ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan hamkorlikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Avval xabar berilganidek, 19–20 may kunlari Adliya vazirligida Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan hamkorlikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqishga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.


Xususan, Germaniyaning ma’muriy huquqbuzarlik sohasidagi ilg‘or tajribasi, huquqni qo‘llash amaliyoti va ma’muriy javobgarlikni tartibga solishning samarali mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Germaniya sud-huquq tizimida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan xalqaro ekspert Volfgang Zivert tomonidan Germaniya ma’muriy javobgarlik huquqining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, ma’muriy va jinoiy javobgarlik o‘rtasida chegaralarni belgilash, ma’muriy organlar va sudlar o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash va sud nazoratining samarali mexanizmlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.


Bundan tashqari, Germaniya va O‘zbekistonda ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish jarayonlari amaliyotdagi aniq keyslar misolida muhokama qilindi, shuningdek, Germaniyada ma’muriy javobgarlik tizimida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning javobgarligi, ma’muriy organlar tomonidan ishlarni mutanosiblik prinsipi asosida ko‘rib chiqish masalalari hamda ma’muriy ish yuritishni raqamlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlash joizki, seminar doirasida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasining (IRZ) O‘zbekistondagi loyihalari rahbari F.Hupfeld bilan muloqot o‘tkazdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg'armasi (IRZ) o‘rtasida 2026-yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Seminar yakunida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
7
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

🔴 Toshkent viloyatida O‘zbekiston milliy stajirovka tashabbusi ishtirokchilari uchun intensiv trening boshlandi

🔹Bugun Toshkent viloyatida O‘zbekiston milliy stajirovka tashabbusi ishtirokchilari bo‘lgan 42 nafar talaba va magistrantlar uchun uch kunlik intensiv trening dasturi boshlandi.

🔹Dastur yoshlarni inklyuziv, genderga sezgir va fuqarolarga yo‘naltirilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha amaliy kommunikatsiya ko‘nikmalari bilan ta’minlashga qaratilgan.

🔹Trening davomida ishtirokchilar rolli o‘yinlar, simulyatsiyalar va amaliy mashg‘ulotlar orqali faol tinglash, hurmat asosidagi muloqot hamda raqamli savodxonlik bo‘yicha qiyinchiliklarga duch kelayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.

Mazkur trening Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.


📌 O‘zbekistonda raqamli davlat xizmatlari kengayib borayotgan bir paytda, fuqarolarga insoniy yondashuv asosida xizmat ko‘rsatish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6
#Adliya_xabari

❗️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va qonuniyligini ta’minlash — ustuvor vazifa

Farg'ona viloyati adliya boshqarmasining Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi tomonidan davlat tashkilotlari, xususan, aholiga eng ko‘p xizmat ko‘rsatuvchi kommunal soha idoralari mas’ullari ishtirokida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonun buzilishi holatlarining barvaqt oldini olish, sohaga oid ma’muriy reglament talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash hamda tizimda yagona amaliyotni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan arizalarni ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilayotgan asosiy xato va kamchiliklar, muddati o‘tgan murojaatlar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralariga alohida to‘xtalib, mazkur sohadagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi to‘g‘risida eslatib o‘tildi.

Mazkur seminar-trening davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimida “byurokratiyadan xoli xizmat” tamoyilini mustahkamlashga hamda fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.
👍64🔥1👏1