Adliya vaziri A.Tashkulov Yashnobod tumanida joylashgan “Aviasozlar” bozori faoliyatini tartibga solish ishlari bilan tanishdi.
📋Tadbir davomida bozorda amalga oshirilgan quydagi ishlar ko‘rib chiqildi:
☑️Bozor infratuzilmasi va tadbirkorlik subyektlari faoliyatining qonuniyligi;
☑️Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash yo‘nalishida - naqd pul aylanmasini nazorat qilish va savdo jarayonlarining shaffofligini ta‘minlash choralari ko‘rilganligi;
☑️ Savdo operatsiyalarining to‘liq raqamlashtirilganligi hamda nazorat-kassa texnikalaridan amalda to‘liq foydalanilayotganligi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

❤7👏5👍4
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Nizosiz ishlarni hal etish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi O‘zbeksiton Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
1. BHMning 1 ming baravarigacha (412 mln so‘mgacha) bo‘lgan ayrim nizosiz ishlarni notariuslar tomonidan ijro xati yozish orqali ko‘rib chiqish tartibi belgilanmoqda.
2. Notariuslar tomonidan qayd etilgan ijro xatlari ijro organiga elektron tarzda yuboriladi.
3. Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdori belgilanmoqda.

Notarial tasdiqlangan bitimlar, undiruvni qarzdorning ko‘char mol-mulkka qaratish va ijara, aloqa, kommunal xizmatlar hamda majburiy badallar bo‘yicha qarzdorlikni undirish yuzasidan talablar.
“Notarius” axborot tizimi kommunal tashkilotlarning bazalariga integratsiya qilingan va notariuslar tomonidan kommunal xizmatlar, chiqindilar, majburiy badallar bo‘yicha real qarzdorlikni tekshirgan holda ijro xati yozish imkoniyati mavjud.
2. Notariuslar tomonidan qayd etilgan ijro xatlari ijro organiga elektron tarzda yuboriladi.
3. Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdori belgilanmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
❤6👍4
#Adliya_xabari
🔴 TDYUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
🔹Joriy yilning 5-may kuni “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universitetida talaba-yoshlar uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
🔹Mazkur tadbirda Adliya vazirligi va uning tizimidagi muassasalar hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari faol ishtirok etib, bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
🔹Tadbir davomida yoshlarga adliya tizimida yaratilgan shart-sharoitlar, faoliyat yo‘nalishlari, “karyera moduli” hamda adliya organlariga ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔹Shuningdek, yoshlarning adliya organlarida faoliyat yuritishga bo‘lgan qiziqishi o‘rganilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
📌 Mazkur tadbir yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni kasbiy yo‘naltirish hamda malakali kadrlarni adliya tizimiga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

👍3❤2🔥2
#Adliya_aralashgach
🔴 Murojaatchining qonuniy ustamalari undirilib berildi
🔹Chust tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimi tomonidan o‘ziga tegishli ustama to‘lovlar to‘lanmayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
🔹Mazkur murojaat adliya organlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, xodimning mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qonuniy huquqlari buzilgani aniqlandi.
🔹Ko‘rilgan choralar natijasida murojaatchining qonuniy ustama to‘lovlari undirilib, uning buzilgan huquqlari tiklandi.
📌 Adliya organlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlari himoyasi doimiy nazoratda bo‘lib, har bir murojaat qonuniy asosda hal etilishi ta’minlanmoqda.
Batafsil👈

❤1
#Adliya_aralashgach
🔴 Adliya aralashuvi bilan xodim ishga tiklandi
🔹Fuqaro D. Norjigitov “Mirzaobod tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasida faoliyat yuritib kelgan bo‘lib, u ishdan asossiz bo‘shatilgani hamda dam olish va bayram kunlari ishga jalb etilgani yuzasidan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasiga murojaat qilgan.
🔹Mazkur murojaat qonunchilik talablari asosida atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 168-moddasi 5-qismiga asosan bekor qilingan bo‘lsa-da, ushbu qaror yetarli darajada asoslanmagani aniqlandi.
🔹Xususan, ishdan bo‘shatishga tibbiyot muassasasi xulosasi asos qilib olingan bo‘lib, unda xodimning og‘ir mehnat sharoitida ishlay olmasligi qayd etilgan. Biroq amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunday holatlarda tibbiy-ijtimoiy mehnat ekspertiza komissiyasining xulosasi asos bo‘lishi lozim.
🔹Shuningdek, ish beruvchi tomonidan xodimni sog‘lig‘iga mos, yengilroq ishga o‘tkazish chorasi ko‘rilmagani hamda fuqaroning 3-guruh nogironligi inobatga olinmagani ma’lum bo‘ldi.
🔹Yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar natijasida adliya organlari tomonidan tegishli ta’sir choralari ko‘rildi.
📌 Natijada fuqaro D. Norjigitov o‘z ish joyiga tiklanib, uning mehnat huquqlari tiklandi.

👍3
#Adliya_aralashgach
🔴 Adliya aralashuvi bilan xodimning buzilgan huquqi tiklandi — ta’til pullari undirildi
🔹Jomboy tuman adliya bo‘limiga umumta’lim maktabi direktori tomonidan foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari to‘lanmagani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
🔹Murojaat adliya organlari tomonidan atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar davomida fuqaro tomonidan keyingi yillar uchun ta’til pullari to‘langan bo‘lsa-da, 2008–2010-yillarga oid kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmagani aniqlandi.
🔹Hisob-kitoblarga ko‘ra, fuqaro foydasiga 23 680 644 so‘m miqdorida foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari to‘lanmaganligi ma’lum bo‘ldi.
🔹Amaldagi qonunchilikka muvofiq, xodimga foydalanilmagan mehnat ta’tili kunlari uchun pul kompensatsiyasi to‘lanishi shart.
📌 Adliya organlari aralashuvi natijasida fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari tiklanib, mazkur mablag‘ to‘liq undirib berildi.

👍4❤3🔥1👏1