ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#intellektual_mulk

🔴 “ROAD 24” brendi rasmiy himoya ostida

🔹Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va fuqarolarga qulaylik yaratishga qaratilgan “ROAD 24” mobil ilovasi Adliya vazirligi tomonidan tovar belgisi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🔹Mazkur ilova yo‘l harakati sohasida haydovchilar uchun bir qator qulayliklarni taqdim etadi.

📱 Asosiy imkoniyatlar:
🔹yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha jarimalarni onlayn tekshirish;
🔹jarimalarni masofaviy va xavfsiz to‘lash;
🔹haydovchilar uchun muhim bildirishnomalarni tezkor qabul qilish.

🛡 Huquqiy himoya: Tovar belgisining ro‘yxatga olinishi “ROAD 24” ilovasining huquqiy muhofazasini ta’minlaydi. Bu esa foydalanuvchilarni soxta va firibgarlik maqsadida yaratilgan ilovalardan himoya qilish, xizmat sifatini oshirish hamda brend egasining huquqlarini kafolatlashga xizmat qiladi.

🔹Shuningdek, tovar belgilariga bo‘lgan huquq ariza topshirilgan sana bilan belgilanadi. Shu bois, o‘z brendingizni himoya qilishni kechiktirmaslik muhim.

❗️Unutmang: tovar belgisi birinchi bo‘lib hujjat topshirgan shaxs yoki tashkilot nomiga rasmiylashtiriladi. Mehnatingiz mahsulini boshqalar o‘zlashtirib olishiga yo‘l qo‘ymang!

📜 Qonunchilikka ko‘ra, tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi hamda uning amal qilish muddati har safar 10 yilga uzaytirilishi mumkin.

🌐 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani Adliya vazirligining im.adliya.uz portali orqali onlayn topshirishingiz mumkin.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 Sirdaryoda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi sport ruhida o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Sirdaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

🔹Mazkur tadbir Guliston shahridagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tkazilib, dastlab muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

🔹Shundan so‘ng yoshlar ishtirokida milliy kurash va arqon tortish sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.

🔹“Rahbar va yoshlar” muloqoti davomida yoshlarning huquq va majburiyatlari, sportchi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda qonunchilikda belgilangan imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔹Shuningdek, tadbir davomida tazyiq, zo‘ravonlik yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangani, bunday harakatlar uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanganligi alohida ta’kidlandi.

📌 Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlarning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3👍1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Xorazmda yoshlar bilan uchrashuv: sog‘lom turmush tarzi targ‘ib etildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Xorazm viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida tadbirlar tashkil etildi.

🔹Yangiariq tumanida o‘quvchi yoshlar ishtirokida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirishga qaratilgan sport tadbirlari o‘tkazildi.

🔹Dastlab, maxsus jihozlangan maydonchalarda street workout, arqon tortish hamda sport zalda milliy sport turi — kurash bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, yoshlar o‘z kuch va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

🔹Musobaqa yakunida faol ishtirokchilar munosib taqdirlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔹Tadbir yakunida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.

📌 Mazkur tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1