ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
🇺🇿🇰🇷 2027–2030-yillarga mo‘ljallangan intellektual mulk milliy strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan Janubiy Koreya Respublikasi ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Adliya vazirligida Koreya Respublikasi Intellektual mulk vazirligi huzuridagi Koreya Ixtirolarni rivojlantirish assotsiatsiyasi (KIPA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌 Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ–358-son qarori ijrosi doirasida, 2027–2030-yillarga mo‘ljallangan intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish yuzasidan tashkil etildi.

🤝 Uchrashuvda Koreya tomoni vakillari — "LOUD" yuridik firmasi vakili va patent vakili Hong Seok Jang hamda KIPA Xalqaro hamkorlik bo‘limining guruh rahbari, katta ekspert - Sang Yeon Hwang ishtirok etdi.

💬 Muloqot davomida O‘zbekistonda intellektual mulk sohasidagi vakolatli davlat organlari va mavjud tizim, intellektual mulk huquqini himoya qilish mexanizmlari va huquqbuzarliklarga nisbatan javobgarlik choralari, shuningdek, sohani yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

🌐 Shuningdek, milliy strategiyani ishlab chiqish jarayoniga xalqaro ekspertlarni jalb etish, Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📍 Tashrif doirasida Adliya vazirligi tizimidagi tashkilotlar, Oliy sud, Bosh prokuratura, Patent vakillari assotsiatsiyasi vakillari va baholovchi tashkilotlar vakillari bilan ham qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🔥42
📚 Mediatorlarni tayyorlash kurslari uchun qabul davom etmoqda

O‘zbek va rus tillarida
Nazariy bilim + amaliy ko‘nikma
Xalqaro tajriba asosida
An'anaviy va masofaviy shaklda

👨‍🏫 Darslar kimlar tomonidan olib boriladi?

🔹 Shakurov Rafik — Institut dotsenti, nizolarni hal qilish metodikasini chuqur o‘rgatadi
🔹Zafar Raxmonov — Pedagoglar markazi mudiri, huquqni qo‘llash amaliyotida mediatorlik tamoyillarini o‘rgatadi
🔹 Xodjimuxamedova Dilbar — Institut katta o‘qituvchisi, psixolog. Mediatsiyada stressga chidamlilik, hissiy intellekt va kommunikatsion ko‘nikmalar bo‘yicha mutaxassis
🔹 Javlon Joʻrayev- Pedagoglar markazi oʻqituvchisi, amaliy mediatorlik darslari olib boradi


📊 1000+ professional mediatorlar bizning tayyorgarlik dasturimizdan o‘tgan!

📞 Ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumot:
+998 55 518-57-77

📱minjusttraining.uz📱Facebook📱Instagram📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
#Fargona_viloyati

❗️Furqatjon XOLMIRZOYEV: Hujjatlarim yo'qligi sababli farzandlarimning otaligini ham belgilata olmaganman

Beshariq tumanining Qiyali MFY da yashovchi Furqatjon Xolmirzayev 1991-yilda Tojikistondan qo'shni O'zbekistonga ko'chib o'tadi.

2026-yil may oyigacha O'zbekistonda sobiq SSSR pasporti bilan yashab keldi. 2007-yilda O'zbekiston fuqarosi Shaxlo Butaeva bilan turmush qurgan bo'lsada, Furqatjon aka qonuniy nikoh tuza olmadi. Farzandlari Behruzbek va Guliyraxonlarga esa otalik belgilanmadi.

2025-yilning oktyabr oyida Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan sayyor qabulda Furqatjon aka o'zining 35-yillik hujjati bilan bog'liq muammolarini adliya vakillariga bayon qilgan edi. Murojaat ish yurituviga olindi va...

Batafsil videolavhada
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥32👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Prezident huzurida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratiyani qisqartirish choralari belgilandi

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2🔥2👍1
Adliya vazirligi delegatsiyasi tajriba almashish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan provinsiyasi Guan’an shahrida bo‘lib, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishchi guruhi va mahalliy mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Guan’an shahri va tumanida kambag‘allikni qisqartirish, qishloqlarni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tajribalar taqdim etildi.

Tadbir davomida:
🔹 kambag‘allikni qisqartirish mexanizmlari;
🔹 qishloq hududlarini kompleks rivojlantirish;
🔹 aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb qilish;
🔹 xalqaro moliyaviy loyihalarning samaradorligi kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni yanada mustahkamlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashdilar.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍2🔥2😢1
#Adliya_xabari

2027–2030-yillarga mo‘ljallangan intellektual mulk milliy strategiyasini ishlab chiqish doirasida Koreya ekspertlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda


13-may kuni Koreya Respublikasi Intellektual mulk vazirligi huzuridagi Koreya Ixtirolarni rivojlantirish assotsiatsiyasi (KIPA) delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas’ul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning amaldagi mexanizmlari, huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish amaliyoti hamda tergov harakatlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, tomonlar milliy strategiyani ishlab chiqish jarayonida intellektual mulk huquqlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararlarni baholash va undirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Bundan tashqari, KIPA vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi sudyalari
bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida intellektual mulk bilan bog‘liq nizolarni
sud tartibida ko‘rib chiqish
amaliyoti, tovon pullarini undirish mexanizmlari, sud amaliyotida uchrayotgan
dolzarb masalalar
hamda xalqaro tajribalarni milliy amaliyotga joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.


Kunning ikkinchi yarmida Koreya delegatsiyasi vakillari X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida xalqaro ekspertlar
Sud iqtisodiy ekspertiza bo‘limi
faoliyati bilan yaqindan tanishib, intellektual mulk huquqlari
buzilishi natijasida
yetkazilgan zararlarni aniqlash va baholash metodologiyasi yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdilar.


Mazkur uchrashuvlar intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy tizimga joriy etish hamda 2027–2030-yillarga mo‘ljallangan Intellektual mulk milliy strategiyasini ishlab chiqish jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍2🔥1