ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🔴 Samarqand viloyatida notariat va davlat hisobidan yuridik yordam tizimi faoliyati o‘rganildi

🔹Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Samarqand viloyatida notariat faoliyati hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar va o‘rganishlar o‘tkazildi.

🔹Tadbirlar davomida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar hamda advokatlar ishtirokida amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

🔹Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–246-son Farmoni talablari asosida ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblarni banklar orqali amalga oshirish (“eskrou” tizimi), onlayn notarial xizmatlar hamda ijro xatlarini yozish amaliyoti tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi faoliyati, sud va tergov organlaridan kelib tushayotgan so‘rovlarni qabul qilish jarayoni hamda advokatlar faoliyatini yanada faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Yakunda amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish, sohaga zamonaviy xizmatlarni keng joriy qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔴 Farg‘onadagi ikki kunlik o‘quv trening yakunlandi

🔹Adliya vazirligi tomonidan Farg‘ona shahrida tashkil etilgan ikki kunlik o‘quv trening yakuniga yetdi.

🔹Mazkur trening davomida ishtirokchilarga davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni zamonaviy media yondashuvlari asosida yoritish, raqamli kommunikatsiya, kontent tayyorlash hamda fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan amaliy va nazariy ko‘nikmalar berildi.

🔹Shuningdek, trening davomida ishtirokchilar uchun interaktiv mashg‘ulotlar, tajriba almashuvlari va ochiq muloqotlar tashkil etildi.

📌 Mazkur o‘quv trening media vakillari va blogerlarning davlat xizmatlari sohasidagi huquqiy islohotlarni aholiga sodda, tezkor va sifatli yetkazish borasidagi salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
👍7🔥3👏21
📢Diqqat, e'lon!

"Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" ko'rik-tanlovining hududiy bosqichlari yakunlandi. Ko'rik-tanlovning viloyat bosqichi ishtirokchilari va g'oliblari munosib taqdirlandi.

🏆“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining RESPUBLIKA bosqichi 15-16-may kunlari o'tkaziladi.

Ko'rik-tanlov shartlari quyidagicha:
📍1-shart test savollari;
Test natijalariga ko'ra eng yuqori natija qayd etgan 20 nafar o'qituvchilar tanlovning keyingi shartlarida qatnashadilar.
📍2-shart blits savol-javoblar (maksimal 15 ball);
Bunda ishtirokchilar uchtadan blits savollarga javob beradi. Har bir to'g'ri javob 5 baldan baholanadi.
📍3-shart taqdimot (maksimal 30 ball);
Barcha shartlar natijasiga ko'ra eng yuqori natija qayd etgan
3 nafar ishtirokchilar tanlovning tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritadilar.

📌ESLATIB O'TAMIZ
Ko'rik-tanlov g'oliblari:
🥇o‘rin uchun 30 million;
🥈o‘rin uchun 20-million;
🥉o‘rin uchun 10 million pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3👍2🙏2
#faoliyat

“E-qaror” elektron tizimida amalga oshirilgan ishlar


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍31🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida byurokratiyani qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по сокращению бюрократии в сфере государственных услуг.

#Mirziyoyev #taqdimot #davlatxizmatlari #adliya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
5👍11🔥21👏1
Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida byurokratiyani qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по сокращению бюрократии в сфере государственных…
#Adliya_xabari

⚡️ Davlat funksiyalarini takomillashtirish bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etiladi

🔹Taqdimotda “Funksiya – majburiy talab – davlat xizmati” zanjiri asosida maʼlumotlarni tizimlashtirgan holda jamlash orqali byurokratik jarayonlarni “Servis davlat” modeli asosida transformatsiya qilish taklif qilindi.

🔹Shu bilan birga, davlat funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni Davlat funksiyalari reestriga kiritish hamda ularni samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholab borish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

🔹Shuningdek, BAA, Janubiy Koreya va Qozog‘iston tajribasi asosida funksiyalarni bosqichma-bosqich tahlil qilish va takomillashtirish, reyestr bilan ishlash bo‘yicha idoralar mas’uliyatini qat’iy belgilash taklif qilinmoqda.

🔹Davlat budjeti xarajatlarini Davlat funksiyalari reestri asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, har bir funksiya bo‘yicha aniq natija va indikatorlarni belgilash nazarda tutilmoqda.

🔹Bundan tashqari, “30 kunda natija” tamoyili asosida vazirlik va idoralarda ishchi guruhlar tashkil etish hamda funksiyalarni qayta ko‘rib chiqishning yangi mexanizmini dastlab Adliya vazirligida joriy etish rejalashtirilgan.

Reja-grafikka birinchi navbatda Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Soliq qoʻmitasi, hamda Namangan, Surxondaryo viloyatlari va tuman (shahar) hokimliklari kiritiladi


🔹Taqdimotda “Nazoratdan — xizmat ko‘rsatishga” tamoyili asosida nazorat funksiyalarini profilaktika va servis xizmatlariga yo‘naltirish, ayrim yo‘nalishlarga xususiy sektorni bosqichma-bosqich jalb qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍21
Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida byurokratiyani qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по сокращению бюрократии в сфере государственных…
#Adliya_xabari

Majburiy talablarni maqbullashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

🔹Taqdimotda majburiy talablarni qayta ko‘rib chiqish va ularni maqbullashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Qayd etilishicha, bugungi kunda bozorlar faoliyatiga oid 20 ga yaqin hujjatda 500 dan ortiq talab tarqoq holda yuritilmoqda. Ularni tizimlashtirish orqali talablarning 30 foizdan ortig‘ini maqbullashtirish mumkin.

🔹Shuningdek, sanitariya talablariga muvofiqlik dalolatnomasi hamda ko‘rikdan o‘tadigan xodimlar ro‘yxatini elektron tizim orqali shakllantirish imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.

🔹Taqdimotda tadbirkorlik sohasidagi barcha majburiy talablarni Majburiy talablar reyestriga kiritish, ularni amaliy ko‘rsatkichlar asosida baholash va kompleks monitoring qilish taklif etildi.

🔹BAA va Singapur tajribasi asosida samarasiz, eskirgan va ortiqcha byurokratik talablarni bekor qilish, “Biznes kalkulyator”, “gilyotina” usuli hamda “one in — one out” mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

🔹Bundan tashqari, har bir talabning samaradorligini kuzatish va har 3 yilda natijadorligini tahlil qilish tizimini joriy etish nazarda tutilgan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida byurokratiyani qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по сокращению бюрократии в сфере государственных…
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlarida byurokratiyani aniqlovchi “Bureaucracy radar” tizimi joriy etiladi

🔹Taqdimotda reestr.gov.uz yagona platformasi orqali davlat funksiyalari, majburiy talablar va davlat xizmatlari reyestrlarini yuritish, idoralar faoliyatini “Bureaucracy radar” asosida baholash hamda sun’iy intellekt orqali tahlil qilish tizimini joriy etish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

🔹Mazkur tizim orqali davlat xizmatlari “byurokratiya xavfi” asosida avtomatik baholanadi hamda qoniqarsiz xizmatlar qayta ko‘rib chiqiladi.

🔹Shuningdek, byurokratik rasmiyatchiliklarni qisqartirishga qaratilgan “Jarayonlarni tezlashtirish qumdoni” mexanizmini joriy etish ham taklif qilindi.

🔹Unga ko‘ra, davlat xizmatlarini soddalashtirish maqsadida ayrim bosqichlarni vaqtinchalik qo‘llamaslik, muddatlarni qisqartirish, muqobil usullarni joriy etish hamda xususiy sektorni keng jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

🔹Bundan tashqari, axborot tizimlarini “bir darcha” tamoyili asosida integratsiya qilish va dasturiy ta’minotni “fast track” usulida ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

🔹Muammoni tezkor hal etish maqsadida “100 kunda natija” tamoyili asosida vazirlik va idoralarda davlat xizmatlarini soddalashtirish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3😢1