#Adliya_xabari
🎥 Jurnalist va blogerlar uchun media-trening boshlandi
📍Urganch shahrida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan 25 nafardan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirokida “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi ikki kunlik o‘quv treningiga start berildi.
📊 Trening davomida ishtirokchilar:
✅ sun’iy intellekt vositalaridan foydalanib kontent yaratish;
✅ raqamli hikoyachilik;
✅ mobil jurnalistika;
✅ faktcheking va feyk axborotlarni aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.
📌 Mazkur trening davlat xizmatlari sohasidagi islohotlar va raqamli transformatsiya jarayonlarini aholiga sodda, tushunarli va fuqaroga yo‘naltirilgan shaklda yetkazish bo‘yicha media vakillarining salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

🤝 Tadbir Yevropa Ittifoqi ko‘magida, BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.
📊 Trening davomida ishtirokchilar:
✅ sun’iy intellekt vositalaridan foydalanib kontent yaratish;
✅ raqamli hikoyachilik;
✅ mobil jurnalistika;
✅ faktcheking va feyk axborotlarni aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.
🤝 Trening Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etilib, media vakillarining davlat xizmatlari, raqamli transformatsiya va ochiq ma’lumotlar mavzularini sifatli yoritish bo‘yicha salohiyatini oshirishga qaratilgan.
📌 Mazkur trening davlat xizmatlari sohasidagi islohotlar va raqamli transformatsiya jarayonlarini aholiga sodda, tushunarli va fuqaroga yo‘naltirilgan shaklda yetkazish bo‘yicha media vakillarining salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
❤6👍4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
🌱 “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda
🔹Adliya organlari va muassasalarida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda.
🔹Mazkur tashabbus doirasida har oyning ikkinchi dushanba kuni hujjatlar almashinuvi va ish yuritish jarayonlarini to‘liq elektron shaklda tashkil etish, qog‘oz sarfini kamaytirish hamda ekologik madaniyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔹Ekoaksiya davomida xodimlar tomonidan elektron hujjat almashinuvi tizimlaridan samarali foydalanish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
📌 “Qog‘ozsiz bir kun” tashabbusi ekologiyani asrash, zamonaviy ish yuritish tizimini rivojlantirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.

❤3👍1👏1
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi vakillari Yevroosiyo fuqarolik holati aktlarini ro‘yxatga oluvchilar tarmog‘i yig‘ilishida ishtirok etdi
BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) va BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamkorligida joriy yilning 2-4 iyun kunlari Ulan-Bator shahrida Yevroosiyo fuqarolik holati aktlarini ro‘yxatga oluvchilar tarmog‘i yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: tarmoq yig‘ilishini o‘tkazishdan maqsad fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish sohasida Yevroosiyo mamlakatlarining eng yaxshi amaliyotlarini o‘rganish hisoblanadi.
Mazkur tarmoq yig‘ilishida Adliya vazirligi vakillari ham ishtirok etdi va ular tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi FHDY organlarining rivojlanish istiqbollari va yo‘nalishlari” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, Ulan-Bator shahrining 1-markaziy shifoxonasi va “Urgu” tug‘ruq uyida tug‘ilish va o‘limni qayd qilish jarayonlari hamda Mongoliya Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosh boshqarmasi, Fuqarolik hujjatlari arxivi faoliyati bilan tanishildi.
Shu bilan birga Yevroosiyo fuqarolik holati aktlarini ro‘yxatga oluvchilar tarmog‘ining a’zo davlatlari bilan fuqarolik holati aktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari hamda tarmoqning kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
Olingan bilim va amaliy tajribalar O‘zbekistonda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

❤2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adliya aralashuvi: Konimexda fuqarolarning 50 million so‘mdan ortiq ish haqlari va ustamalar undirib berildi
Har bir xodim mehnatiga yarasha rag‘batlantirilishi va haqini o‘z vaqtida olishi shart. Bu qonun talabi. Ammo, ba’zida xodimlarning mazkur huquqlari buzilishi holati ham kuzatilmoqda.
Ayni paytda adliya idoralari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qonunchiligiga oid targ‘ibot tadbirlari kengaytirilgan.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Har bir xodim mehnatiga yarasha rag‘batlantirilishi va haqini o‘z vaqtida olishi shart. Bu qonun talabi. Ammo, ba’zida xodimlarning mazkur huquqlari buzilishi holati ham kuzatilmoqda.
✔️ Elmurod To’xtamurodov
ana shunday vaziyat bilan yuzlashdi. U konimex tumanining olis hududlaridan biri “Boymurod” OFYdagi 34-son umumta’lim maktabida chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik rahbari sifatida faoliyat olib borib, tuman markazidan qatnaydi. Shu bois, Elmurod To’xtamurodovga Prezidentning PF- 6108-son farmoniga asosan, qo’shimcha to’lovlar amalga oshirilgan. Ammo vaziyat o‘zgardi, yuqori turuvchi tashkilot tomonidan unga nisbatan maxsus imtiyozlar bekor qilinib, to‘langan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilgan. Mazkur holat yuzasidan adliya bo‘limiga Elmurod To’xtamurodovdan tashqari boshqa arizachilar ham murojaat qoldirgan. Vaziyat adliya bo‘limi tomonidan qonuniy o‘rganilib, masala sud tartibida ijobiy hal etildi va fuqarolarga 40 milliondan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi.
✔️ Adliya bo’limi tomonidan tuman tibbiyot bo‘limida olib borilgan navbatdagi rejali o’rganishlarda hisob-kitoblardagi tushunmovchiliklar bilan bog‘liq yana bir vaziyat aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, 4 nafar hamshiraga ish staji uchun qo‘shiladigan ustama pullarini hisoblashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Amaldagi tartib normalari to‘liq inobatga olinmaganligi bois, xodimlarga jami 11 milliondan ortiq ustama mablag‘lari kam to‘langan. Tuman adliya bo‘limi vaziyatni huquqiy jihatdan tartibga solish maqsadida tibbiyot bo‘limiga tegishli taqdimnoma kiritib, zarur mablag’lar egalariga undirib berildi.
Ayni paytda adliya idoralari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qonunchiligiga oid targ‘ibot tadbirlari kengaytirilgan.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
#oyning_eng_yaxshi_xodimi
🔷Adliya vazirligi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasining Iqtisodiy qonunchilik bo‘limi boshlig‘i Abduraxmonov Umidjon G‘ayratjon o‘g‘li 2026-yilning may oyi uchun vazirlik tomonidan "Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi" deb topildi.
🔷Umidjon Abduraxmonov 2017-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.
🔷2025-yildan buyon Adliya vazirligi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Iqtisodiy qonunchilik bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
🔷 Umidjon Abduraxmonov tomonidan hisobot davrida xizmat faoliyatim doirasida 40 dan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlandi. Jumladan, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, bandlik, korrupsiyaga qarshi kurashish, issiqlik ta’minoti, tibbiy jihozlar, arxiv ishi, moliya bozori va bank faoliyatiga oid qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha huquqiy ekspertiza ishlari amalga oshirildi.
🔷Bundan tashqari, amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Adliya vazirining tegishli buyruqlari ishlab chiqilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ommaviy axborot vositalariga intervyular berildi.
🔷 Vazirlik jamoasi Umidjon Abduraxmonovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

▪️Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2020-yilda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
▪️2021-2023-yillarda Adliya vazirligi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi, bosh maslahatchisi;
▪️2023-2025 yillarda Adliya vazirligi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Iqtisodiy va ijtimoiy qonunchilik bo‘limining bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
🔷2025-yildan buyon Adliya vazirligi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Iqtisodiy qonunchilik bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
🔷 Umidjon Abduraxmonov tomonidan hisobot davrida xizmat faoliyatim doirasida 40 dan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlandi. Jumladan, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, bandlik, korrupsiyaga qarshi kurashish, issiqlik ta’minoti, tibbiy jihozlar, arxiv ishi, moliya bozori va bank faoliyatiga oid qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha huquqiy ekspertiza ishlari amalga oshirildi.
🔷Bundan tashqari, amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Adliya vazirining tegishli buyruqlari ishlab chiqilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ommaviy axborot vositalariga intervyular berildi.
🔷 Vazirlik jamoasi Umidjon Abduraxmonovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍16❤5🔥5👏1
#oyning_eng_yaxshi_xodimi
✅Adliya vazirligi Intellektual mulkni ro‘yxatga olish va rivojlantirish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Shayusupova Shoxida Erkinovna joriy yilning may oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.
🔷Shoxida Shayusupova Adliya vazirligida o'z mehnat faoliyatini 2022-yilda boshlab, bugungi kunga qadar EHM uchun dasturlar, ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazish hamda Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro'yxatdan o'tkazish kabi murakkab va muhim texnik yo‘nalishlarda samarali faoliyat olib bormoqda.
🔶Jumladan, shu kunga qadar 14349 ta EHM uchun dastur hamda 524 ta Ma’lumotlar bazasini ro'yxatdan o'tkazib, davlat reyestriga kiritdi. Shuningdek, intellektual mulkning rasmiy ro'yxatdan o'tkazilgan obyektlari to'g'risidagi ma'lumotlar bazasini shakllantirishda o'z hissasini qo'shib kelmoqda.
🔷Faoliyati davomida fidokorona mehnati, intizomi va tashabbuskorligi bilan, hujjatlarning sifati va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlashda ham yuqori mas’uliyat va fidoyilik namunasini ko‘rsatmoqda.
🔶Vazirlik jamoasi Shoxida Erkinovnani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

🔥10👏5👍4❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot_xizmati
Tashkilotlar mas'ullari uchun seminar tashkil etildi
Adliya vazirligi tashabbusi bilan Toshkent viloyatidagi yuridik xizmat ko'rsatish markazlari va ular tomonidan xizmat ko'rsatilayotgan tashkilotlar mas'ul xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda "E-huquqshunos" elektron tizimiga joriy etilgan eng so'nggi innovatsion funksiyalar va ulardan foydalanish tartibi bo'yicha mutaxassislar tomonidan zarur ma'lumotlar berildi.
Tashkilotlar mas'ul xodimlari tizimda yaratilayotgan yangi funksiyalar ularning ish vaqtini optimallashtirish bilan bir qatorda byurokratik to'siqlar va qog'oz sarfining oldini olayotganligini alohida ta'kidladilar.
Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.

🔥2❤1👍1