Forwarded from “O‘ZARXIV” AGENTLIGI
“O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Joriy yilning 4-iyun kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Ramadan” hamda “Kiyikchi” mahallasidan biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda har bir yoshning ma’lumoti, amaliy ko‘nikmalari hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga oid maqsadlari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, ularning ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolari batafsil o‘rganildi.
Tahlillar asosida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish, malaka oshirish kurslariga jalb etish hamda manzilli amaliy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.
Belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube

❤4
#Adliya_aralashgach
👩🍼 Yosh onaning qonuniy huquqi adliya aralashuvi bilan tiklandi
🔹Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahridagi umumta’lim maktablaridan birida faoliyat yurituvchi fuqaro homiladorlik va tug‘ruq ta’tiliga chiqqan bo‘lsa-da, unga to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqa mablag‘lari o‘z vaqtida berilmagani sababli adliya organlariga murojaat qildi.
🔹Murojaat adliya organlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotga taqdimnoma kiritildi.
✅ Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro foydasiga 26 million 100 ming so‘m miqdoridagi homiladorlik va tug‘ruq nafaqasi undirilishi ta’minlandi.
⚖️ Shu tariqa, yosh onaning qonun bilan kafolatlangan huquqi tiklanib, murojaati ijobiy hal etildi.
📌 Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

❤6👍3🔥2
#Intellektual_mulk
✅ Adliya vazirligi tomonidan “ANDIJON DEVZIRA OSHI” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
✅Andijon devzira oshi asrlar davomida shakllangan oshpazlik an’analari, o‘ziga xos tayyorlanish usuli va noyob ta’mi bilan ajralib turadigan milliy taom hisoblanadi. Ushbu osh turi asosan Farg‘ona vodiysida yetishtiriladigan mashhur devzira guruchi asosida tayyorlanadi.
✅Devzira guruchi o‘zining qizg‘ish tusli, zich va sifatli donalari bilan ajralib turib, oshga betakror ta’m, xushbo‘ylik hamda dona-dona ko‘rinish bag‘ishlaydi.
✅ Geografik ko‘rsatkich maqomining berilishi “Andijon devzira oshi” nomi va uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qilish, mahsulotning o‘ziga xosligini saqlab qolish hamda uning sifat kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌍 Mazkur maqom Andijon viloyatining gastronomik salohiyatini namoyon etish, milliy brendlarni rivojlantirish, turizmni qo‘llab-quvvatlash va o‘zbek oshpazlik madaniyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Andijon devzira oshi — nafaqat milliy taom, balki xalqimizning mehmondo‘stligi, qadriyatlari va boy madaniy merosining yorqin timsolidir.
📌 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum hudud bilan bog‘liqligini hamda uning sifati va obro‘-e’tibori aynan shu hududning tabiiy va ijtimoiy omillari bilan chambarchas bog‘liq ekanligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤2👍2
Forwarded from Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi - Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1
#Intellektual_mulk
❕ Intellektual mulk huquqlarini buzish holatiga chek qo‘yildi!
✅ Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.
✅ Xususan, Adliya vazirligi tomonidan fuqaro N. Fayzullayevga tegishli “Darco Plus” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari YTT “G.O.” tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.
✅ O‘tkazilgan tekshiruv natijasida YTT “G.O.” tomonidan “Darco Plus” tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holatlari mavjudligi aniqlandi.
✅ Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan YTT “G.O.” rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.
✅ Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4🔥3👏1
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Ayni daqiqalarda Toshkent davlat yuridik universitetida taniqli huquqshunos olim, professor Baxtiyor Shamsutdinovich Mirboboyevning 80 yillik yubileyi munosabati bilan davlat mukofotini topshirish marosimiga bag‘ishlangan “Ibrat maktabi” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
❤2
#qonunchilikdagi_yangiliklar
💊 Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar belgilandi
📌 Adliya vazirligida Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 3848, 2026-yil 4-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
🔬 Xususan, dori vositasini ishlab chiqarishda hayvon xomashyosidan olingan moddalar qoʻllanilgan hollarda, ularning tarkibida prionlar mavjudligi yoki mavjud emasligi hujjatlarda aniq koʻrsatilishi lozim.
📄 Shuningdek, dori vositasini tibbiyotda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga xalqaro talablarga mos, reklama xususiyatiga ega boʻlmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritishga ruxsat etiladi.
🧬 Bundan tashqari, dori vositasining genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) saqlashi yoki ulardan olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham majburiy tartibda koʻrsatiladi.
📝 Bunda genetik modifikatsiya turi va manbasi, qoʻllanilgan genetik konstruksiya va ekspressiya tizimi, biologik va ekologik xavfsizlik choralari, ishlab chiqarish jarayonida GMOdan olingan moddalar qoʻllanilgan bosqichlar hamda genetik xavfsizlikka oid hujjatlar haqida maʼlumotlar taqdim etiladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
💊 Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar belgilandi
📌 Adliya vazirligida Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 3848, 2026-yil 4-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
📋 Mazkur hujjatga asosan Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini Inson uchun qoʻllaniladigan dori vositalariga qoʻyiladigan texnik talablarni uygʻunlashtirish boʻyicha xalqaro kengash (ICH) talablari asosida taqdim etish belgilangan.
🔬 Xususan, dori vositasini ishlab chiqarishda hayvon xomashyosidan olingan moddalar qoʻllanilgan hollarda, ularning tarkibida prionlar mavjudligi yoki mavjud emasligi hujjatlarda aniq koʻrsatilishi lozim.
📄 Shuningdek, dori vositasini tibbiyotda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga xalqaro talablarga mos, reklama xususiyatiga ega boʻlmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritishga ruxsat etiladi.
🧬 Bundan tashqari, dori vositasining genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) saqlashi yoki ulardan olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham majburiy tartibda koʻrsatiladi.
📝 Bunda genetik modifikatsiya turi va manbasi, qoʻllanilgan genetik konstruksiya va ekspressiya tizimi, biologik va ekologik xavfsizlik choralari, ishlab chiqarish jarayonida GMOdan olingan moddalar qoʻllanilgan bosqichlar hamda genetik xavfsizlikka oid hujjatlar haqida maʼlumotlar taqdim etiladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
❤2
#qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqlikni aniqlash xizmatlari uchun to‘lov miqdorlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
🔗 Adliya vazirligida Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar miqdorini aniqlash tartibi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3847, 2026-yil 4-iyun).
📌 Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 788-son qarorida farmatsevtik inspeksiyalarni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarga haq to‘lash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilangan.
🖥 Idoraviy hujjat bilan esa aynan ushbu turdagi to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibi belgilab berildi.
⌛ Hujjatga ko‘ra, to‘lovlar farmatsevtik inspeksiya o‘tkazish uchun mehnat vaqti normasi (soatlarda) va dori vositalari koeffitsiyentidan iborat bo‘ladi.
🔖 Hujjatni qayta ishlash jarayonida manfaatdor idoralar bilan kelishish hamda ko‘plab muhokamalar natijasida to‘lovlar miqdorlari amaldagisidan sezilarli darajada kamaytirildi.
➡️ Masalan, ayrim to‘lovlar mahalliy korxonalar uchun 38 mln so‘mgacha, xorijiy korxonalar uchun 103 mln so‘mgacha arzonlashdi.
✔️ Misol uchun:
· Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP) bo‘yicha – 15 foizga;
· Zarur klinika amaliyoti (GCP) bo‘yicha 27 foizga;
· Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP) bo‘yicha 38 foizga;
· Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) bo‘yicha 33 foizga arzonlashdi.
✅ Shuningdek, inspeksiya nazorati (davriy) uchun to‘lovlar farmatsevtik inspeksiya uchun belgilangan to‘lovlarning uchdan bir qismi miqdorida to‘lanishi belgilandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
· Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP) bo‘yicha – 15 foizga;
· Zarur klinika amaliyoti (GCP) bo‘yicha 27 foizga;
· Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP) bo‘yicha 38 foizga;
· Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) bo‘yicha 33 foizga arzonlashdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
📚 V.Sinelnikov asarining kontrafakt nusxalarini sotgan tadbirkordan 10 mln so‘m tovon undiriladi.
🔹 Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan muallif V.Sinelnikovning “Stressdan emlanish” kitobining kontrafakt nusxalari sotilishi bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqildi.
Ma'lumot uchun: hozirda ushbu asarning O'zbekistonda nashr etish va sotish huquqi shartnoma asosida "BUKHARA BOOKS PRINT" MChJga tegishli hisoblanadi.
🔹 Sud qaroriga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkor A.X.dan nashr huquqini shartnoma asosida olgan "BUKHARA BOOKS PRINT" MChJ foydasiga 10 mln so‘m miqdorida tovon undirilishi belgilandi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔹 Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan muallif V.Sinelnikovning “Stressdan emlanish” kitobining kontrafakt nusxalari sotilishi bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqildi.
Ma'lumot uchun: hozirda ushbu asarning O'zbekistonda nashr etish va sotish huquqi shartnoma asosida "BUKHARA BOOKS PRINT" MChJga tegishli hisoblanadi.
🔹 Sud qaroriga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkor A.X.dan nashr huquqini shartnoma asosida olgan "BUKHARA BOOKS PRINT" MChJ foydasiga 10 mln so‘m miqdorida tovon undirilishi belgilandi.
‼️ Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq muallif yoki boshqa huquq egasi o‘z huquqlari buzilgan taqdirda, yetkazilgan zararni qoplash o‘rniga huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon undirishni talab qilishga haqli.