ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🔴 Hududlarda yuridik yordam tizimi va notariat faoliyati o‘rganildi


🔹Shahrisabz shahar hamda Qamashi tumanida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi o‘rganildi. Adliya vazirligi vakillari hududiy adliya bo‘limlarida bo‘lib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔹O‘rganishlar davomida sud va tergov organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, so‘rovlar sonini oshirish hamda reestrdagi advokatlar faoliyatini faollashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔹Shuningdek, ishchi guruh tomonidan Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyati ham PF–246-son Farmon talablari asosida o‘rganildi.

🔹Xususan, ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish, banklar orqali to‘lovlarni yo‘lga qo‘yish (“eskrou” tizimi), onlayn notarial xizmatlar hamda ijro xatlarini yozish amaliyoti tahlil qilindi.

📌 Yakunda mutasaddilarga qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, zamonaviy xizmatlarni keng joriy etish va xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2👍2
#Adliya_xabari #Chilonzor_tumani

🔴 Mahallalarda muammolar manzilli o‘rganilmoqda

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹Xususan, o‘tkazilayotgan sayyor qabullar orqali aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

🔹Shu maqsadda Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Chilonzor tumani Lutfiy mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Qabul davomida fuqarolarning meros, subsidiya, uy-joy hujjatlari bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi. Jami 18 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilib, shundan 5 tasi ish yurituviga olindi, 13 nafar fuqaroga esa joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

📌 Mazkur ishlar aholi muammolarini manzilli hal etish hamda ularning huquqiy himoyasini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Adliya_xabari

🔴 Farg‘onada notarial ijro xatlari yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi

🔹Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida sud, MIB, Markaziy bank hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

🔹Seminarda viloyat adliya boshqarmasi, sud organlari, tijorat banklari, suv, gaz va elektr ta’minoti korxonalari hamda sohaga oid boshqa tashkilotlar mas’ullari иштирок etdi.

🔹Tadbir davomida notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga rioya etilishi holati tanqidiy muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

📌 Seminar davomida amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashilib, qonunchilik talablarini bir xilda qo‘llash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍41🔥1👏1
#Adliya_aralashgach

Komissiya qarori bekor qilindi


Uchqoʻrgʻon tumani "Uchyogʻoch" mahallasida yashovchi fuqaro G. J.ning yoshga doir pensiya toʻlovidan norozi boʻlib yozgan murojaati tuman adliya boʻlimi tomonidan oʻrganib chiqildi.


👉Batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👏2👍1🔥1