Dastur davomida siz:✅ Xalqaro huquqiy konsalting bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni o‘rganasiz✅ Sun’iy intellekt va yangi texnologiyalar bilan bog‘liq huquqiy risklarni boshqarishni o‘zlashtirasiz✅ Xalqaro shartnomalar ishlab chiqish va risklarni taqsimlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz✅ Strategik muzokaralar olib borish sirlarini o‘rganasiz✅ Komplayens va sanksiyalar bilan ishlash bo‘yicha xalqaro tajribani olasiz✅ Xalqaro nizolarni hal qilish va manfaatlarni himoya qilish strategiyalarini egallaysiz
🎓 Dastur yakunida sizga xalqaro sertifikati taqdim etiladi.
📚 Dastur formati:
• 1-hafta — onlayn intensiv ta’lim
• 2-hafta — xorijiy mamlakatda amaliyot
♻️ Ta'lim tili: Ingliz va Rus tillarda
💼 Kimlar uchun?
✔️ Advokatlar
✔️ Korporativ yuristlar
✔️ Davlat tashkilotlari yuristlari
✔️ Yuridik kompaniya xodimlari
✔️ Huquqshunos olimlar va tadqiqotchilar
✔️ Xalqaro faoliyatga chiqishni rejalashtirayotgan yuristlar
✔️ Yuridik va boshqa soha vakillari
💰 Dastur narxi: 3600 CHF
Narx tarkibiga:
✈️ Aviachiptalar
🏨 4 yulduzli mehmonxona
🍽 Ovqatlanish harajatlari
📚 Barcha o‘quv mashgʻulotlari
🚍 Tashriflar va ekskursiyalar kiritilgan.
⚡️ Kelajak yuristlari xalqaro maydonda ishlaydi. Siz esa bugundan ushbu darajaga tayyorlanishingiz mumkin. Joylar soni cheklangan!
📩 Hoziroq murojaat qiling va xalqaro yuridik hamjamiyatning bir qismiga aylaning.
📞 +998 55 518-47-77
+998 55 518-57-77 (709)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#Adliya_aralashgach
⚖️ Yosh onaning mehnat huquqi adliya aralashuvi bilan tiklandi
🔹Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yuritgan D.G' bola parvarishlash ta’tilidan so‘ng o‘z ish joyiga qaytish masalasida muammoga duch kelib, adliya organlariga murojaat qildi.
🔹Murojaatni o‘rganish davomida fuqaroga farzandi 2 yoshga to‘lgunga qadar ish joyi va lavozimi saqlangan holda bola parvarishlash ta’tili berilgani, biroq uning mehnat huquqlari to‘liq ta’minlanmagani aniqlandi.
🔹Holat yuzasidan Buvayda tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli tashkilotga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.
✅ Ko‘rilgan choralar natijasida qonun buzilishi holati bartaraf etilib, D.G‘. avvalgi ish joyiga tiklandi.
📌 Adliya organlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

👍5❤3🔥3👏1
#Adliya_aralashgach
⚖️ Adliya aralashuvi bilan 13 nafar o‘qituvchining 209,4 million so‘mlik ustama pullari undirib berildi
🔹Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumining bir guruh o‘qituvchilari o‘zlariga qonunchilikda belgilangan ustama pullari to‘lanmayotgani yuzasidan adliya organlariga murojaat qildi.
🔹Murojaat Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilganda, Prezidentning PQ–316-son qaroriga muvofiq 13 nafar o‘qituvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan 100 foizlik ustama pullari joriy yil boshidan buyon to‘lab berilmagani aniqlandi.
🔹Holat yuzasidan mas’ul tashkilotga taqdimnoma kiritilib, qonunbuzilishlarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
✅ Natijada 13 nafar o‘qituvchining jami 209 million 400 ming so‘m miqdoridagi ustama pullari undirib berildi.
📌 Adliya organlari fuqarolar va xodimlarning mehnat huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
👨🎓 Chortoqda yoshlar uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
📍Namangan viloyatining Chortoq tumanida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🔹Tadbirda adliya organlari, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
🔹Muloqot davomida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilikda belgilangan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, ishtirokchilarga yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, davlat dasturlari hamda huquqiy yordam olish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
📌 Bunday tadbirlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning faolligini oshirish hamda huquqiy himoyasini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

❤3👍2
#Adliya_xabari
🎓 Huquqshunos olimning 80 yillik yubileyi nishonlandi
📍Toshkent davlat yuridik universitetida taniqli huquqshunos olim, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist Baxtiyor Shamsutdinovich Mirbabayevning 80 yillik yubileyi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
🏅 Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni oʻqib eshittirilib, Baxtiyor Shamsutdinovich Mirbabayev "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi.
🔹Tadbirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud-huquq tizimi vakillari, huquqshunos olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
📚 Ta’kidlanganidek, Baxtiyor Mirbabayev ko‘p yillik faoliyati davomida ilm-fan, oliy ta’lim, davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimida samarali mehnat qilib, milliy huquqiy tizimni takomillashtirish, konstitutsiyaviy qonuniylikni mustahkamlash hamda malakali yuridik kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shgan.
👨🎓 Yubiley tadbiri yosh avlod uchun ham katta tarbiya maktabiga aylandi. Ustozning boy hayotiy va ilmiy tajribasi, fidokorona mehnati hamda vatanparvarlik fazilatlari yoshlarni yangi marralar sari ilhomlantirishi ta’kidlandi.
🤝 Tadbir yakunida yubilyar samimiy tabriklar va e’tirof uchun minnatdorlik bildirib, yoshlarni ilm-fan va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash har bir mutaxassisning muhim vazifasi ekanini qayd etdi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

🔹Tadbirda adliya vaziri A.Tashkulov so‘zga chiqib, Baxtiyor Mirbabayevning yurtimiz huquqshunoslik maktabini rivojlantirish, konstitutsiyaviy qonuniylikni mustahkamlash hamda yuridik kadrlar tayyorlashdagi beqiyos xizmatlarini alohida qayd etdi. Shuningdek, Adliya vazirligi jamoasi nomidan samimiy tabrik va ezgu tilaklarni yo‘lladi.
🔹Tadbirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud-huquq tizimi vakillari, huquqshunos olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
📚 Ta’kidlanganidek, Baxtiyor Mirbabayev ko‘p yillik faoliyati davomida ilm-fan, oliy ta’lim, davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimida samarali mehnat qilib, milliy huquqiy tizimni takomillashtirish, konstitutsiyaviy qonuniylikni mustahkamlash hamda malakali yuridik kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shgan.
👨🎓 Yubiley tadbiri yosh avlod uchun ham katta tarbiya maktabiga aylandi. Ustozning boy hayotiy va ilmiy tajribasi, fidokorona mehnati hamda vatanparvarlik fazilatlari yoshlarni yangi marralar sari ilhomlantirishi ta’kidlandi.
🤝 Tadbir yakunida yubilyar samimiy tabriklar va e’tirof uchun minnatdorlik bildirib, yoshlarni ilm-fan va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash har bir mutaxassisning muhim vazifasi ekanini qayd etdi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍13❤2
Ayollar huquqi - doim e’tiborda
Adliya vazirligining "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi tomonidan Yangihayot tumanida ayollar huquqlari bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda xotin-qizlar, shu jumjadan ta'lim va tibbiyot xodimlari uchun joriy etilgan imtiyozlar, ularning mehnat huquqlari hamda ular uchun qonunchilikdagi so'nggi yangiliklar yuzasidan ma'lumotlar hamda qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi .
Mazkur targ'ibot tadbirlari aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda, ularni qonunchilikka oid yangiliklardan xabardor qilib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👍4❤2😢1
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari 🎓 Huquqshunos olimning 80 yillik yubileyi nishonlandi 📍Toshkent davlat yuridik universitetida taniqli huquqshunos olim, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist Baxtiyor Shamsutdinovich Mirbabayevning 80 yillik yubileyi munosabati…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤18
#Adliya_xabari
🌍 Inklyuziv davlat xizmatlari va ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish yo‘lida
🇱🇻 Latviyada tashkil etilgan o‘quv dasturi doirasida Davlat xizmatlari markazlari huzuridagi Xotin-qizlar maslahat guruhlari ekspertlari gender tengligi, bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish hamda fuqarolarga yo‘naltirilgan xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdi.
🔹Shuningdek, bolalarni himoya qilish, inqiroz holatlarida psixologik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan yetakchi davlat va nodavlat tashkilotlar tajribasi o‘rganildi.
✅ Olingan bilim va amaliy tajribalar O‘zbekistonda inklyuziv davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda Xotin-qizlar maslahat guruhlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🌍 Inklyuziv davlat xizmatlari va ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish yo‘lida
🇱🇻 Latviyada tashkil etilgan o‘quv dasturi doirasida Davlat xizmatlari markazlari huzuridagi Xotin-qizlar maslahat guruhlari ekspertlari gender tengligi, bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish hamda fuqarolarga yo‘naltirilgan xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdi.
🔹Dastur davomida Latviya Adliya vazirligida gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olish, jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari va ushbu yo‘nalishdagi huquqiy mexanizmlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
🔹Shuningdek, bolalarni himoya qilish, inqiroz holatlarida psixologik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan yetakchi davlat va nodavlat tashkilotlar tajribasi o‘rganildi.
✅ Olingan bilim va amaliy tajribalar O‘zbekistonda inklyuziv davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda Xotin-qizlar maslahat guruhlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
🤝 Mazkur o‘quv dasturi Yevropa Ittifoqi ko‘magida, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

❤4👍3