ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🎓 Huquqshunos olimning 80 yillik yubileyi nishonlandi

📍Toshkent davlat yuridik universitetida taniqli huquqshunos olim, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist Baxtiyor Shamsutdinovich Mirbabayevning 80 yillik yubileyi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

🏅 Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni oʻqib eshittirilib, Baxtiyor Shamsutdinovich Mirbabayev "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

🔹Tadbirda adliya vaziri A.Tashkulov so‘zga chiqib, Baxtiyor Mirbabayevning yurtimiz huquqshunoslik maktabini rivojlantirish, konstitutsiyaviy qonuniylikni mustahkamlash hamda yuridik kadrlar tayyorlashdagi beqiyos xizmatlarini alohida qayd etdi. Shuningdek, Adliya vazirligi jamoasi nomidan samimiy tabrik va ezgu tilaklarni yo‘lladi.


🔹Tadbirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud-huquq tizimi vakillari, huquqshunos olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📚 Ta’kidlanganidek, Baxtiyor Mirbabayev ko‘p yillik faoliyati davomida ilm-fan, oliy ta’lim, davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimida samarali mehnat qilib, milliy huquqiy tizimni takomillashtirish, konstitutsiyaviy qonuniylikni mustahkamlash hamda malakali yuridik kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shgan.

👨‍🎓 Yubiley tadbiri yosh avlod uchun ham katta tarbiya maktabiga aylandi. Ustozning boy hayotiy va ilmiy tajribasi, fidokorona mehnati hamda vatanparvarlik fazilatlari yoshlarni yangi marralar sari ilhomlantirishi ta’kidlandi.

🤝 Tadbir yakunida yubilyar samimiy tabriklar va e’tirof uchun minnatdorlik bildirib, yoshlarni ilm-fan va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash har bir mutaxassisning muhim vazifasi ekanini qayd etdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍132
Ayollar huquqi - doim e’tiborda

Adliya vazirligining "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi tomonidan Yangihayot tumanida ayollar huquqlari bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda xotin-qizlar, shu jumjadan ta'lim va tibbiyot xodimlari uchun joriy etilgan imtiyozlar, ularning mehnat huquqlari hamda ular uchun qonunchilikdagi so'nggi yangiliklar yuzasidan ma'lumotlar hamda qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi .

Mazkur targ'ibot tadbirlari aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda, ularni qonunchilikka oid yangiliklardan xabardor qilib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👍42😢1
#Adliya_xabari

🌍 Inklyuziv davlat xizmatlari va ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish yo‘lida

🇱🇻 Latviyada tashkil etilgan o‘quv dasturi doirasida Davlat xizmatlari markazlari huzuridagi Xotin-qizlar maslahat guruhlari ekspertlari gender tengligi, bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish hamda fuqarolarga yo‘naltirilgan xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdi.

🔹Dastur davomida Latviya Adliya vazirligida gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olish, jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari va ushbu yo‘nalishdagi huquqiy mexanizmlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.


🔹Shuningdek, bolalarni himoya qilish, inqiroz holatlarida psixologik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan yetakchi davlat va nodavlat tashkilotlar tajribasi o‘rganildi.

Olingan bilim va amaliy tajribalar O‘zbekistonda inklyuziv davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda Xotin-qizlar maslahat guruhlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

🤝 Mazkur o‘quv dasturi Yevropa Ittifoqi ko‘magida, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

❗️Yosh kadrlarga to'la adliya jamoasi 35 yillik muammoyimni sud orqali “yechib” berishdi”

Marg'ilonlik D.Ismatovaning O'zbekistonda yashayotganiga 35 yil bo'ldi. Uning 4 nafar farzandlari ham O'zbekistonda tug'ilgan.
 
-Fuqaroligim bo'lmaganligi bois, 35 yil davomida mavjud qonuniy talablarga asosan mamlakatdan tashqariga chiqmadim. Rahmatli qaynonam ham meni Tojikistonga ketib qolmasin deb, menga bu yerda barcha sharoitlarni yaratib berdi, ko'nglimga qarashdi. Xullas, meni bu mamlakatda juda yaxshi qabul qilishgan. Faqat bir armonim - qo'shnilarimga o'xshab men ham saylovlarda, referendumlarda qatnashishni orzu qilganman. Shukr, adliya vakillarining yordami bilan shu orzularim ushlanadigan bo'ldi, - deydi D. Ismoilova.

 Marg'ilon shahar adliya bo'limiga qilingan ushbu murojaat sud tartibida ijobiy hal etildi. D.Ismoilovaga fuqarolik beriladigan bo'ldi.

Davomi videolavhada...

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍32👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Farzandingiz dunyoga keldimi? Endi tug‘ilganlikni rasmiylashtirish uchun navbat kutish yoki ortiqcha vaqt sarflash shart emas.

📲 Adliya+ mobil ilovasi orqali bir necha daqiqada farzandingizning tug‘ilishini qayd ettirishingiz va tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini onlayn rasmiylashtirishingiz mumkin.

Shunchaki ilova App Store yoki Google playdan yuklab oling, ilovadan ro'yxatdan o'ting va "FHDY xizmatlari" bo'limiga kiring, “Tug‘ilishni qayd etish” xizmatini tanlang va kerakli ma’lumotlarni kiriting. Qolgan jarayonlar elektron tarzda amalga oshiriladi.

⚖️ Farzandingizning ilk huquqiy hujjati — tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish endi yanada oson!

Adliya+ — hayotingizdagi muhim voqealarni rasmiylashtirishda ishonchli yordamchi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
9🔥2