ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#sport

Adliya vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Adliya vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etildi

🔹Musobaqa xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.

🔹Bellashuvlar davomida jamoalar o‘zaro murosasiz va qiziqarli bahslarda maydonga tushib, yuqori sport mahorati, jamoaviy birlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

🔹Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi.

🔸Natijalar:
1-o’rin. Davlat xizmatlarining ko’rsatilishini nazorat qilish boshqarmasi
2-o’rin. Adliya tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi
3-o’rin. Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi


📌 Mazkur sport tadbiri adliya organlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy ruhni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🔥4😢1
#Adliya_xabari

🔴 “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

🔹Joriy yilning 15–16-may kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” konvension markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔹Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–80-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 532-son qarori ijrosi doirasida Adliya vazirligi va Maktabgacha hamda maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

🔹Tanlovning respublika bosqichida hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 42 nafar huquq fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.

🔹Ishtirokchilar test sinovlari, huquqiy bilimlar bo‘yicha blits-savollar hamda taqdimot shartlari asosida o‘zaro bellashdilar.

🏆 “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari:

🥇 1-o‘rin — Qo‘chqorov Asliddin Imomovich
Navoiy viloyati Navoiy shahri 23-maktab

🥈 2-o‘rin — Sa’dullaeva Dilrabo Xayrullaevna
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 32-maktab

🥉 3-o‘rin — Xoliqov Hayotjon Rajabali o‘g‘li
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi xususiy maktab


🏅 “Eng yaxshi notiq” nominatsiyasi g‘oliblari:

Tilovov Suhrob To‘lqin o‘g‘li Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 65-maktab

Xoshimova Muxfira G‘afurjon qizi
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 1-maktab

🏅 “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyasi g‘oliblari:

Ochilov Tolib Ixtiyor o‘g‘li
Samarqand viloyati Ishtixon tumani 96-maktab

Yaxshimuratova Iroda Olimbayevna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani 40-maktab


🔹Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topilib, 1-o‘rin uchun 30 million, 2-o‘rin uchun 20 million hamda 3-o‘rin uchun 10 million so‘m pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

📌 Mazkur ko‘rik-tanlov huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👏85🔥3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Bir_murojaat_izidan

🔴 Namanganda murojaatlar ijrosi amalda

🔹Chust tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

🔹Mazkur jarayonlar davomida aholining huquqiy muammolarini bartaraf etish, murojaatlarga o‘z vaqtida va samarali yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📺 Ushbu jarayonlardan tayyorlangan maxsus lavha “ZO‘R TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3🔥1
#Adliya_va_yoshlar
#ResearchSchool

Ilmiy faoliyatni nimadan boshlashni bilmayapsizmi?
Yoki tadqiqot qilishni xohlaysiz-u, ammo qayerdan boshlash kerakligini o‘ylayapsizmi?


⚖️ Adliya vazirligi Yoshlar kengashi aynan siz uchun “Adliya yoshlari uchun Research School: ilmiy faoliyatni tashkil etish strategiyalari” mavzusida ilmiy-o‘quv seminarini tashkil etadi!

🎓 Seminar davomida siz:
ilmiy izlanishni qanday boshlash;
mavzuni to‘g‘ri tanlash;
tadqiqotni tizimli tashkil etish;
ilmiy maqola va izlanishlarda uchraydigan xatolardan qochish;
ilmiy faoliyatni shaxsiy rivojlanish strategiyasiga aylantirish bo‘yicha foydali bilimlarga ega bo‘lasiz.

👩‍🏫 Seminar spikeri — TDYU Huquq, jamiyat va madaniyat sho‘basi professor v.b., pedagogika fanlari doktori Allayarova Soliha Narzulloyevna.

📅 21-may
Soat: 10:00
📍 Manzil: Adliya vazirligi binosi hamda "ZOOM" platformasi orqali

🚀 Ilmiy faoliyat — bu nafaqat maqola yozish, balki o‘z ustingizda ishlash, tahliliy fikrlash va professional rivojlanish sari muhim qadamdir!

❗️Kelajagini ilm bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan barcha yosh xodimlarni kutamiz!


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥3👏1