ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Andijon viloyatida nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha viloyat chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

Bilim va zakovat timsoli bo‘lgan shaxmat sport turi bo‘yicha nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun viloyat chempionati yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z nihoyasiga yetdi.

🏆 Chempionat yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida Marhamat tumani jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan faxriy diplom, medal, esdalik sovg‘alari hamda qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi.

E'tiborlisi faxrli birinchi o'rinni egallagan Axmadjonov Iqboljon Ergashali o'g'li Marhamat tuman adliya bo'limi DXM xodimi hisoblanadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍83🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥

❗️Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Qo'qon shahridagi "To'xlimergan" MFYda aholi muammolarini o'rganish va ularning huquqiy muammolarini hal etish yuzasidan sayyor qabul o'tkazilmoqda

Sayyor qabul avvalida nizoli oila vakillari va mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazildi. Yoshlar bilan uchrashildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏32
#Yoshlar_kuni

🔴 Surxondaryoda yosh ixtirochilar va tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi doirasida Termiz yoshlar texnoparkida yosh ixtirochilar va tadqiqotchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Tadbir Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida o‘tkazilib, unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etdi.

🔹Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion loyihalar, robototexnika yo‘nalishidagi ishlanmalar, ixtiro modellari va zamonaviy texnik qurilmalar bilan yaqindan tanishildi.

🔹Shuningdek, yoshlarga ixtirolarni qonuniy himoya qilish, mualliflik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish, patent olish tartiblari hamda intellektual mulk sohasidagi huquqiy imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔹Yoshlar tomonidan yaratilgan modellar, robotlar va texnik ishlanmalar amaliy tarzda namoyish etilib, ularning ishlash jarayonlari ko‘rgazmali shaklda taqdim qilindi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy bilimlarini oshirish hamda ilmiy-amaliy faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍8
#Adliya_xabari

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi

🔹Bugun, 14-may kuni Adliya vazirligida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-maydagi F–30-son farmoyishi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha Idoralararo komissiya hamda kodeksning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruh tashkil etilgan.


🔹Tadbirda Prezident Administratsiyasi, Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, yuridik sohadagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalar rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

🔹Yig‘ilish davomida kodeksning yangi tahririda ustuvor yo‘nalishlar, ishchi guruh faoliyatini tashkil etish masalalari hamda ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.

🔹Shuningdek, kodeks loyihasini olimlar va amaliyotchi huquqshunoslar bilan hamkorlikda ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.

📌 Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahriri loyihasini 2027-yil 1-aprelga qadar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4