ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Sayyor_qabul

🔴 Dehqonobodda sayyor qabul tashkil etildi

🔹Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Dehqonobod tumanining “Oqrabot” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Unda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.

🔹Sayyor qabul davomida davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, huquqiy muammolar hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, fuqarolarga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, notinch oilalar bilan ishlash va profilaktik suhbatlar o‘tkazish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔹Tadbir davomida 60 nafardan ortiq fuqaro qabul qilinib, 20 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 15 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar ish yurituviga olindi.
2
#Yoshlar_kuni

🔴 Namanganda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi doirasida Chust tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Tadbirda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi.

🔹Uchrashuv davomida adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan yangi xizmatlar, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

🔹Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb qilish, jinoyatchilikning oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Tadbir doirasida “Mehnat yarmarkasi”, yosh ixtirochilar ko‘rgazmasi va “Rasmlar tanlovi” tashkil etilib, yoshlarning iste’dod va tashabbuslarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratildi.

🔹Shuningdek, “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” nominatsiyasi g‘oliblariga “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari topshirildi.

📌 Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat va yurt ravnaqiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1