ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va qonuniyligini ta’minlash — ustuvor vazifa

Farg'ona viloyati adliya boshqarmasining Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi tomonidan davlat tashkilotlari, xususan, aholiga eng ko‘p xizmat ko‘rsatuvchi kommunal soha idoralari mas’ullari ishtirokida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonun buzilishi holatlarining barvaqt oldini olish, sohaga oid ma’muriy reglament talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash hamda tizimda yagona amaliyotni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan arizalarni ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilayotgan asosiy xato va kamchiliklar, muddati o‘tgan murojaatlar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralariga alohida to‘xtalib, mazkur sohadagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi to‘g‘risida eslatib o‘tildi.

Mazkur seminar-trening davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimida “byurokratiyadan xoli xizmat” tamoyilini mustahkamlashga hamda fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.
👍64🔥1👏1
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

🔴 Yashnobod tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi doirasida adliya vaziri A.Tashkulov ishtirokida Yashnobod tumanidagi 152-son umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb tanlashi, kelajakda o‘z o‘rnini topishi hamda huquqiy bilimlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, yoshlarning tashabbuslari, orzu-maqsadlari va kelajak rejalari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

🔹Tadbir doirasida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Huquqiy zakovat” hamda “Quiz” intellektual o‘yinlari g‘oliblari rag‘batlantirildi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni Vatanga sadoqat va yuksak maqsadlar sari ruhlantirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍42🔥2
#Adliya_va_yoshlar
#ResearchSchool

🔴 Adliya vazirligida “Research School” ilmiy-o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

🔹Bugun Adliya vazirligi Yoshlar kengashi tomonidan “Adliya yoshlari uchun Research School: ilmiy faoliyatni tashkil etish strategiyalari” mavzusida ilmiy-o‘quv seminari tashkil etildi.

🔹Mazkur seminar adliya tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish hamda tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazildi.

🔹Tadbirda Adliya vazirligi markaziy apparati hamda ZOOM platformasi orqali hududiy adliya organlari va muassasalarining 150 nafarga yaqin yoshlari ishtirok etdi.

🔹Seminar davomida ishtirokchilarga ilmiy izlanishni boshlash, tadqiqot mavzusini to‘g‘ri tanlash, ilmiy faoliyatni tizimli yo‘lga qo‘yish, ilmiy maqolalarda uchraydigan xatolardan qochish hamda ilmiy faoliyatni professional rivojlanish strategiyasiga aylantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

👩‍🏫 Seminar TDYU Huquq, jamiyat va madaniyat sho‘basi professor v.b., pedagogika fanlari doktori Allayarova Soliha Narzulloyevna tomonidan olib borildi.

🔹Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

📌 Mazkur seminar yoshlarning ilmiy-tahliliy fikrlashini rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍43🔥2👏1