ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#qonunchilik_yangiliklari

Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish tartibi belgilandi.


Adliya vazirligi Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3825, 2026-yil 29-aprel)

Mazkur idoraviy hujjat pay fondlarining reyestrini shakllantirish, yuritish, unga o‘zgartirish kiritish, shuningdek pay fondini reyestrdan chiqarish va undagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.

“Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida ikki va undan ortiq shaxslarning (investorlarning) oʻzi ishonchli boshqaruvga bergan pul mablagʻlari yigʻindisi pay fondidir.

Pay fondi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan yagona reyestrga kiritilgan hamda Agentlikning veb-saytida e’lon qilingan paytdan tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Pay fondini yagona reyestrga kiritish uchun pay fondining ishonchli boshqaruvchisi ariza, pay fondini ishonchli boshqarish haqidagi shartnoma nusxasi va boshqalar hujjatlarni Agentlikka taqdim etadi.

Ariza olinganidan keyin Agentlik 7 ish kuni ichida pay fondini reyestrga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3🔥3
Xorazmda advokatura toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari ijrosi nazorati

Advokatlar palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasida Adliya vazirligi mas’ullari, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati va advokatlar ishtirokida soha faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv da’vomida advokatlarning davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishdagi ishtiroki, hududiy malaka komissiyasining faoliyati, advokatlarning malaka oshirish kurslardagi ishtiroki hamda boshqa bir qator masalalar muhokama qilinib, vazirlik vakillari tomonidan hududdagi mas’ullarga sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, savol-javob tarzida tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda advokatura sohasidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan advokatlar tomonidan bildirilgan asosli taklif va mulohazalar muhokama etildi.

Joylarda tashkil etilayotgan mazkur turdagi uchrashuvlar advokatura sohasida tizimli kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish, advokatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍3🔥1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Yoshlar kuni: tarix, zamonaviy texnologiyalar va kelajak sari qadam

🔹Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yuridik akademik litsey o‘quvchilari uchun Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Jasorat” raqamlashtirilgan muzeyiga sayohat tashkil etildi.

🔹Mazkur muzey ichki ishlar organlarining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda mingga yaqin eksponatlar jamlangan. Ularning asosiy qismi soha tarixiy taraqqiyoti va bugungi faoliyatiga bag‘ishlangan.

🔹Tashrif davomida o‘quvchilar muzeydagi bo‘limlar va tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. E’tiborlisi, eksponatlarga joylashtirilgan QR-kodlar orqali ular haqida o‘zbek, rus va ingliz tillarida batafsil ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.

🔹Shuningdek, ishtirokchilar Namangan viloyat IIB faoliyati tarixiga bag‘ishlangan “Generallarni yetishtirgan diyor” hujjatli filmini tomosha qildi hamda zamonaviy texnologiyalar, xususan, dronlar va ularning ishlash mexanizmlari bilan tanishdi.

📌 Mazkur tadbir yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1
#Adliya_xabari

🔴 Nukus tumanida “Adolat sayli” o‘tkazildi

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, murojaatlarni joyida o‘rganish hamda yoshlarni ijtimoiy-huquqiy jarayonlarga jalb etish maqsadida “Adolat sayli” tashkil etildi.

🔹Mazkur loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Baxshillo Xodjayev boshchiligidagi jamoa hamda talabalar ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Qabul jarayonida yer, kadastr, soliq, kredit, kommunal xizmatlar va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlar tinglanib, 20 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Shundan 12 tasi joyida hal etildi, qolgan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.

🔹Shuningdek, TDYU talabalari tomonidan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilib, ularni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, davlat xizmatlaridan foydalanish, advokat, notarius va mediator xizmatlari haqida tushuntirishlar berildi.

🔹Tadbir doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus texnikalari va xizmat vositalari ko‘rgazmasi, sport tadbirlari hamda turli interaktiv loyihalar tashkil etilib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🔹Bundan tashqari, talabalar tomonidan “Tengdoshimga huquqiy yordam”, “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” hamda “Mamlakatimiz kelajagi — qonunga itoatkor yoshlar bilan” g‘oyalari asosida targ‘ibot ishlari olib borildi.

📌 “Adolat sayli” aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish, yoshlarning huquqiy ongini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2