ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷 Koreyada huquq sohasini raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi

🔹Koreya Respublikasining 2025/2026-yillarga mo‘ljallangan KSP (Knowledge Sharing Program) dasturi doirasida joriy yilning 17–23-may kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasida xizmat safari amalga oshirildi.

🔹Dastur davomida Koreyaning qonunchilik tizimi, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularga o‘zgartirish kiritishda raqamli texnologiyalardan foydalanish amaliyoti, huquqiy axborotni aholiga yetkazishning zamonaviy mexanizmlari hamda ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

🔹Xizmat safari doirasida delegatsiya a’zolari Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi, Konstitutsiyaviy sudi, Hukumat qonunchiligi vazirligi, Koreya huquqiy axborot markazi hamda huquq sohasida dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi IT kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

🔹Dastur doirasida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamda Koreya huquqiy axborot markazi o‘rtasida huquqiy axborotdan foydalanish va uni tarqatish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi imzolandi.

🔹Shuningdek, huquq sohasini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

📌 Koreyalik mutaxassislar mazkur uchrashuvlar o‘zaro manfaatli bo‘lganini, kelgusida huquq sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👏2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tahlilnoma
#OAV_biz_haqimizda

Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvi sifatini oshirishda yangi bosqichni boshlab berdi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1🔥1
#Adliya_xabari

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi

🔹Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat sudida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF–78-son Farmoni hamda PQ–172-son qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan gibrid shakldagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

🔹Unda viloyat sudi vakillari hamda tuman-shahar adliya bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdi.


🔹Seminar davomida “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunning amaliyotdagi ahamiyati, jismoniy shaxslarni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish asoslari, kreditorlar talablari hamda soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv jarayonlarida joriy soliq to‘lovlarini amalga oshirish, mazkur tartib-taomillarni sud ajrimi asosida vaqtincha to‘xtatib turish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📌 Seminar ishtirokchilariga yangi qonunchilik hujjatlarini amaliyotda samarali qo‘llash yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1👏1
📢 Diqqat!

Murojaatlar, xususan huquqiy masalalar hamda davlat xizmatlari yuzasidan savol va takliflaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

📞 Ishonch telefoni: 1008
📞 Telefon: +998 71 207-04-43
🌐 Veb-sayt:
https://gov.uz/adliya
📧 Elektron pochta:
info@adliya.uz
📢 Davlat xizmatlari masalalari bo‘yicha Call-markaz: 1148
📍 Manzil: 100047, Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5


💬Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham murojaat yuborishingiz mumkin.

❗️ Har bir murojaat e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi. Sizning faolligingiz qonuniylik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Rasmiy veb-sayt: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Yoshlar_oyligi
#Tashabbuslar_marafoni

🚀 Yoshlarimizning yangi tashabbus va g‘oyalari uchun navbatdagi katta maydon

🔹Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda “Tashabbuslar marafoni”ga start berilmoqda.

🔹Marafon doirasida tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik, xorijiy tillarni ommalashtirish, madaniyat va san’at, sun’iy intellekt hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etiladi.

🔹Mazkur loyiha yangi g‘oya va tashabbuslarga ega yoshlar uchun kreativ muloqot maydoni bo‘lib, unda yangi do‘stlar orttirish, kuchli jamoalar bilan ishlash hamda tajribali mutaxassis va ijodkorlar bilan yaqindan muloqot qilish imkoniyati yaratiladi.

🔹Marafon yurtimizning so‘lim maskanlari, istirohat bog‘lari va diqqatga sazovor hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📌 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

👉 yoshlar.gov.uz/marathon

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥3👍2👏2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_bandligi

❗️Yoshlar bandligini ta’minlash — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Bitiruvchi yoshlar – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida bitiruvchi talabalar hamda ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

📌 Tadbir yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga samarali yo‘naltirish hamda bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkazildi.

⚖️ Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev ishtirok etib, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning huquqiy ongi va faolligini oshirish hamda munosib ish bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ma’ruza qildi.

📖 Shuningdek, mamlakatimizda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi doirasidagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritildi.

🤝 Tadbir davomida vazirlik va idoralar, turli tashkilot hamda korxonalar vakillari tomonidan talabalarga mavjud vakant ish o‘rinlari, amaliyot va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍41