ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.68K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🇺🇿 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan adliya tizimida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriylar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Faxriylar uchun avtobusda sayohat uyushtirilib, ular O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, boy tarixiy va ma’naviy merosimizni aks ettiruvchi eksponatlar bilan yaqindan tanishildi.


Shundan so‘ng adliya vaziri bilan faxriylar o‘rtasida samimiy muloqot hamda iliq xotiralar bilan boy bo‘lgan uchrashuv tashkil etildi.

Adliya vaziri Akbar Tashkulov tizim rivoji yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriylarni samimiy tabrikladi hamda ularning xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍124🔥2
#Adliya_xabari

❗️Andijon viloyat adliya boshqarmasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

"9-may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasida adliya boshqarmasi faxriylar, viloyat adliya boshqarmasi rahbar va xodimlari hamda Andijon viloyat yuridik texnikumi talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida faxriylar o‘z hayot yo‘li,  kasbiy tajribasi, adliya tizimida xizmat qilishning sharafi va mas’uliyati haqida yosh xodimlar bilan samimiy suhbat olib bordilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida kechib, unda adliya tizimiga xos qadriyatlar, yoshlarning kasbiy va ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mazkur tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O. Bozarov so‘z olib, o'zlarining yubiley yoshlarini qarshi olgan 5 nafar faxriylarni tabriklab butun adliya tizimi xodimlari nomidan tabriklab, ularni tizim faoliyatiga qo‘shgan o‘z mehnatlarini eslab, yurtimizda hozirgi kunda har bir adliya sohasi vakillari 7 yoshdan 70  yoshgacha adliya tizimi e’tiborida ekanligini ta’kidlab o‘tib, o‘zining ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Ta'kidlash joiz, muloqot davomida yosh xodimlar ustozlarning hayotiy va kasbiy maslahatlaridan ilhom olib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Tadbirda yoshlarning faolligi ham alohida e’tirof etildi va faol ishtirokchilarga faxriylar tomonidan chop etilgan "Najot-ta'limda, tarbiyada va bilimda" nomli kitoblari topshirildi.

Uchrashuv yoshlar uchun katta hayotiy saboq, faxriylar uchun esa o‘z tajribalarini baham ko‘rish imkoniyati bo‘lib, adliya qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Farg‘onada jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan media-trening yakunlandi

📍Farg‘ona shahrida Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridan 30 dan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirokida “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi ikki kunlik o‘quv treningi yakunlandi.

🎯 Trening davomida ishtirokchilarga davlat xizmatlari sohasidagi islohotlarni professional va fuqarolar manfaatlari nuqtai nazaridan yoritish, raqamli transformatsiya jarayonlarini sodda va ta’sirchan media formatlarda jamoatchilikka yetkazish, zamonaviy jurnalistika vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

💡 Shuningdek, tadbir doirasida storytelling, mobil jurnalistika, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish, ijtimoiy tarmoqlar uchun kreativ kontent tayyorlash hamda davlat xizmatlari tizimidagi yangiliklarni keng auditoriyaga samarali yetkazish masalalari yuzasidan tajriba almashildi.

🤝 Ochiq muloqotlar, interaktiv sessiyalar va amaliy topshiriqlar asosida tashkil etilgan trening media vakillarining kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, davlat organlari va OAV o‘rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥54👍4👏4
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3833, 2026-yil 8-may)


Yirik investitsiya loyihasi moliyaviy resurslar qiymati kamida 50,0 mln AQSH dollari ekvivalentida jalb etilgan holda amalga oshiriladigan, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar, xizmatlar yoki boshqa infratuzilmani yaratish, kengaytirish yoki modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya loyihalari hisoblanadi.

Yirik investitsiya loyihasini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yirik investitsiya loyihasining xavf darajasi yuqori bo‘lgan taqdirda loyihaning maqbulligi va amalga oshirish imkoniyati bo‘yicha salbiy xulosa beriladi.

Ekspertiza yoki baholash natijalari bo‘yicha salbiy xulosa berilgan bo‘lsa, ekspertiza va baholash xulosalarida ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmasdan Yirik investitsiya loyihasini ma’qullashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍1
#Adliya_xabari

SURXONDARYODA “ZAKOVAT” BELLASHUVI: INTELLEKTUAL SALOHIYAT VA HUQUQIY BILIMLAR SINOVI


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbir “Rahbar va yoshlar” muloqotining amaliy maydoniga aylanib, unda yoshlarning huquqiy islohotlar borasidagi yangi g‘oya va tashabbuslari tinglandi. Ochiq muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar o‘rganilib, huquqiy yechimlar yuzasidan fikr almashildi.


Murosasiz kechgan bahslar yakunida yuqori bilim namoyon etgan ishtirokchilar adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ushbu loyihalar yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/surxondaryoadliya
👍61
#Adliya_xabari

Xotira va qadrlash — millat qadri


9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Adliya vazirligi mas’ullari Gʻalaba bogʻidagi “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi.

Tadbir davomida yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etildi. Shuningdek, urush va mehnat faxriylariga hurmat bajo keltirilib, ularning jasorati hamda fidoyiligi alohida ta’kidlandi.


Xotira va qadrlash kuni — bu mardlik, jasorat va vatanparvarlik timsoliga aylangan insonlar xotirasiga cheksiz hurmat ifodasidir.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
12👏7🔥3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

Hamshiralarning ustama pullari undirib berildi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥1