ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

🔴 Yashnobod tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi doirasida adliya vaziri A.Tashkulov ishtirokida Yashnobod tumanidagi 152-son umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb tanlashi, kelajakda o‘z o‘rnini topishi hamda huquqiy bilimlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, yoshlarning tashabbuslari, orzu-maqsadlari va kelajak rejalari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

🔹Tadbir doirasida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Huquqiy zakovat” hamda “Quiz” intellektual o‘yinlari g‘oliblari rag‘batlantirildi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni Vatanga sadoqat va yuksak maqsadlar sari ruhlantirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍42🔥2
#Adliya_va_yoshlar
#ResearchSchool

🔴 Adliya vazirligida “Research School” ilmiy-o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

🔹Bugun Adliya vazirligi Yoshlar kengashi tomonidan “Adliya yoshlari uchun Research School: ilmiy faoliyatni tashkil etish strategiyalari” mavzusida ilmiy-o‘quv seminari tashkil etildi.

🔹Mazkur seminar adliya tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish hamda tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazildi.

🔹Tadbirda Adliya vazirligi markaziy apparati hamda ZOOM platformasi orqali hududiy adliya organlari va muassasalarining 150 nafarga yaqin yoshlari ishtirok etdi.

🔹Seminar davomida ishtirokchilarga ilmiy izlanishni boshlash, tadqiqot mavzusini to‘g‘ri tanlash, ilmiy faoliyatni tizimli yo‘lga qo‘yish, ilmiy maqolalarda uchraydigan xatolardan qochish hamda ilmiy faoliyatni professional rivojlanish strategiyasiga aylantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

👩‍🏫 Seminar TDYU Huquq, jamiyat va madaniyat sho‘basi professor v.b., pedagogika fanlari doktori Allayarova Soliha Narzulloyevna tomonidan olib borildi.

🔹Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

📌 Mazkur seminar yoshlarning ilmiy-tahliliy fikrlashini rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍43🔥2👏1
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

🔴 Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba “Yoshlar kuni” tadbiri o‘tkazilishi doirasida Yashnobod tumanida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Unda adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif, tashabbus va murojaatlarini tingladi.

🔹Muloqot davomida yoshlarning zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni egallashi, munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

🔹Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

📌 Tadbir yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va kelajakdagi maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍54🙏1
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

🔴 Xivada yosh xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi doirasida Xiva tumanidagi 12-son umumta’lim maktabida yosh xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, yoshlarning qiziqishlari, taklif va tashabbuslari tinglandi.

🔹Muloqot davomida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish jarayonidagi shart-sharoitlar, qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔹Shuningdek, yoshlarning orzu-maqsadlari va kelajak rejalari muhokama qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

📌 Bunday uchrashuvlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda kundalik hayotda uchrayotgan huquqiy muammolarini hal etishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3