa-da, fuqarolik masalasidagi huquqiy muammolar sabab uzoq yillar davomida o‘zini qiynab kelgan masalani hal qila olmagan.

⚖️ Adliya organlari ko‘magida fuqaroning murojaati o‘rganilib, tegishli huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Natijada Malika Abdusamadoxunovaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalasi ijobiy hal etilib, u qariyb 30 yildan so‘ng yana O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldi.

🎥 Bu haqda batafsil videolavhada.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥4👍3👏2🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

💡 Yoshlar uchun startap va tadbirkorlik saboqlari

📍“Startap loyihalar yaratish kuni” loyihasi doirasida Jizzax viloyatida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🤝 Tadbirda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar uchun biznes-trening o‘tkazilib, muvaffaqiyatli brendlar asoschilari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

📈 Uchrashuv davomida biznes g‘oyani shakllantirish, biznes-reja tuzish, grant va investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishning muhim jihatlari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

💬 Ochiq muloqotda yoshlar bilan kelajakda muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi mas’uliyat, sabr-toqat, izlanish va bilimning ahamiyati haqida fikr almashildi.

📚 Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yoshlar oldida turgan eng muhim vazifa — sifatli ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda o‘z ustida muntazam ishlashdan iborat.

Mazkur uchrashuv yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirishga ruhlantirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_aksiya
#Bolalar_va_yoshlar_huquqlarini_himoya_qilish
#Yoshlar_kuni

⚖️ Bolalar huquqlari — adliya himoyasida


📍Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Quvasoy shahridagi “Vodiy gavhari” bolalar oromgohida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida bolalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni o‘z huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Ochiq muloqotda bolalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, ularning huquqiy tushunchalarini mustahkamlashga qaratilgan qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir bolalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.

🎥 Batafsil videolavhada

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍43👏1🎉1
#Adliya_xabari

⚖️ Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍Toshkent shahridagi “Renessans” kino uyida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, shu jumladan mualliflik haqi bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹 Ma’lumki, joriy yil 1-iyun kuni Prezidentimiz rahbarligida madaniyat, san’at va adabiyot sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

🔹 Tadbirda Prezident Administratsiyasi vakillari, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Adliya vazirligi mas’ullari, ijodkorlar, san’at va madaniyat sohasi vakillari, huquqshunoslar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

💬 Muloqot davomida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilishning amaldagi mexanizmlari, ijodkorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mualliflik haqini hisoblash va to‘lash tizimini takomillashtirish, shuningdek, raqamli platformalarda mualliflik huquqlarini muhofaza qilish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

📝 Ishtirokchilar tomonidan amaliyotda uchrayotgan muammolar, mavjud to‘siqlar hamda qonunchilikni takomillashtirishga oid taklif va mulohazalar bildirildi. Mutaxassislar tomonidan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

📚 Ta’kidlanganidek, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning ishonchli himoya qilinishi ijodkorlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish hamda mamlakatimizning intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Ochiq muloqot mualliflik huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, ijodkorlar bilan davlat organlari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash hamda mavjud muammolarga yechimlar ishlab chiqish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

🔴 Farg‘onada yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🔹“Yoshlar kuni” munosabati bilan Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida turli tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

🔹Ochiq muloqotda yoshlar huquqiy sohadagi yangiliklar, davlat xizmatlaridan foydalanish, mehnat va ta’limga oid huquqlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldi.

🔹Shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

💡 Tadbir davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarga muvaffaqiyatli brendlar asoschilari tomonidan amaliy tajribalar ham ulashildi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni yangi g‘oyalar sari ruhlantirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍42🔥2👏2