#Adliya_va_yoshlar
#ResearchSchool
⚖️ Adliya vazirligi Yoshlar kengashi aynan siz uchun “Adliya yoshlari uchun Research School: ilmiy faoliyatni tashkil etish strategiyalari” mavzusida ilmiy-o‘quv seminarini tashkil etadi!
🎓 Seminar davomida siz:
✅ ilmiy izlanishni qanday boshlash;
✅ mavzuni to‘g‘ri tanlash;
✅ tadqiqotni tizimli tashkil etish;
✅ ilmiy maqola va izlanishlarda uchraydigan xatolardan qochish;
✅ ilmiy faoliyatni shaxsiy rivojlanish strategiyasiga aylantirish bo‘yicha foydali bilimlarga ega bo‘lasiz.
👩🏫 Seminar spikeri — TDYU Huquq, jamiyat va madaniyat sho‘basi professor v.b., pedagogika fanlari doktori Allayarova Soliha Narzulloyevna.
📅 21-may
⏰ Soat: 10:00
📍 Manzil: Adliya vazirligi binosi hamda "ZOOM" platformasi orqali
🚀 Ilmiy faoliyat — bu nafaqat maqola yozish, balki o‘z ustingizda ishlash, tahliliy fikrlash va professional rivojlanish sari muhim qadamdir!
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
#ResearchSchool
Ilmiy faoliyatni nimadan boshlashni bilmayapsizmi?
Yoki tadqiqot qilishni xohlaysiz-u, ammo qayerdan boshlash kerakligini o‘ylayapsizmi?
⚖️ Adliya vazirligi Yoshlar kengashi aynan siz uchun “Adliya yoshlari uchun Research School: ilmiy faoliyatni tashkil etish strategiyalari” mavzusida ilmiy-o‘quv seminarini tashkil etadi!
👩🏫 Seminar spikeri — TDYU Huquq, jamiyat va madaniyat sho‘basi professor v.b., pedagogika fanlari doktori Allayarova Soliha Narzulloyevna.
📅 21-may
❗️ Kelajagini ilm bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan barcha yosh xodimlarni kutamiz!
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3🔥3👏1
#Adliya_va_yoshlar
#ResearchSchool
🔴 Adliya vazirligida “Research School” ilmiy-o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
🔹Bugun Adliya vazirligi Yoshlar kengashi tomonidan “Adliya yoshlari uchun Research School: ilmiy faoliyatni tashkil etish strategiyalari” mavzusida ilmiy-o‘quv seminari tashkil etildi.
🔹Mazkur seminar adliya tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish hamda tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazildi.
🔹Tadbirda Adliya vazirligi markaziy apparati hamda ZOOM platformasi orqali hududiy adliya organlari va muassasalarining 150 nafarga yaqin yoshlari ishtirok etdi.
🔹Seminar davomida ishtirokchilarga ilmiy izlanishni boshlash, tadqiqot mavzusini to‘g‘ri tanlash, ilmiy faoliyatni tizimli yo‘lga qo‘yish, ilmiy maqolalarda uchraydigan xatolardan qochish hamda ilmiy faoliyatni professional rivojlanish strategiyasiga aylantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
👩🏫 Seminar TDYU Huquq, jamiyat va madaniyat sho‘basi professor v.b., pedagogika fanlari doktori Allayarova Soliha Narzulloyevna tomonidan olib borildi.
🔹Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
📌 Mazkur seminar yoshlarning ilmiy-tahliliy fikrlashini rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

👍4❤3🔥2👏1