ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Sayyor_qabul

🔴 Dehqonobodda sayyor qabul tashkil etildi

🔹Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Dehqonobod tumanining “Oqrabot” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Unda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.

🔹Sayyor qabul davomida davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, huquqiy muammolar hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, fuqarolarga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, notinch oilalar bilan ishlash va profilaktik suhbatlar o‘tkazish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔹Tadbir davomida 60 nafardan ortiq fuqaro qabul qilinib, 20 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 15 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar ish yurituviga olindi.
2
#Yoshlar_kuni

🔴 Namanganda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi doirasida Chust tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Tadbirda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi.

🔹Uchrashuv davomida adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan yangi xizmatlar, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

🔹Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb qilish, jinoyatchilikning oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Tadbir doirasida “Mehnat yarmarkasi”, yosh ixtirochilar ko‘rgazmasi va “Rasmlar tanlovi” tashkil etilib, yoshlarning iste’dod va tashabbuslarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratildi.

🔹Shuningdek, “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” nominatsiyasi g‘oliblariga “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari topshirildi.

📌 Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat va yurt ravnaqiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1
Forwarded from Huquqiy axborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Адлия_хабари

❗️Ҳуқуқ мактаби — юридик билимларни эгаллаш учун замонавий ва қулай мобил илова


⚡️Илова орқали экспертлар томонидан тайёрланган ўқув материалларидан фойдаланиш мумкин.

🔍 Нега айнан Ҳуқуқ мактабини танлашингиз керак?

🔹 Мураккаб ҳуқуқий масалалар содда тилда тушунтирилган;

🔹Мобил иловадан исталган вақтда ва жойда фойдаланиш имконияти мавжуд;

🔹 Муваффақиятли фойдаланувчилар махсус сертификат билан тақдирланади.

Ҳуқуқий саводхонлик — муваффақиятингиз калитидир!

Юклаб олиш:
App Store | Play Market

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
2👍1🔥1
#Adliya_xabari

Endi qog'ozbozlik kamayib, odamlarga yengillik ko'payadi


Ko'plab xizmatlar onlayn bo'ladi, fuqaro idorama-idora yurib hujjat yig'maydi chunki ayrim maʼlumotlarni endi davlat idoralari o'zaro almashadi, biznes boshlash va yuritish osonlashadi chunki tadbirkorlar uchun ortiqcha talab va ruxsatnomalar kamayadi. Batafsil “Sayilgoh”da koʻring!

Batafsil: https://youtu.be/4g5X50K-zNk

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
😢2
🌐 Anqara shahrida intellektual mulk sohasida Turkiya tajribasi o‘rganildi

📍 Turkiya Respublikasining Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasining Turkiya Patent va tovar belgilari idorasi (TÜRKPATENT) faoliyati bilan yaqindan tanishishga qaratilgan xizmat safari bo‘lib o‘tdi.

🗓 Mazkur tashrif O‘zbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi milliy strategiyani ishlab chiqishga tayyorgarlik jarayonida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

🤝 Xizmat safari davomida delegatsiya a’zolari TÜRKPATENT prezidenti prof. dr. Muhammed Zeki Durak bilan uchrashib, intellektual mulk sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish va amaliy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

💡 Tashrif doirasida TÜRKPATENTning institutsional tuzilmasi, vakolatlari va asosiy funksiyalari, Turkiyada intellektual mulk ekotizimi, sohani rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati hamda milliy intellektual mulk strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmlari o‘rganildi.

🏛 Bundan tashqari, kichik va o‘rta biznes subyektlari, universitetlar, texnologiyalar transferi ofislari va innovatsion ekotizim ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash, intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish, ularni iqtisodiy aktiv sifatida baholash hamda moliyalashtirish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

🌍 Alohida e’tibor geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni huquqiy muhofaza qilish, nazorat mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish va eksport salohiyatini oshirish masalalariga qaratildi.

🔖 Xizmat safari yakunlari O‘zbekistonda intellektual mulk sohasini yanada takomillashtirish, yangi milliy strategiyani ishlab chiqishda xalqaro tajribadan samarali foydalanish hamda TÜRKPATENT bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
👍32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Namangan_viloyati

⚖️ Adliya aralashuvi bilan fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi


Chust tumani, "Sabzazor" mahallasida yashovchi fuqaro A.I tuman adliya boʻlimiga murojaat qilinib, tuman hokimligining qarorga oʻzgartirish kiritishni rad etgani yuzasidan huquqiy yordam soʻralgan.

Murojaatni oʻrganish davomida, 2000-yilda qabul qilingan tuman hokimining 89-sonli qarorida fuqaroning otasining ismi toʻliq koʻrsatilmaganligi aniqlangan.

Shuningdek, fuqaroning qarorga oʻzgartirish kiritish haqidagi murojaatiga tuman hokimligi tomonidan asossiz ravishda rad javobi berilgani maʻlum boʻldi.

Holat yuzasidan fuqaroning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Namangan tumanlararo Ma’muriy sudiga murojaat qilinib, sud tomonidan ish qonuniy tartibda koʻrib chiqildi hamda fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy yoshlar kuni...

Navoiy shahridagi Tinchlik plazada "Yoshlar kuni" munosabati bilan Navoiy davlat hamda Konchilik va texnologiyalar universitetlarining talaba yoshlari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shu jumladan soha mutaxassislari tomonidan mualliflik huquqi tushunchasi, uning ahamiyati hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan normalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar intellektual mulk asoslari hamda mualliflik huquqlarining paydo bo'lishi va uning himoyasining ta'minlanishi, shu jumladan tovar belgilarini davlat ro'yxatdan o'tkazish, sanoat namunalari va ixtirolarni patentlash xususida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishdi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3👍1